8-Amaliy ish Mavzu: Topografik kartaning bir qismini chizish Ishning maqsadi



Yüklə 110,55 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix05.06.2023
ölçüsü110,55 Kb.
#125521
8-Amaliy ish



8-Amaliy ish  
Mavzu: Topografik kartaning bir qismini chizish
Ishning maqsadi. 1:10000 masshtabli topografik karta (yoki 
1:2000 masshtabli plan) ning bir qismini chizishdan iborat.
Ishning bajarilish tartibi. Dastlab kartaning qalamdagi nusxasi 
tayyorlanadi. Nusxa ko‘chirish uchun mo‘ljallangan fragmentlar 
(ilovalarda) ikki qismga bo‘lingan bo‘ladi va (180x120 mm va
210x150mm li) standart o‘lchamdagi formatlarda uzilgan chiziqlari 
ehtiyotlik bilan bir-biriga tutashtiriladi. Keyin chizmaning barcha 
elementlari "Shartli belgilar..." talabiga muvofiq ravishda chizmachilik 
perosi va chizmachilik asboblari tush yordamida uch xil rangda (qora, 
yashil (ko‘k), jigarrang) chizib yoki bo‘yab chiqiladi. Elementlarni 
chizib chiqish quyidagi ketma- ketlikda bajariladi.
1.Ichki ramka, bunda uning tomonlaridan yozuvlar va shartli belgilarni 
mo‘ljalga olib yozishda foydalaniladi. Ichki ramka tasvirning chegarasi 
bo‘lib xizmat qiladi va ramka tomonlarini shartli belgilar chiziqlari, 
gorizontal chiziqlar yoki yozuvlar bilan kesib o‘tishga ruxsat 
berilmaydi.
2.Aholi punktlari. Har qaysi aholi punktining barcha detallarining tasviri 
alohida-alohida qilib to‘liq va yakunlangan holda chizib chiqiladi. Har 
qanday aholi punktini chizish ketma-ketligi bir xilda amalga oshiriladi. 
Odatda, aholi punktlari chizmasini chizish, oriyentirlar va ko‘chalarni 
chizishdan boshlanadi. Keyin esa alohida joylashgan (kvartallardan 
tashqari) turar joylarga tegishli bo‘lgan va bo‘lmagan qurilishlar, 
qolgan ko‘chalar, tor ko‘chalar, o‘tish yo‘llari, kvartallar va uni ichida 
joylashgan qurilishlar chizmasi chiziladi. So‘ng aholi punktlarining 
konturini hosil qiluvchi yer turlarining tashqi konturlari chiziladi hamda 
aholi punktining ichidagi va atrofidagi (bog‘lar, istirohat bog‘lari, ekin 
maydonlari va boshqalar) o‘simlik qoplamlarining konturlari shartli 
belgilar bilan to‘ldirib chiqiladi.
3.Tutashtiruvchi yo‘llar va aloqa vositalari. Bu yo‘l tarmoqlari bo‘lib, 
unga yo‘l inshootlari, o‘rmon so‘qmoq yo‘llari, aloqa uzatish 
tarmoqlari, elektr uzatish tarmoqlari, gaz va neft quvurlari tarmog‘i va 


boshqa zaruriy inshootlar kiradi. Yo‘l tarmoqlari quyidagi tartibda 
chiziladi: temir yo‘llar, shosse yo‘llar (oliy toifadagi yo‘llardan 
boshlab), gruntli yo‘llar va so‘qmoqlar chiziladi. Keyin esa qolgan
elementlari chiziladi.
4.Gidrografiya. Qirg‘oq chizig‘i bo‘ylab ma‘lum joylardagi inshootlarni 
chizish bilan boshlanadi: suvni kamaytirish (suv sathi turlicha bo‘lganda 
kemalar qatnovini ta‘minlovchi gidrotexnik inshoot), to‘g‘onlar, 
ko‘priklar va boshqalar, bundan tashqari buloqlar, quduqlar, kichik 
ko‘llar va hovuzlar. Dengizlar, qo‘ltiqlar, katta ko‘llar qirg‘oq chiziqlari, 
ikki chiziq bilan tasvirlanadigan daryolar va kanallar chizmasi chiziladi. 
Keyin esa bitta chiziq bilan tasvirlanadigan daryo va kanallar chizmasi 
chiziladi. Oxirgi navbatda esa gidrografiyaga kiruvchi boshqa 
inshootlarning (daryolarning oqimini ko‘rsatuvchi, kechuvlar joylari va 
boshqalar) chiziladi. Gidrografik inshootlarning rangi talabga ko‘ra 
ko‘k (moviy) rangda chiziladi.
1. 
Relyef. Relyef jigarrangda (ayrim joylari qora rangda) chiziladi. 
Chizish relyefning kichik shakllaridan boshlanadi: qoyalar, xarsang 
toshlar uyumlari, suv o‘yib ketishidan hosil bo‘lgan chuqurliklar, 
jarliklar, tik jarliklar, tepaliklar, karyerlar va boshqalarning chizmasini 
chizishdan boshlanadi. Undan keyin bir xil balandlikdagi gorizontal 
chiziqlar chiziladi.
2. 
Ramka ichidagi yozuvlar. Harflar va yozuvlarning o‘lchamlari 
belgilangan masshtabdagi talablarga mos kelishi kerak.
7.Tuproq o‘simlik qoplamlari elementlari. Turli tuproq turlari va 
o‘simlik qoplamlari konturlarini ko‘rsatuvchi nuqtali punktirlarning 
chizmasini chizishdan boshlanadi. Keyin barcha maydonlar mos 
keladigan shartli belgilar bilan to‘ldiriladi. Agar belgilar tizimli bo‘lsa, 
oldindan qo‘shimcha to‘rlar chiziladi. Oxirida esa konturlardan 
tashqarida joylashgan alohida butalar, daraxtlar va o‘rmonlarning 
belgilari chiziladi.


1:25 000 masshtabli topografik karta
 

Yüklə 110,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin