Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 9
sifatida olishga moʻljallangan. Bunday asboblar asosan yer osti tunnellarida,
tarixiy-madaniy obyektlarning tasvirini olishda, turli yoʻl qurilishi ishlarida, yer
degradatsiyasini monitoring qilish ishlarida qoʻllaniladi.
1.4-rasm . Uch oʻlchamli lazer skaner (TX5 Trimble) va uning yordamida olingan
tasvir
(Manba: Internet) Skanerlash (
scanning ) – skaner yordamida analog (oddiy yoki qogʻoz)
tasvirni raqamli rastr formatga keltirish jarayoni. Skanerlash jarayonida grafik va
kartografik ma’lumotlarni vektor koʻrinishga keltirish uchun kerakli boʻlgan
bosqichlar amalga oshiriladi. Bu jarayonda skanerdan tashqari raqamli
videokamera, fotoapparat va grafoqurilma (plotter) kabi moslamalar ham
qoʻllanilishi mumkin.
Raqamlashtirish (
digitizing ) – analog ma’lumotlarni kompyuter tizimida
saqlay olinadigan raqamli koʻrinishga keltirish jarayoni. Raqamlashtirishda
digitayzer (raqamlovchi), GATdagi dasturiy ta’minotlar, skanerlar va boshqa
raqamlovchi qurilmalar qoʻllaniladi.
Joyning raqamli modeli (
Digital Terrain Model – DTM) – boshqacha
aytganda, joyning matematik modeli. Bu model topografik karta va planlar
turkumiga mos keladigan fazoviy obyektlarning raqamli koʻrinishini tasvirlaydi.
Kelgusida bu modellar raqamli topografik kartalarni ishlab chiqishda asos boʻlib
xizmat qiladi.
Relyefning raqamli modeli (
Digital Terrain Model – DTM;
Digital Elevation Model – DEM). Ushbu model ingliz tilida
Digital Terrain Elevation Data (DTED) deb yuritilib, bu modelda asosan fazoviy obyektlar relyeflarining uch
oʻlchamli koʻrinishi balandlik belgilari (otmetka), chuqurlik belgilari,
koordinatalari, gorizontallar va konturlarning yigʻindisini hisobga olib aks
ettiriladi. Relyefni raqamlashtirishning eng keng tarqalgan usullaridan biri bu rastr
tasvirlash va triangulatsiyalangan tarmoq hamda koʻp qirrali yuzaning taxminiy
relyefini balandlik otmetkalari boʻyicha bogʻlangan tarzda tasvirlashdir. DEM
yaratish uchun topografik kartalar, aero- va kosmik tasvirlar, sun’iy yoʻldosh