O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
REFERAT
MAVZU: GEOGRAFIK KARTA VA ATLASLARDAN FOYDALANISH USULLARI
BAJARDI:
QABUL QILDI:
MAVZU: GEOGRAFIK KARTA VA ATLASLARNI TASNIFI, TURLARI VA TIPLARI. Reja: 1. Geografik kartalarni tasnifi. Tasniflash prinsiplari………………………3 2. Kartalarni masshtabi va ularda tasvirlangan hudud maydoniga ko‘ra tasniflash………………………………………………………………………4 3. Kartalarni mavzusi (mazmuni) bo‘yicha tasniflash………………………5 4. Kartalarni ulardan foydalanish maqsadlariga ko‘ra tasniflash……………..8 5. Geografik kartalarni tiplari…………………………………………………8 6. Geografik atlaslar. Atlaslarni ta’rifi va tasnifi…………………………….10 7 Glossariy (Izohli lug‘at)………………………………………………….14 8 Adabiyotlar ro’yxati……………………………………………………..16
1.Geografik kartalarni tasnifi. Tasniflash prinsiplari Geografik kartalar g‘oyat ko‘p va xilma xildir. Kartalarni o‘rganish, hisobga olish, saqlash va boshqa maqsadlar uchun ular tasniflanadi. Kartalarni ilmiy asosda tasniflash ularni alohida turlariga xos bo‘lgan xususiyatlarni va qonuniyatlarni o‘rganishni osonlashtiradi. SHuningdek, u kartografik ishlab chiqarishni tashkil etishda o‘z aksini topadi va uni ishini samarali yo‘lga qo‘yishga yordam beradi; shuningdek u kartalarni kataloglarni tuzish, ularni kartalar saqlanadigan xonalarda sistemali ravishda joylashtirish va saqlash uchun zarur; va nihoyat, kartalar saqlanadigan joylar, masalan kutubxonalar uchun u ayniqsa muhim. Zero, tasniflash kerakli kartalarni tez axtarib topishni va ularni foydalanuvchilarga o‘z vaqtida etkazib berishni ta’minlaydi. Informatsion-kartografik xizmatga avtomatizatsiyani joriy etish uchun- barcha turdagi kartografik asarlar albatta tasniflangan bo‘lishi lozim. Geografik kartalarni tasniflashda ularda tasvirlangan hududning maydoni, kartaning masshtabi, mazmuni, maqsadi, matematik asosi, davri, nashr qilingan joyi, yili, tili va boshqa xususiyatlari asos qilib olinishi mumkin. Lekin ko‘rsatilgan belgilardan geografik kartalarni mazmuni va xarakterini belgilovchi dastlabki to‘rtta belgi ancha muhimdir. Har qanaqa ilmiy tasnif qator mantiqiy talablarni qoniqtirishi kerak.