Generalizatsiya turlari. Generalizatsiya kartada tasvirlanayotgan voqea-hodisalarning chegaralarini, miqdor va sifat ko’rsatgichlarini saralab, umumlashtirib, tafsilotlarni bir-biriga bog’lab, masshtab asosida tasvirlaydigan va geografik xususiyatlarini saqlab bir butun qilib ko’rsatadigan usuldir.
- Kartada tasvirlanayotgan tafsilot sifat ko’rsatgichlarini umumlashtirish; Masalan, yirik masshtabli kartalarda o’rmonlar igna bargli, keng bargli va aralash o’rmonlarga bo’linib tasvirlansa, mayda masshtabli kartalarda o’rmon birgina belgi bilan tasvirlanadi.
-Kartada miqdor ko’rsatgichlarini tasvirlash; Masalan, aholi yashaydigan joylarda uzluksiz shkaladan pog’onali shkalaga o’tish yoki relyefning kesim balandligi (5 m dan 10 m gacha) o’zgaradi.
-kartada tasvirlanayotgan tafsilotlarni tanlash asosida chegaralash; Masalan, 1:10 000 masshtabli kartada 1dm2 da 10 ta aholi yashaydigan joy tasvirlangan bo’lsa, 1:100 000 masshtabli kartada 2 ta aholi yashaydigan joy chegaralab ko’rsatiladi.
-kartada geometrik aniqlik darajasi generalizatsiyaning asosiy ko’rsatgichi; Masalan, meandra hosil qilib oqadigan daryoni to’g’ri chiziq bilan ko’rsatish natijasida shakl o’zgaradi. Shuningdek, generalizatsiya qilishda tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning shakliga va rang tasvirlariga ham qaratiladi. Belgilar bilan tasvirlangan ob’ektlarning o’quvchanligiga alohida e’tibor beriladi. Masalan, shaharlardagi binolarning shakli saqlanib maydoni o’zgaradi.
Generalizatsiyaning aniqligi va sifati Generalizatsiyaning aniqligi va sifati ikki jihatdan: kartaning geometrik aniqligi nuqtai nazardan va kartaning mazmuni ishonchliligi jihatidan baholanadi.