Geoaxborot tizimining ilmiy
asoslari
34
•
kartografik va atribut ma’lumotlar bazasi orasidagi oʻzaro aloqani oʻrnatish
va ta’minlash;
•
klassifikator va izlab topish uchun qulay boʻlgan ma’lumotlar bazasini
yaratish;
•
hisobot va tahliliy ma’lumotlarni toʻplash hamda ularni bosmaga chiqarish
kabi amallarni bajarish mumkin.
Yuqoridagilardan tashqari, dastur yordamida joyning uch oʻlchamli tasviri
hosil qilinib, bevosita real hayotdagidek navigatsiya qilish va bu dastur orqali
boshqa GAT dasturida hosil qilingan ma’lumotlarni oʻzgartirish mumkin.
Geoaxborot tizimining qoʻllanilish sohalari
Geoaxborot tizimining qoʻllanilish sohalari juda keng boʻlib, atrof-muhit,
yer va suv resurslarini boshqarish, tabiiy resurslarni boshqarish, ijtimoiy-iqtisodiy
sohalarda, qurilish va neft-gaz sohalarida, shuningdek, geodeziya va kartografiyada
qoʻllash mumkin.
GAT turli holatlarda, jumladan:
•
sogʻliqni saqlash sohasida yangi klinika va shifoxonalarni aholiga
geografik jihatdan mos va qulay qilib joylashtirish jarayonida;
•
yuk tashish bilan shugʻullanadigan korxonalar uchun yoʻl marshrutlari va
jadvallarini tuzish va aniqlashda;
•
avtomobil yoʻllarini quruvchi korxonalarga yangi trassa va yoʻllarni
loyihalashda eng maqbul variantni tanlashda;
•
geodemograflar uchun yangi savdo majmualarini barpo etish va ularga joy
tanlashda;
•
oʻrmonchilik korxonalari uchun oʻrmonlar holatini yangilash va rekreatsiya
parklarini barpo qilishda;
•
davlat fondidagi yerlarni toʻgʻri va oqilona hisoblashda;
Geoaxborot tizimining ilmiy
asoslari
35
1.7-rasm
. Geoaxborot tizimining qoʻllanilish sohalari
(Manba: Internet)
•
sayohatchilar uchun oʻzlariga maqbul mehmonxona, sayohat manzillari va
albatta, toʻgʻri yoʻnalish topishda;
•
fermerlar uchun yangi yerlarni oʻzlashtirishda,
yerlarning holatini
aniqlashda va ular toʻgʻrisida yetarli ma’lumot olishda juda qoʻl keladi.
Bundan tashqari, GAT ekologiya va atrof-muhitdan foydalanish, dengiz,
aviatsiya va avtomobil navigatsiya tizimida, shaharsozlikda, marketingda,
favqulodda vaziyatlarni boshqarish va rejalashda, sotsiologiya, politologiya hamda
boshqa sohalarda qoʻllaniladi.
GATning geodeziya va ayniqsa, kartografiya sohalarida qoʻllanilishidan bir
qancha yengilliklar kelib chiqadi. Bunda ish hajmi keskin ortib, ma’lumotlarni
qayta ishlash va bosmaga chiqarish kabi ishlarga sarflanadigan vaqt keskin
kamayadi. Bundan tashqari, ma’lumot olish bilan bogʻliq boʻlgan ishlar miqdor va
sifat jihatidan ortadi. Bunda hozirgi kunda mavjud zamonaviy geodezik asboblar,
jumladan elektron taxeometrlar, sun’iy yoʻldosh orqali obyektning
|