Urganch davlat universiteti texnika fakulteti geodeziya, kartografiya va kadastr yo’nalishi



Yüklə 177,43 Kb.
səhifə1/4
tarix26.10.2023
ölçüsü177,43 Kb.
#161352
  1   2   3   4
1-AMALIY ISHI


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TEXNIKA FAKULTETI

GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR YO’NALISHI

201-GURUH TALABASI PO’LATOV MASHHURBEKNING

KO‘CHMAS MULK KADASTRI FANIDAN







1-AMALIY ISHI

MAVZU: KO‘CHMAS MULK KADASTRINI YARATISH VA YURITISHDA QO‘LLANILADIGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLAR BILAN TANISHISH



BAJARDI: PO‘LATOV MASHHURBEK
QABUL QILDI: XAMRAYEV ERGASH


URGANCH-2023
7-BOB. AHOLI PUNKTLARINING (SHAHARLAR, POSYOLKALAR VA QISHLOQ AHOLI PUNKTLARINING) YERLARI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING YER KODEKSI
59-modda. Shaharlar va posyolkalar yerlarining tarkibi
Shaharlar va posyolkalarning ma’muriy chegaralaridagi barcha yerlar shaharlar va posyolkalarning yerlari jumlasiga kiradi. Bu yerlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
1) shahar va posyolka qurilishi yerlari;
2) umumiy foydalanishdagi yerlar;
3) qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar va boshqa yerlar;
4) daraxtzorlar egallagan yerlar;
5) sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar;
6) muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning yerlari;
7) suv fondi yerlari;
8) zaxira yerlar.


60-modda. Aholi punktlarining chegarasi. Shahar atrofi zonalari
Aholi punktlarining chegarasi — shahar, posyolka, qishloq aholi punkti yerlarining tashqi chegaralari bo‘lib, ular ana shu yerlarni boshqa yerlardan ajratib turadi.
Aholi punktlarining chegarasini belgilash tasdiqlangan shaharsozlik va yer tuzish hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Aholi punktlarining chegarasi yuridik va jismoniy shaxslar yer uchastkalarining chegaralari bo‘yicha belgilanishi lozim.
Shahar atrofi zonalari shahar bilan yagona ijtimoiy, tabiiy va xo‘jalik hududini tashkil etuvchi shahar chegarasidan tashqaridagi yerlarni o‘z ichiga oladi. Shahar atrofi zonalarida shahar atrofidagi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi hududi, aholi dam olish zonalari, shaharni rivojlantirish uchun zaxira yerlar ajratiladi.
Shahar atrofi zonalarining chegaralari va huquqiy rejimi qonunchilik bilan belgilanadi.



Yüklə 177,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin