Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari geoaxborot tizimining ta’rifi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/25
tarix30.09.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#151049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Geoaxborot tizimi tarixi

Geoaxborot tizimi 
– 
bu asosiy vazifalari tabiat va jamiyat hodisalarining 



geofazoviy ma’lumotlarini maxsus vositalar yordamida toʻplash, saqlash, 
boshqarish, tahlil qilish, modellashtirish va tasvirlashdan iborat boʻlgan 
mutaxassis va tahlilchilar boshqaruvi ostidagi umumlashgan dasturiy tizimdir”. 
Geoaxborot tizimiga yana turlicha ta’riflar keltirish, u haqidagi 
muhokamalarni davom ettirish mumkin, biroq barcha ta’riflarning zamirida 
yuqorida keltirilgan asosiy ma’no yotadi. Shuning uchun keltirilgan ta’rifni 
bosh 
ta’rif 
deb qabul qilish mumkin. 
Yuqorida berilgan ta’rifdagi fazoviy-geografik ma’lumotlar turkumi 
deganda barcha yer toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, jumladan koordinatalarni, yer 
uchastkalari chegaralarini, ular joylashgan joy to’g’risidagi ma’lumotlarni, joyning 
huquqiy va iqtisodiy ma’lumotlarini hamda ko’plab muhim bo’lgan fazoviy 
ma’lumotlarni tushunish lozim. 
Quyidagi rasmda geoaxborot tizimining umumiy koʻrinishi keltirilgan 
boʻlib, ushbu tizim turli adabiyotlarda yanada batafsilroq yoki soddalashgan holda 
berilgan boʻlishi mumkin. 
1.1- rasm. 
Geoaxborot tizimining umumiy koʻrinishi 
(Manba: Internet) 
 
Geoaxborot tizimining rivojlanish tarixi 
Geoaxborot tizimi tushunchasi 1960-yillar oʻrtasida Kanadada paydo boʻlib, 
Kanada geografik axborot tizimi (
Canadian Geographic Information System CGIS

deb atalgan. Tizimning asosiy maqsadi Kanada yer resurslari inventarizatsiyasini
oʻtkazish va shu asosda yer resurslarining mavjud holati va kelajakdagi 
potensialini aniqlashdan iborat edi. 
Hozirda rivojlangan davlatlarda geoaxborot tizimi koʻplab ijtimoiy sohalar, 
iqtisodiyot, siyosat, ekologiya, tabiiy resurslarni boshqarish va tabiatni muhofaza 
qilish, kadastr, ilm-fan va boshqa sohalarda qoʻllanilib kelmoqda. Geoaxborot 
tizimi bizning sayyoramizga tegishli global, hududiy, milliy, lokal-axborot turlari: 
kartografiya, 
masofadan 
zondlash, 
statistika, 
kadastr 
ma’lumotlari, 
gidrometeorologik ma’lumotlar, dala ekspeditsiyasi materiallarini kuzatish, 
burgʻulash natijalari, suv ostini zondlash va hokazolarni integrallashtirgan holda 
hamma jabhalarni egallab kelmoqda. Geoaxborot tizimini kengroq rivojlantirishda 
xalqaro assotsiatsiyalar (BMT, YeH va b.), davlat uyushmalari, vazirliklar, 
kartografiya, geologik va yer tuzish xizmatlari, ilmiy institutlar hamda xususiy 



firmalar qatnashmoqdalar. 
Koʻplab davlatlarda maxsus milliy va viloyat miqyosidagi organlar tuzilgan 
boʻlib, ularning vazifalariga geoaxborot tizimi va avtomatlashtirilgan 
kartografiya, davlat harbiy siyosatini geoinformatikada formallashtirish, milliy 
rejalashtirish, huquqiy muammolarni oʻz ichiga olgan geografik axborotlarni sir 
saqlagan holda yigʻish hamda tarqatish va boshqalar kiradi. 
Oʻzbekistonda 1991–1992-yillarda Oʻzdavgeologqoʻmita fondi tomonidan 
Markaziy Qizilqumning 1:50000 masshtabli kartografik ma’lumotlar bazasini 
yaratishni oʻz ichiga olgan geoaxborot tizimi tuzilgan edi. 1996–1999-yillarda 
„GGP-Qiziltepageologiya” ekspeditsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahri 
uchun 1:25000 masshtabda, Fargʻona vodiysi uchun 1:200000 masshtabda va 
Oʻzbekiston uchun 1:1000000 masshtabdagi raqamli kartalari geoekologik GAT 
loyihasi uchun; 1997–1998-yillarda esa Oʻzbekistonning 1:1000000 va 
Toshkentning 1:25000 masshtabli raqamli kartalari tuzildi. 
Hozirgi kunga kelib Toshkent shahrining 1:2000 masshtabli raqamli kartalari 
Markaziy Aerogeodeziya davlat unitar korxonasi (MADUK) tomonidan toʻliq
tuzib boʻlindi. MADUK va Koreya Respublikasining KOICA agentligi oʻrtasida
“Oʻzbekiston Respublikasida geoaxborot tizimini yaratish” loyihasi 2006-yil 
avgust oyida ishga tushdi. Bu loyiha doirasida Toshkent shahri va Toshkent
viloyati boʻyicha geoaxborot tizimi va ma’lumotlar bazasini tuzish kelishilgan. 
Albatta, geoaxborot tizimini tuzish juda katta mablagʻ va kuch talab etadi. Bunda 
esa imtiyozli xalqaro kreditlarning oʻrni katta. OʻzGASHKLITI da qisman 
Toshkent shahrining geoaxborot tizimi asosidagi raqamli kartasi tuzilgan. Hozirda 
Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Rivojlanish Dasturi" loyihasi doirasida ham 
Oʻzbekiston Respublikasida geoaxborot tizimini yaratish boʻyicha ishlar 
boshlangan. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 25-sentabrdagi “Milliy 
geografik axborot tizimini yaratish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora- 
tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2045-sonli qarori asosida Oʻzbekiston 
Respublikasining barcha hududlarida joriy qilinadigan, asosiy iqtisodiyot 
tarmoqlari va faoliyat sohalari axborotini qamrab oladigan hamda quyidagilarni oʻz
ichiga oluvchi funksional avtomatlashtirilgan kompleks axborot tizimi – Milliy
geografik axborot tizimini yaratish va rivojlantirish boʻyicha ishlar olib 
borilmoqda. Milliy geografik axborot tizimi (MGAT) yagona tizimga 
integratsiyalanadigan, vazirlik va idoralar tomonidan ularning vakolatlari va 
vakolatlarning tarmoqlar boʻyicha taqsimlanishidan kelib chiqib yaratiladigan 
axborot resurslari kompleksini oʻzida aks ettiradi. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin