Maydon uzra joylashgan ob’ektlar avvalo sifat tavsiflarini va miqdor gradatsiyalarini yiriklashtirish yo‘li bilan generalizatsiya qilinadi. Alohida konturlarni chiqarib tashlashda ularning qiyofalarini (tashqi ko‘rinishini) to‘g‘rilab qo‘yishda namoyon bo‘ladigan generalizatsiyaning geometrik aspektlari nihoyatda muhimdir. Mayda konturlar ancha yiriklari bilan qo‘shib yuboriladi, ko'pchilik hollarda esa yagona areal kontur bilan almashtiriladi. Agar hodisa kartada izoliniyalar yordamida ko'rsatigan bo‘lsa, u holda kesim balandligi kattalashtiladi, izoliniyalar su’rati umumlashtirish, ularni o‘zaro muvofiqlash ishlari bajariladi. Nuqtalar usuli bilan tasvirlanadigan yoyilib tarqalgan ob’ektlar nuqtalar og‘irligini yaqinlashtirish hisobiga generalizatsiya qilinadi. Agar bu ob’ektlar sifatli fon yoki areallar usuli bilan ko‘rsatilgan bo'lsa, u holda generalizatsiya konturlarni yoki areallarni saralab olish va ularning chegaralarini umumlashtirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati Asosiy adabiyot Mirzaliev T va boshqalar. Kartashunoslik. Toshkent.: “Cho‘lpon”, 2012. (81-87 b).
Kraak, Menno-Jan and Ormeling, Ferjan. «Cartography: Visualization of Spatial Data». Prentice Hall. , USA. 2002, (91 b).
Qo‘shimcha adabiyotlar 1. Mirzaliyev T. Kartografiya. Toshkent. «Cho`lpon»,2012. (120-125 b).