Referat mavzu: geografik karta va atlaslardan foydalanish usullari bajardi: qabul qildi



Yüklə 25,04 Kb.
səhifə5/11
tarix18.04.2023
ölçüsü25,04 Kb.
#99747
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
AAAaa

5.Geografik kartalarni tiplari
Kartalarni tiplariga ko‘ra tasniflashda, odatda, ularning mavzuini kengligi
(qamrovi), kartaga olinayotgan hodisalarni ilmiy tadqiq etish usullari, mazmunini
umumlashtirish darajasi, kartografik informatsiyani ob’ektivligi va amaliy
yo‘naltirilganligi asos qilib olinadi.
Kartalar mavzuining kengligi bo‘yicha umumiy va xususiy yoki sohaviy
kartalarga bo‘linadi. Umumiy karta(lar)da nisbatan ancha keng mavzu
tasvirlanadi. Masalan, umumiy iqlim kartasida asosiy meteorologik elementlarni
hammasi, chunonchi havo harorati, yog‘in-sochin, shamol va bosim to‘liq
tasvirlangan bo‘ladi. SHuningdek, umumiy sanoat kartasida sanoatni barcha
etakchi tarmoqlari (sohalari) berilgan bo‘ladi. Xususiy karta(lar)da esa ancha tor
mavzu tasvirlangan bo‘ladi. Masalan, xususiy iqlim kartasida yuqorida ko‘rsatilgan
asosiy meteorologik elementlarni har biri alohida-alohida tasvirlangan bo‘ladi.
«Sohaviy karta» termini ko‘proq sotsial-iqtisodiy mavzuda tuzilgan kartalarga
nisbatan qo‘llaniladi. Masalan. sanoatni, qishloq xo‘jaligini, transportni, xizmat
ko‘rsatishni alohida soha (tarmoq)larini tavsiflovchi kartalar. Mavzuini kengligi
tushunchasi va demak kartalarni umumiy yoki xususiyga kiritish ma’lum darajada
9
nisbiy hisoblanadi. Dehqonchilik kartasi, yoki alohida texnika ekinlari kartalari
qishloq xo‘jaligi kartasiga nisbatan sohaviy hisoblanadi, lekin qishloq xo‘jaligini
kartasini o‘zi esa xalq xo‘jaligini bir butun tasvirlagan kartalarga nisbatan sohaviy
karta sifatida qabul qilinishi mumkin va h.k.
Kartalar ularda tasvirlanayotgan hodisalarni ilmiy tadqiq etish usuliga bog‘liq
holda analitik va sintetik kartalarga bo‘linadi. Analitik kartalar hodisalarni
(jarayonlarni) ayrim tomonlarini yoki xususiyatlarini bu hodisalarni boshqa
tomonlari yoki xususiyatlari bilan aloqalarini va o‘zaro bog‘liqligini hisobga
olmagan holda butundan ajratib ko‘rsatadi. Havo xarorati, shamollar, yog‘insochinlar yoki balandlik mintaqalari, yon bag‘rlarning qiyaligi, parchalanib
ketganligi ana shunaqa kartalardir. Ular iqlimni, relefni ayrim xususiyatlarini
alohida qayd etadi.
Aksincha, sintetik kartalar kartaga olinayotgan hodisalar haqida to‘liq
tasavvur beradi, ularda ushbu hodisalarni o‘ziga xos komponentlari, xususiyatlari,
ichki va tashqi aloqalari hisobga olinadi hamda ularni integral tavsiflari beriladi,
lekin ularni har birini kartada alohida aniq va analitik tarzda ko‘rsatmaydi.
Landshaft kartalari, iqlim rayonlashtirish kartalari ana shunaqa kartalardir. Ularda
qator ko‘rsatkichlarni majmui asosida (harorat, yog‘in-sochinlar, ularni bir yillik
o‘zgarishi va boshqalar) iqlim oblastlari ajratiladi.
Hodisalarni bir qancha xususiyatlarini birgalikda yoki bir qancha o‘zaro
bog‘langan hodisalarni, lekin ularni har birini alohida o‘zini ko‘rsatkichida
ko‘rsatadigan kompleks kartalar alohida kategoriyani tashkil etadi. Bu, etish
mumkin, ko‘p sohaviy kartalardir. Masalan, sinoptik kartalar, topografik kartalar
va boshqalar.
Kartalar. ularni tuzishda foydalanilgan informatsiyani ob’ektivligi va amaliy
yo‘naltirilganligiga ko‘ra:
hujjatli kartalarga, xulosa chiqarish muayyan bir fikrga
kelish asosida tuzilgan xulosa kartalarga. shuningdek ularni gipotetik, tendensioz;
amaliy. baholash, tavsiyanoma va prognoz kartalari va boshqa kartalarga bo‘lish
mumkin.
10

Yüklə 25,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin