Geoaxborot tizimi fanining ilmiy asosi
GAT asosan quyidagi beshta savolga javob beradi:
1.
Joy. … da nima joylashgan?
Birinchi savol ayni paytda ma’lum bir joyda
nima borligini aniqlashtiradi. Joylar esa har xil usullar bilan aniqlanishi
Geoaxborot tizimining ilmiy
asoslari
23
mumkin, masalan, nomlanishi , pochta indeksi va albatta koordinatalari
bilan.
2.
Sharoit. Qayerda joylashgan?
Ikkinchi savol ham birinchi savolga oʻxshash,
lekin bunga javob berishda fazoviy tahlil talab etiladi. Birinchi savolda
joy aniqlashtirilgan boʻlsa, ikkinchi savolda oʻsha joyda nima borligi va
qanday sharoitda ekanligi aniqlashtiriladi. (Masalan, 200m x 2 oʻlchamli,
qurilishga mos keladigan tuproqli va asosiy avtomobil yoʻlidan 100 m
masofada joylashgan maydonni topish).
3.
Tendensiya.
….
dan boshlab nima oʻzgargan?
Uchinchi savol birinchi va
ikkinchi savolni birlashtirib va ularga qoʻshimcha tarzda aniq bir
maydonda aniq vaqt ichida nimalar oʻzgarganligini aniqlaydi.
4.
Strukturalar. Qanday fazoviy strukturalar mavjud?
Bu savol birmuncha
murakkabroq. Masalan, atom elektr stansiyasiga yaqin aholi punktlarida
saraton kasalligining asosiy sababi nima, degan savolni oydinlashtirishda
saraton bilan ogʻrigan bemorlar sonini, qayerda joylashganini va ularga
tegishli boshqa koʻplab sabablarni bilish juda muhim.
5.
Modellashtirish. Agar …. boʻlsa, nima boʻladi?
Bu savol biror-bir qurilish
yoki masalan, yangi avtomobil yoʻli tarmogʻi oʻtkazilsa, atrof-muhitga
qanday ta’sir etishini aniqlash uchun beriladi. Albatta, bu kabi savollarni
oydinlashtirishda geografik yoki boshqa turdagi axborotlar talab etiladi.
Mutaxassislar geografik axborot tizimini qisqacha
“
geoinformatika” deb
ham atashadi. “Geoinformatika” uch ildiz: geografiya, informatika va avtomatika
tushunchalaridan tashkil topgan. Inglizcha adabiyotlarda
“Informatics”,
“Computer Science”
degan tushunchalar bor va u elektron hisoblash texnikasini
takomillashtirish, dasturlash, amaliy matematika, operatsion tizimlar, sun’iy
intellekt masalalari va boshqa tushunchalarni oʻz ichiga oladi. Geoinformatika
atamasi 1980-yillar oxiriga kelib yanada ommaviylashdi va hozirda Geographic
Information System yoki qisqacha GIS atamasi ingliz ilmiy adabiyotining deyarli
barchasida keng qoʻllanilmoqda.
GEO+GRAPHIC+INFORMATION+SYSTEM
|