Generalizatsiyaning quyidagi omillari mavjud: Kartaning masshtabi: Generalizatsiyada masshtab maydalashgan sari tasvirlanadigan geografik ob’ektlar saralanib, kamayib boradi va kartani o’qish qiyinlashadi. Masalan, O’zbekiston tabiiy kartasida (1:4 000 000) Farg’ona vodiysining 4 ta shahri tasvirlangan bo’lsa, 1:1 500 000 masshtabli kartada 8 ta shahri tasvirlangan.
Kartaning mazmuni. Kartalar bir xil masshtabda bo’lsa ham har xil maqsadlar uchun nashr qilinganligini sababli ularning mazmunida farq qiladi. Masalan, O’zbekiston tabiiy kartasi va O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy atlasida (1:4 000 000) qazilma boyliklar soni farq qiladi. Birinchi kartada shartli belgilar soni 76 ta, ikkinchi kartada 32 ta berilgan. Aholi yashaydigan joylar soni (36 ta, 30 ta) ham farq qiladi.
Generalizatsiya qilishda karta mazmunining roli O’zbekistonning geografik atlasidagi bir xil masshtabdagi tabiiy va siyosiy-ma’muriy kartalarida tasvirlangan geografik elementlar soni bir xilda emas. Unda aholi yashaydigan joylarning soni birinchisida kam ikkinchisida esa ko’p bo’ladi. Aslini olganda bu ob’ektlar kartada orientir hisoblanadi.
Traditionally two types of cartographic generalization are distinguished: graphic and conceptual generalization. The difference between them is related to the methods involved in the generalization process. Graphic generalization is characterized by simplification, enlargement, displacement, merging and selection1.
1Kraak, Menno-Jan and Ormeling, Ferjan. «Cartography: Visualization of Spatial Data». Prentice Hall. , USA. 2002. 91 b.
Kartografik generilyaziyatsiyaning farqlanadigan ikkita ya’ni grafik va tamoyili xili mavjud: Bular kartalar orasidagi voqea hodisalarning davomiyligini umumlashtirishdir. Grafik umumlashtirishda kartagrafik jarayonlar kengaytiriladi va jarayonlar bir-biriga bog’lab tasvirlashda qo`llaniladi.
Kartada tasvirlanayotgan hududlarning o’ziga xos xususiyati. Har qanday kartada joyning o’ziga xos xususiyatlari saqlanishi lozim. Masalan, Finlandiyaning janubida ko’llar landshafti asosiy o’rin tutadi, lekin undagi mayda ko’llar tasvirlanmay qolgan. Undan tashqari generalizatsiya qilishda geografik elementlarning xalq xo’jaligidagi roli ham hisobga olinadi. O’rta Osiyoda suv ob’ektlari to’liq tushirilishi shart.