Guruh: 23b-21 NRM Talaba: To’xtapo’latov Sh.Sh Mustaqil ta’lim № ___ Mavzu: Davlat geodezik tayanch tarmoqlari Reja: 1. Geodezik tarmoqlar.
2. Joyda geodezik tayanch tarmoqlari punktlari o’rnini belgilash.
3. Geodezik tayanch tarmoqlarini barpo qilish uslublari.
Geodezik tarmoq - yer yuzasida triangulyatsiya, trishteratsiya va poligonometriya asosida barpo etiladigan tarmoq. Aniqligi boʻyicha 4 darajaga boʻlinadi; tarmoqlari 20–25 m dan bir necha yuz metrgacha boʻlishi mumkin. Asosan uchburchak shaklida barpo etiladi. Tarmoqning nuqtalari joyda markazlar bilan belgilanadi. Markazlar esa beton, temir-beton, metalldan yasalishi mumkin. Ular 2—2,5 m chuqurlikdan boshlab quriladi. Markazning ustida yogʻoch yoki metalldan piramidalar oʻrna-tiladi. G. t. burchaklari esa aniqteodolitlar bilan oʻlchanadi. Oʻlchash aniqligi (0,7) dan 2" gacha, baʼzi hollarda aniqlik bundan ham yuqoriroq boʻlishi mumkin. G. t. nuqtalarining koordinatalari geodezik va astronomik oʻlchashlardan, balandliklari esa boshlangʻich deb olingan dengiz sathiga nisbatan nivelirlanib topiladi.
Joyda o’rni uzoq vaqt saqlanadigan qilib maxsus qurilma yoki mustahkam qoziq bilan belgilangan, koordinatasi(X,Y)va absolut balandligi(H) aniqlangan nuqtaga geodezik tayanch punkti deyiladi. Bunday nuqtalar yig’indisi geodezik tayach tarmog`ini tashkil etadi.Planli koordinatasi ma’lum bo’lgan tayanch punktga planli tayanch punkt, absolut balandligi ma’lum bo’lgan tayanch punktga balandlik tayanch punkti deyiladi. Shunga yarasha geodezik tarmoqlar planli-balandlik (X, Y va H ma'lum), faqat planli va faqat balandlik (H,ma'lum) tarmoqlariga bo‘linadi.
Geodezik tayanch tarmoqlari Davlat geodezik tayanch tarmoqlari (DGT), Mahalliy geodezik tayanch tarmoqlari (MGT) va Tasvirga olish tayanch tarmoqlariga (TOTT)bo’linadi.Davlat geodezik tayanch tarmoqlari maxsus dastur asosida barpo qilinadi va barcha masshtabdagi topografik planlarni olishda tayanch bo’lib xizmat qiladi. Mamlakatimiz xalq xo’jaligi va mudofaasiga, turli ilmiy va texnikaga doir masalalarni yechishda ham davlat geodezik tayanch tarmoqlariga asoslaniladi.Masalan,Yerning shakli va kattaligini, yer po’stlog’ining harakati, qit’alarming siljishi, okean va dengizlar sathining farqi va boshqalar davlat geodezik tayanch tarmoqlari natijalaridan foydalanib aniqlaniladi.