Referat mavzu: geografik karta va atlaslardan foydalanish usullari bajardi: qabul qildi


Bir butun (yaxlit, bo‘linmas) asarlar sifatida atlaslarni xususiyatlari



Yüklə 25,04 Kb.
səhifə8/11
tarix18.04.2023
ölçüsü25,04 Kb.
#99747
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
AAAaa

Bir butun (yaxlit, bo‘linmas) asarlar sifatida atlaslarni xususiyatlari
Istagan geografik atlasni sifati avvalo uni to‘liqligi, mukammalligi va
ichki bir-butunligi
bilan aniqlanadi.
Atlas to‘liq hisoblanadi, qachonki uni maqsadi (vazifasi) va o‘ylab qo‘yilgan
asosiy mazmunidan (g‘oyasidan) kelib chiqqan holda unda barcha savol va
mavzular kerakli va etarli darajada yoritilgan bo‘lsa. Misol uchun Dunyoni tabiiy
geografik atlasini oladigan bo‘lsak, u holda bu nuqtai nazardan mazkur atlas
birinchidan, planetani barcha tabiiy geografik kartalarini o‘z ichiga olgan va
ikkinchidan, geografik muhitni barcha asosiy komponentlarini tavsiflagan bo‘lishi
lozim.
Atlasni mukammalligi deb, mavzularni sonini ko‘paytirishga intilish
kartalar sonini ortishiga yoki atlasni belgilangan hajmida kartalarni masshtabini
qisqartirishga olib keladi. SHu bilan birga ayrim mamlakatlarni kartalari va ayrim
mavzular yirik masshtablarni talab etishi mumkin. Ushbu qarama-qarshilikdan
chiqish yo‘lini topish uchun haqiqatan ham zarur mavzular qat’iy ravishda tanlab
olinishi va unchalik muhim ahamiyati bo‘lmaganlari tushirib qoldirishi, hamda
bitta kartada mavzular maqsadga muvofiq birlashtirilishi, minimal va shu bilan
birga etarli masshtablar tanlanishi lozim.
Atlasni ichki bir butunligi uni tarkibiga kiradigan kartalarni o‘zaro bir-birini
to‘ldirishini, bir-biriga muvofiqligini va taqqoslash qulayligini nazarda tutadi.
Bunga foydalaniladigan proeksiyalar va masshtablar sonini maqsadga muvofiq
tanlash va cheklash; bir-biriga bog‘langan (yaqin) kartalar uchun bir xil geografik
asos ishlatish; har xil kartalarni legendalarini ko‘rsatgichlar va detallilik jihatidan
bir-biriga moslash; generalizatsiya uchun ko‘rsatmalarni birligi; tasvirlash
usullarini va kartografik belgilar sistemasini, bo‘yoqlarni, shriftlarni o‘zaro birbiriga bog‘lash; kartalar mazmunini birorta ma’lum xarakterli muddatga
13
to‘g‘rilash; mavzu va kartalarni maqsadga muvofiq joylashtirish va albatta, atlasni
yaratish jarayonida atlasni har xil kartalarida tasvirlanadigan hodisalar o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqliklarni hisobga olish tufayli erishiladi.
Atlasni maqsadi (vazifasi) uni asosiy mazmunini, strukturasini va hajmini
belgilaydi.
Ko‘p atlaslar, ayniqsa mavzuli va kompleks atlaslar o‘z ichiga matnlarni.
jadvallarni va zarur spravochnik-statistik ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Zarur
ob’ektlarni topishni engillashtirish uchun atlaslarga geografik nomlar ko‘rsatkichi
ilova qilingan bo‘ladi.
14

Yüklə 25,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin