Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari geoaxborot tizimining ta’rifi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/25
tarix30.09.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#151049
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25
Geoaxborot tizimi tarixi

Ma’lumotlar bazasi – 
MB (
database
) – bu aniq qoidalar asosida tashkil 
etilgan hamda tasvirlash, saqlash va boshqarishning umumiy tamoyillariga amal 
qiladigan ma’lumotlar jamlanmasidir. Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni saqlash 
qoidalari xavfsizlik standartlariga va butunligiga amal qilgan holda markazlashgan 
boshqaruv asosida tashkil etiladi. Bunday tizimda ma’lumotlarning bir-biriga 
qarama-qarshiligi va takrorlanishining oldi olinadi. MB ni yaratish va undan 
ma’lumotlarni olish tizimi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (MBBT) 
yordamida amalga oshiriladi. MB bir yoki bir nechta kompyuterlarga oʻrnatilishi
mumkin hamda ma’lumotlarni olish va qayta joylashtirish oʻzaro bir yoki bir 
nechta kompyuterlar oʻrtasida amalga oshiriladi. GATda asosan fazoviy 
ma’lumotlar saqlanganligi bois bu tizim (MB) ning boshqacha nomi Fazoviy 
ma’lumotlar bazasi (
Spatial database
) deb ataladi. 
Vektorlashtiruvchi 
(
vectorizer
) – fazoviy ma’lumotlarni rastr formatdan 
vektor formatga oʻtkazuvchi dasturiy vositadir. 
Kartometriya
(
cartometry
) – karta boʻyicha oʻlchash. Kartometrik 
koʻrsatkichlar bir necha xil boʻlishi mumkin, jumladan: uzunlik va masofa 
boʻyicha, maydon boʻyicha, hajm boʻyicha, burchak va burchak kattaliklari 
boʻyicha. Mavzuli kartalar boʻyicha oʻlchash va hisoblash ishlari maxsus 
boʻlimlar – mavzuli kartometriya va morfometriyada olib boriladi. 
Obyekt 
– geoelement deb ataluvchi va oʻzida geometriya va matematikani 
qamrab olgan fazoviy elementning belgisi. Har bir obyekt obyektlar sinfiga tegishli 
boʻladi. 
Raqamlashtirish 
– bu qogʻoz kartadagi ma’lumotlarni kompyuter fayliga 
aylantirish jarayonidir. 
Alohida moslamalar 
(
peripherals, peripheral, peripheral devices, 
peripheral equipment, peripheral unit
) – tashqi moslama, apparat ta’minotining 
tarkibiy qismi boʻlib, asosiy kompyuter blokidan ajralgan holatda boʻladi. 
Alohida moslamalarning asosiy vazifasi bu GATdagi ma’lumotlarni tayyorlash, 



kiritish, saqlash, boshqarish, himoya qilish, tasvirlash va aloqa kanallari orqali 
uzatishdan iborat. Alohida moslamalar turkumiga raqamlovchi skanerlarni, 
moslamalar guruhiga esa grafoqurilma, printerlar, monitor va boshqa qurilmalarni 
kiritish mumkin. Saqlash va arxivlash vositalariga tashqi diskovodlar, strimmerlar, 
modem va muntazam quvvat ta’minoti (UPS) ni kiritish mumkin. 

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin