Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 29
9.
ArcView dasturi shaxsiy kompyuterlarning (Windows 95, 98, NT, XP va
Vista), Macintosh, HP UNIX va boshqa tizimlari bilan ham ishlaydi. Barcha
tizimlarda foydalanuvchi interfeysi bir xil koʻrinishda boʻlib, CD-ROMga
uzatiladigan ArcView formatidagi ma’lumotlar yuqorida koʻrsatib oʻtilgan
tizimlar orqali ham qabul qilinadi.
10.
Ma’lumotlardan foydalanish. Masofaviy baza ma’lumotlaridan
biriktirilgan jadvallar yordamida foydalanish mumkin. ArcView dasturidan
chiqmasdan turib, biriktirilgan jadvallarni tahrirlash va oʻzgartirishlarni saqlash
mumkin. Menyular yordamida Access va Excel jadvallarini toʻgʻridan toʻgʻri
ochish mumkin.
Windows uchun moʻljallangan AtlasGIS dasturi. Windows uchun
moʻljallangan AtlasGIS dasturi Strategic Mapping Inc. (Santa Clara, USA)
kompaniyasiga tegishli boʻlib, interaktiv geografik axborot tizimi koʻrinishida
boʻladi va Desktop GIS sinfi dasturlari qatoriga kiradi.
AtlasGIS – bu ishchi dasturlar yordamida tez va oson universal
kartografiyaning tahliliy va tasviriy imkoniyatlarini oʻz ichiga olgan koʻp
funksiyali axborot kartografik tizimdir. Uning imkoniyatlari jumlasiga quyidagilar
kiradi:
•
kartalarni kiritish, tahrir qilish va bosmaga chiqarish;
•
tasvirlash vositalarini rivojlantirish: shtrix va ranglardan toʻlaligicha
foydalanish, simvollarni yaratish va tahrir qilish, koʻp sonli qoʻyilmalar,
mavzuli kartografiyalash;
•
ishchi grafika – doiraviy va chiziqli diagrammalar, grafiklar;
•
Atlas Ware GIS/S/VB yordamida amaliy masalalarni yaratish imkoniyati
(S++ va MS Visual Basic);
•
rastr loyihalar bilan ishlash;
•
fazoviy qidiruv/tahlil – geografik obyektlarni birlashtirish, geografik
belgilariga qarab ma’lumotlarni jamlash, bufer zonalarni yaratish;
•
geokodlash – pochta manzili va indeksi boʻyicha izlash, bunda manzil nomi
toʻliq yoki qisman kiritiladi;