Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari geoaxborot tizimining ta’rifi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/25
tarix30.09.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#151049
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25
Geoaxborot tizimi tarixi

Kompyuter tizimi – 
bu geoaxborot tizimini yuritish uchun zarur boʻlgan 
kompyuter va operativ tizimni nazarda tutadi. Odatda bunday operativ dasturlar 
turkumiga Windows, Unix yoki Linux kabilar kiradi. Qoʻshimcha ravishda bu 
tizimga geoaxborot tizimi uchun zarur hisoblangan maxsus monitorlar
digitayzerlar, skanerlar (fazoviy ma’lumotlarni raqamli koʻrinishga keltirish 
uchun), GPS qurilmalar (dala ma’lumotlarini tizimga kiritish uchun), printer va 
plotterlar (ma’lumotni bosmaga chiqarish uchun) kerak boʻladi. 
Dasturiy ta’minot – 
geoaxborot tizimi va unda qoʻllaniladigan jihozlarni 
ishlatish uchun zarur boʻlgan dasturlardir. Barcha dasturlar uchun muhim boʻlgan 
jihat bu umumiy interfeys, ya’ni menyu, grafik belgilar, buyruqlar tablosi va 


Geoaxborot tizimining ilmiy 
asoslari
 
13 
skriptlardir. 
Insoniy resurslar 
– 
geoaxborot tizimining maqsad va vazifalarini aniqlab 
beruvchi malakali geoaxborot tizimi mutaxassislari guruhi va tizimdan 
foydalanuvchilar nazarda tutiladi. 
Ma’lumot 
– bu biz uchun muhim sanalgan axborotni yaratish uchun zarur 
boʻladigan va turli xil tizimga kiritiladigan belgilardir. 


Geoaxborot tizimining ilmiy 
asoslari
 
22 
Infratuzilma va jarayonlar – 
geoaxborot amallarini bajarish uchun zarur 
boʻladigan moddiy, tashkiliy va boshqaruv jarayonlarini oʻz ichiga oladi. 
Infratuzilma deganda zaruriy malaka, ma’lumot standartlari, ma’lumotni saqlash 
joylari va umumiy tashkiliy masalalar tushuniladi. 
1.6-rasm. 
Geoaxborot tizimining tarkibiy qismlari 
(Manba: Muallif) 
GATning funksional imkoniyatlari 
– GAT va mos dasturiy vositalarning 
funksiyalari toʻplami boʻlib, ular quyidagilardir: 

Ma’lumotlarni kompyuter xotirasiga mavjud raqamli ma’lumotlar toʻplami 
yoki raqamlashtirish yoʻli orqali kiritish.

Ma’lumotlarni bir formatdan ikkinchi formatga aylantirish, kartografik 
proyeksiyalarni transformatsiyalash, koordinata sistemasini oʻzgartirish orqali 
ma’lumotlar turini oʻzgartirish.

Ichki va tashqi ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni saqlash, boshqarish.

Kartometrik operatsiyalar.

Foydalanuvchining shaxsiy sozlash (настройка) vositalari.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin