Geoaxborot tizimining ilmiy
asoslari
36
koordinatasini oʻta yuqori aniqlikda bera oladigan qabul qilgich (priyomnik) lar
juda ham katta yordam beradi. Shu jihati bilan an’anaviy kartografiya, ya’ni oldingi
qogʻozli koʻrinishdagi geoma’lumotlar
yordamida ishlash bilan
taqqoslaganda
elektron geodezik asboblarga, sun’iy yoʻldosh ma’lumotlariga
asoslangan hozirgi zamonaviy kartografiya bir qancha afzalliklarga egadir.
1.1-jadval
An’anaviy va zamonaviy kartografiyaning qiyosiy tahlili
Jarayonlar
An’anaviy
texnologiyalar boʻyicha
GAT boʻyicha
Ma’lumotni
toʻplash
yoʻllari
Aerofototasvirlar, raqamli
masofadan zondlash, geo-
dezik ishlar, ishchi chiz-
malar, statistik ma’lumot-
lar
An’anaviy yoʻl bilan va qoʻshimcha
tayyor raqamli kartalar, relyefning
raqamli modeli, raqamli ortofoto-
tasvirlar, raqamli ma’lumotlar bazasi
Ma’lumotni
kiritish
Nuqta, chiziq, maydon-
larni qogʻozga tushirish
Nuqta, chiziq, maydonlarni kompyuter
xotirasiga tushirish
Ma’lumotni
qayta
ishlash
Tahlilchi mutaxassis
tomonidan ishlatiladigan
lineyka, planimetr,
transportir va boshqa
asboblar qoʻllaniladi.
Kompyuter axborotini oʻlchash,
taqqoslash va ma’lumotlar bazasida
tasvirlash imkoniyatlari qoʻllaniladi.
Ma’lumotni
saqlash va
tanlash
Nuqta, chiziq, maydonlar
qogʻozga shartli belgilar
yordamida chiziladi.
Tanlash oʻqish orqali
bajariladi.
Nuqta, chiziq va maydonlar rastr,
koordinata yoki identifikator sifatida
kompyuter xotirasida saqlanadi.
Atributlar jadvali koordinatalar bilan
bogʻliq boʻladi.
Tanlashda kompyuter orqali izlashning
samarali usullaridan foydalaniladi.
Kartalarni
ishlab
chiqarish
Qogʻozli koʻrinishda
turli
xil ma’lumotli
kartalar
alohida-alohida
tasvir-
lanadi,
kartogrammalar
ham qoʻshilishi mumkin.
Raqamli koʻrinishda
va istalgan payt
qogʻozli koʻrinishda
bosmaga
chiqarish
mumkin,
barcha
ma’lumotlarni
yagona umumiy karta
sifatida
qatlamlarga ajratgan holda
tasvirlash
va boshqa turdagi statistik
diagrammalar
hamda
jadvallarni
birlashtirib chiqarish
imkoniyati
mavjud.