Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 11
ArcView dasturidagi vektor qatlamlar obyekt jadvalidan tashqari oyna
kartasida rastr, mavzuli va kosmetik qatlam koʻrinishida koʻrsatilishi mumkin.
Kosmetik qatlamlar har doim karta oynasining eng tepasida joylashgan boʻlib, oʻz
ichiga maxsus vaqtinchalik jadvalda joylashgan ma’lumotlarni oladi.
Jadval – ArcView dasturining asosiy axborot birligi. Jadvalning oddiy
tushunchasidan farqlanib, u ArcView dasturida qatlam bazaviy ma’lumotlar
jadvaliga bogʻlanganligi va mavjudligidan kartaga mos keladi. Bazaviy
ma’lumotlar jadvalidagi har bir qator grafik obyektlar haqida ma’lumotga ega. Har
bir jadval ustuni esa aniq atributga ega boʻladi.
Axborotlarning bunday koʻrinishdagi ma’lumotlari yuqori grafik uchun
statistik vizuallash, iqtisodiy va boshqa fazoviy-vaqtli usullarni qoʻllashga, bu esa
geografik obyektlarni diagramma va grafiklarda aniq koʻrsatishga imkon yaratadi.
Har bir qatlamga bittadan jadval mos keladi. ArcView dasturida jadvalni tasvirlash
uchun roʻyxat iborasi qoʻllaniladi.
Ishchi konfiguratsiya – ma’lumotlar umumiyligi (jadval va qatlam),
murakkab karta (kartografik kompozitsiya) yaratish uchun imkon beruvchi holat.
Ishchi konfiguratsiya quyidagilarni oʻzida saqlash imkoniyatiga ega: jadval, oyna,
yordamchi oyna hamda ularning ekranda joylashuvi. ArcView dasturida
foydalanuvchi ishchi stoli oynasini saqlashi va ishni keyingi seansda olishi
mumkin.
Ishchi konfiguratsiya ishga tushirilgandan soʻng barcha jadvallar va
oynalar ochiladi, chunki ishchi konfiguratsiya saqlanayotgan vaqtda ular ochilgan
boʻlib, barcha oynalar shu roʻyxat boʻyicha tartibga keltiriladi va joylashtiriladi,
shundan soʻng terma saqlanayotgan vaqtdagi holatiga qaytadi.
Legenda – shartli belgilar roʻyxati boʻlib, karta yoki grafikada qoʻllaniladi.
Hisobot – grafik ma’lumotlarning umumiyligi boʻlib, xulosani nashrga berish
uchun moʻljallangan. Hisobot bir nechta oynadan iborat boʻlib, kartalar,
yozuvlar, grafiklar va qoʻshimcha ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi.
Geokodlash – bu kartaga mos keladigan obyektlarga biriktirilgan bazaviy
ma’lumotlarning axborot joylashuvi tizimi. Jadval qatlam umumiyligini
ta’riflaydigan obyektlar, yozuvlardan iborat geografik ma’lumot (masalan,
mamlakat nomi, viloyat, shahar yoki ularning manzili) va sonlardan iborat.
Geokodlashda ArcView dasturi bu ma’lumotlarni tanlaydi va mavjud
ma’lumotlar joylashuvi orqali ularni birlashtiradi hamda kartada obyektni
koʻrsatish va bogʻlanishni amalga oshirishda koʻmaklashadi.