Mavzu: kartografik generalizatsiya (2 soat)



Yüklə 21,72 Kb.
səhifə1/5
tarix25.04.2023
ölçüsü21,72 Kb.
#102585
  1   2   3   4   5
3-Ma\'ruza


MAVZU: KARTOGRAFIK GENERALIZATSIYA (2 soat)
REJA:

  1. Kartografik generalizatsiya va uning xususiyatlari.

  2. Generalizatsiya turlari.



Tayanch so`zlar: Kartografik generalizatsiya, “Kartashunoslik” kitobi, kartaning masshtabi, kartaning mazmuni, Generalizatsiya turlari, generalizatsiyaning aniqligi va sifati.

Yer yuzasini yoki uning biror qismini kartada tasvirlaganda undagi tafsilotning hammasini ko’rsatib bo’lmaydi. Shuning uchun ularning asosiylari saralanib, tanlab umumlashtirib tasvirlanadi. Bu murakkab jarayon bo’lib, ilmiy asosda ma’lum qoidalarga rioya qilinib bajariladi. Bu jarayon kartografiyada generalizatsiya deyiladi.


GENERALIZATSIYA – termini frantsuzcha “generalisation” so’zidan olingan bo’lib umumlashtirish degan ma’noni bildiradi. Generalizatsiya to’g’risidagi dastlabki izlanishlar nemis geografi va kartogrifi Maks Ekkert (1907 y) tomonidan boshlangan. U 1921 yilda “Kartashunoslik” kitobida generalizatsiya to’g’risidagi ilmiy fikrlarini beradi va kartada tasvirlanadigan voqea va hodisalarni tanlay bilish va umumlashtirish generalizatsiyaning asosiy mohiyati ekanligini bildiradi. Davlat standartida kartografik generalizatsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: kartada tasvirlanayotgan ob’yektlarning kartaning maqsadi, masshtabi, mavzusi va tili hamda kartaga olinayotgan sohaning xususiyatlariga mos ravishda tanlab (saralab) olish va umumlashtirishga kartografik generalizatsiya deyiladi.
Generalizatsiyaning asosiy ma’nosi — borliqning kartaga olmayotgan qismimng o'ziga xos bo'lgan asosiy tipik tomonlari va xarakterli xususiyatlarini saqlab qolib umumlashtirib tasvirlashdir.
Generalizatsiya qilishda har bir geografik elementni alohida o’rganish zarurligidan kelib chiqib Filippov (1946) relyef, Suxov (1953) aholi yashaydigan joylar, Xersonskiy (1950) o’simliklar, Zarutskaya (1958) gipsometriya bo’yicha ishlar olib borgan. K.A.Salishev generalizatsiyaning mohiyati va uning murakkabligini ta’kidlab, masshtab, maqsad, kartaning mavzusi va tasvirlanayotgan landshaft, saralash va umumlashtirishning asosini tashkil qilishligini fanga kiritadi.
Generalizatsiya jarayoni masshtab o’zgarganda (kichrayganda) ko’zga yaqqol tashlanishini bir xil joyning uch xil masshtabdagi kartalarida ko’rish mumkin. Masalan, 1:10 000 masshtabli kartada aholi yashaydigan binolar qora rangda, dalalar shtrixda, 1:25 000 masshtabli kartada hammasi bir xil qora rangda, 1:50 000 masshtabli kartalarda barchasi umumlashtirilib faqatgina asosiylari berilgan.

Yüklə 21,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin