Kartalarning razgrafkasi (boʻlinishi) – bu koʻp varaqli kartalarni
boʻlimlarga boʻlish tizimidir. Tizimda toʻgʻri burchakli va trapetsiyali kabi ikki xil
boʻlinish turi qoʻllaniladi. Toʻgʻri burchakli razgrafkada kartalar bir xil oʻlchamli
toʻgʻri burchakli yoki kvadrat varaqlarga boʻlinsa, trapetsiyali turda karta
trapetsiyalar shaklida boʻlinadi. Bunda varaqlar chegaralari vazifasini meridian
va parallellar bajaradi.
Rastr grafikasi – kompyuter grafikasining zamonaviy koʻrinishi boʻlib,
bunda asosiy elementni piksel (
pixel – “picture element” soʻzining qisqartmasi)
tashkil qiladi. Pikselni oddiygina kvadrat shaklidagi figura sifatida tushunishimiz
mumkin. Rastr tasvirdagi piksellar oʻlchami qanchalik kichik va koʻp boʻlsa,
tasvir shuncha aniq koʻrinishda boʻladi.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi – MBBT (Database management system – DBMS
) – ma’lumotlar bazasini yaratish, uni boshqarish va foydalanishga
moʻljallangan dasturiy vositalar toʻplami. Bu tizimning asosiy maqsadi –
GATga kiritilayotgan ma’lumotlarni toʻgʻri joylashtirish va bosh- qarishdir.
Jumladan, ma’lumotlar turli xil koʻrinishda boʻlishi mumkin (jadval, raqamli
tasvir, video, ovoz va boshqalar) va tizim bu ma’lumotlarni GATga mos holda
qayta ishlashi kerak. Bundan tashqari, tizimning asosiy vazifalaridan biri bu boshqa
turdagi MBBTlar, jumladan dBASE, Foxbase, Informix, Ingres, Oracle, Sybase
kabi tizimlardagi oʻzaro ma’lumotlar almashinuvini amalga oshirishdan iboratdir.
Skaner (
scanner ) –qogʻozdagi tasvirni kompyuter xotirasiga avtomatik
tarzda kiritish uchun uni rastr formatga oʻtkazuvchi qurilma hisoblanadi (1.3-
rasm). Odatda, bunday tasvirlarning aniqligi yuqori (300 – 600 dpi) boʻladi.
Skanerlar planshetli (
flatbed scanner ), barabanli (
drum scanner ), gʻildirakli
(
sheetfeed scanner ) va qoʻl yordamida boshqariluvchi (
handheld scanner ) kabi
turlarga boʻlinadi. Oxirgi turdagi skanerlarning skanerlash formati chegaralangan.
Shu bilan bir qatorda skanerlar aerokosmik apparatlarga oʻrnatilib, Yerning ustki
qismini tasvirga olishda ham qoʻllaniladi.
1.3-rasm. An’anaviy skaner
(Manba: Internet) Lazer skaner – bu geodezik asboblar turkumining yangi avlodi hisoblanib,
berilgan obyektning tasvirini uch oʻlchamli koʻrinishda nuqtalar jamlanmasi