Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari geoaxborot tizimining ta’rifi


Geoaxborot tizimining umumiy tushunchalari



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/25
tarix30.09.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#151049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Geoaxborot tizimi tarixi

Geoaxborot tizimining umumiy tushunchalari 
Geografik axborot tizimi yer yuzidagi obyektlar, jumladan, binolar, 
shaharlar, yoʻllar, daryolar, davlatlarni kompyuter orqali tasvirlashga yordam 
beradi. Hozirda bu tizimni insoniyat faoliyati va dunyoda boʻlayotgan oʻzgarishlar,
voqea-hodisalarni tasvirlash, tahlil qilish, muammoli vaziyatlarni aniqlash va 
ularni tushunish uchun qoʻllab kelmoqdalar. Kartalar orqali tasvirlab berilgan 
tahliliy muammolar insonga har xil sonlar, diagrammalardan koʻra vizual ravishda 
samaraliroq tushunishga yordam bermoqda. Buning sababi, hozirda GAT orqali



vizual koʻrinishda biror-bir muammoni tasvirlashda juda koʻplab usullardan
foydalanilmoqda. Bu usullar jumlasiga turli ranglar, uch oʻlchamli koʻrinishlar,
vektorli tasvirlash kiradi va bu, oʻz navbatida, matnlar yoki sonlar orqali tushunish 
qiyin boʻlgan jihatlarni ochib beradi. Shuning uchun ushbu tizim texnologik 
tizimlar turkumidan boʻlsa-da, ijtimoiy, iqtisodiy va sogʻliqni saqlash sohalarida
ham keng qoʻllanila boshladi. Hozirgi kunda geoaxborot tizimining ilmiy
asoslari keng koʻlamda oʻrganilmoqda va endilikda kartalar orqali tasvirlash 
geografik bilimlar sohasida isbotlangan usullardan biriga aylandi. Agar biron-bir 
sohaga oid muammolarni tushunishga va ularning yechimini izlashga kirishadigan
boʻlsak, endilikda darhol oʻsha muammoning raqamli kartasini ishlab 
chiqishimiz , muammoning koʻlamini baholash orqali yechimlar izlashimiz va 
shunga yarasha qarorlar qabul qilishimiz mumkin boʻladi. 



Geoaxborot tizimida qoʻllaniladigan atamalar 
Ushbu oʻquv qoʻllanmada GATda qoʻllaniladigan ba’zi atamalar keltirib 
oʻtiladi va foydalanuvchiga tushunarli boʻlishi uchun quyida ularning ma’nolari 
va qisqartmalari toʻgʻrisida bir qator ma’lumotlar beramiz. 
Karta 
(ingl. 
map, chart
; grek. 
chartes 
– varaq ma’nosini bildiradi) yer yuzi 
va uning ayrim katta qismining sferik yuzasiga tushirilgan proyeksiyasining 
qogʻozdagi kichraytirilgan tasviridir. Karta ma’lum kartografik proyeksiya yoki 
zonal tizimdagi toʻgʻri burchakli koordinatada tuziladi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin