Geometrik aniqlik — bu kartadagi alohida nuqtalarni va ob’ektlarni ularning haqiqiy holatlariga moslik darajasini tavsiflovchi miqdoriy o‘lchov. Geometrik aniqlik kartani joy bilan yoki yirik masshtabli manbalar bilan taqqoslaganda aniqlanilishi mumkin. Kartaning mazmunan ishonchliligi — bu real borliqning kartografik tasvirlar uning asosiy xususiyatlarini va ob’yektlar o'rtasidagi o‘zaro aloqadorligini hisobga olgan holda mos kelishini sifatli baholash demakdir.
Punktlarga joylashtirilgan (joylashgan) ob’ektlar sifat va miqdor tavsiflarini senzlar va tanlab olish normalarini qo'llab generalizatsiya qilinadi. Chiziqlarga joylashtirilgan (joylashgan) ob’ektlar ham generalizatsiya jarayonida senzlar va normativlarga mos holda tanlab olishni, sifat va miqdor tavsiflarini umumlashtirishni boshidan kechiradi. Chiziqli ob’ektlarni (elementlarni) generalizatsiya qilish 111 muhim elementi ularning suratlarini to‘g‘rilash va soddalashtirish, mayda - chuyda egik-bukiklardan voz kechish (saqlab qolishda va hatto ayrim tipik detallarni alohida qilib, bo’rttirib ko‘rsatishda ham) dan iboratdir. Chiziqli ob’ektlarni generalizatsiya qilish har doim ularning kengligini haqiqiy o'lchamlari bilan taqqoslaganda bo'rttirib (oshirib. ko'paytirib) berish bilan bog‘liq.