Geoaxborot tizimining ilmiy
asoslari
24
•
fazoviy ma’lumotlarni boshqarish, qayta ishlash va tahlil qilish
uchun axborot tizimi;
•
xulosa (yechim) chiqarish uchun axborotlar ketma-ketligi.
GEOGRAPHIC:
•
yerga oid ma’lumotlar (fazoviy boʻlmagan ma’lumotlar
ishlatilmaydi);
•
turlari: sun’iy, tabiiy va aralash.
INFORMATION:
•
ma’lumotlar;
•
fazoviy ma’lumotlar;
•
geofazoviy ma’lumotlar;
•
axborotlar;
•
tushunchalar;
•
axborotlardan foydalanish;
•
geoinformatika;
•
geofazoviy ma’lumotlar tomonidan yoritilgan axborotlar
.
Geoinformatika deganda geoaxborot tizimining rivojlanishi bilan bogʻliq
boʻlgan ilmiy-texnik va amaliy fanlar majmuasi (kompleksi) tushuniladi. Bu
majmua geografiya, informatika va informatsion texnologiyalar nazariyasi,
kartografiya va hisoblash texnikasiga yangicha yondashishlar oʻrtasidagi
bogʻliqlikdan kelib chiqadi.
Geoinformatika ma’lumotlarni tasvirlash, qayta ishlash, uzatish, yigʻish va
yangi bilim hamda fazoviy-vaqtli koʻrinishi asosida axborotlarni qabul qilish
texnika va texnologiyalarining tamoyillarini oʻrganadi. Bugungi kunda
geoinformatika ilm-fan, texnika va ishlab chiqarishni qamrab olgan tizim sifatida
namoyon boʻlmoqda.
Geoinformatika – kompyuter modellashtirish, ma’lumotlar va geografik
bilimlar asosida tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geotizimlarni oʻrganuvchi ilmiy
fandir. Boshqa tomondan esa geotizimlarni boshqarish, inventarizatsiyalash va
Geoaxborot tizimining ilmiy
asoslari
25
optimallashtirish uchun moʻljallangan fazoviy koordinatalashgan ma’lumotlarni
yigʻish, saqlash, tasvirlash va tarqatish texnologiyasi (GAT texnologiyasi) dir.
Geoinformatikaning faoliyat chegarasi kartografiya va masofadan zondlash,
fotogrammetriya va topografiya bilan chambarchas bogʻliq. Geoinformatika
matematik, kartografik, masofadan zondlash va boshqa usullar bilan bir qatorda
yer qatlami geologiyasi, tuproqshunoslik, oʻrmonchilik, geografiya, iqtisodiyot,
biologiya kabi fanlarni oʻzaro birlashtiradi.
Geoinformatika bilan kartografiyaning oʻzaro bogʻliqligi quyidagi
sohalarda koʻrinadi:
•
mavzuli va kartografik kartalar hamda fazoviy ma’lumotlarning asosiy
manba ekanligi;
•
geoaxborot tizimida toʻplanadigan va saqlanadigan hamma axborotlar
koordinatalarining bogʻliqligi uchun asos boʻlib xizmat qiladigan geografik
va toʻgʻri burchakli koordinatalar sistemasi;
•
kartalar: geografik, masofadan zondlash ma’lumotlari va boshqa GAT
axborotlarini (statistik, ijtimoiy, ekologik) tahlil qilish vositasi;
•
kartografik tahlil: GAT ma’lumotlar bazasini kartografik bilimlar asosida
formallashtirish;
•
matematik-kartografik va kompyuter-kartografik modellashtirish: axborot
natijalaridan kelib chiqqan holda prognoz qilish, boshqarish, tekshirish va
xulosa chiqarish jarayonida asosiy vositalardan biridir.
Demak, yuqorida berilgan ta’riflardan koʻrinib turibdiki, geoaxborot
tizimining ilmiy asoslari geografik axborot tizimida qoʻllaniladigan tushunchalar
va tamoyillarni tushunishga yordam beruvchi ilmiy sohadir. Ushbu fan orqali
geoaxborot tizimining kishilik jamiyatidagi oʻrni va oʻz navbatida, jamiyatning
sohani rivojlantirishdagi ta’siri tadqiq etiladi. Bu fan an’anaviy fazoviy
yoʻnaltirilgan fanlar hisoblangan geodeziya, kartografiya, geografiya kabi fanlarni
mujassamlashtirib, axborot tizimining ushbu fanlar bilan oʻzaro
integratsiyalashgan holda rivojlanishini tushuntirib beradi. Fanni oʻrganish
|