Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari geoaxborot tizimining ta’rifi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/25
tarix30.09.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#151049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Geoaxborot tizimi tarixi

Nomenklatura
deb topografik kartalarni varaqlarga boʻlish hamda bu 
varaqlarni belgilash, ya’ni ularga nom berish tizimiga aytiladi. 
Raqamli karta 
(
numerical, digital map
) – kartalarni proyeksiyalashda
koordinata va balandlik sistemasini aniqlashda qabul qilingan kartografik 
generalizatsiyalash qonunlari asosida tashkil etilgan yuzaning raqamli modeli
boshqacha aytganda, raqamli kartografik ma’lumot. Raqamli karta 
kartografiyalash, karta aniqligi, generalizatsiya, shartli belgilar tizimining barcha 
me’yorlari va qoidalari asosida yaratiladi. Raqamli karta oddiy qogʻozli, 
kompyuter va elektron karta yaratishda asos boʻlib xizmat qiladi va kartografik 
ma’lumotlar bazasi tarkibiga kiradi. Shu bilan birga, u GAT axborot ta’minotining
muhim elementlaridan hisoblanib, bir vaqtning oʻzida GAT jarayonlarining 
natijasi ham boʻlishi mumkin. 
Kompyuter kartasi – 
bu avtomatlashgan kartografiyalashning vositalari 
(grafoqurilma, plotter, printer, digitayzer yordamida qogʻozda, plastikda, 
fotoplyonkadagi tasvir) yordamida grafik qurilmada chiqarilgan karta turidir. 
GAT texnologiyalari – 
bu GATning funksional imkoniyatlarini amalga 
oshirishga yordam beruvchi va uni yaratuvchi texnologik asosdir. 
Geoaxborot tahlili – 
geomodellashtirish va fazoviy tahlil usullarini 
qoʻllagan holda obyekt va hodisalarning joylashuvi, tuzilishi va oʻzaro bogʻliqligini 
tahlil qiluvchi boʻlim. 
Geoinformatika – 
ilmiy, texnologik va ishlab chiqarish faoliyati boʻlib:
1.2-rasm
Mavzuli geoaxborot tizimi kartasi 
(Manba: Internet) 

ilmiy asoslash va loyihalashda GATni yaratish, ekspluatatsiya qilish va 



foydalanish;

geoaxborot texnologiyalarini ishlab chiqish;

amaliy jihatdan GAT dasturlarining amaliy va geoilmiy maqsadlarini oʻz 
ichiga oladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin