Glossariy (Izohli lug‘at) Karta - Yer yuzasini, boshqa osmon jismlarini yoki kosmik fazoni matematik aniq belgilangan, kichraytirilgan, umumlashtirilgan tasviri bo‘lib, u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida ularda joylashgan ob’ektlarni ko‘rsatadi. Ob’ekt -kartografiyada kartalarda tasvirlanadigan har qanday predmet, voqea, hodisa yoki jarayon. Geografik karta - Yerni yoki uni biror qismini yerning egriligini hisobga olib, ma’lum mtematik qoidalar asosida bir oz o‘zgartirib, kichraytirib, umumlashtirib qog‘ozga (tekislikka) tushirilgan tasviri (proeksiyasi) bo‘lib, u qabul qilingan shartli belgilar sistemasida unda joylashgan ob’ektlarni vaqt mobaynida o‘zgarishini, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni qo‘rsatadi. Umumgeografik karta- joyning barcha asosiy elementlarini tasvirlaydigan geografik karta bo‘lib, unda bu elementlar bir xil aniqlikda va mukammallikda ko‘rsatiladi. Umugeografik karta elementlari - matematik asos, kartografik tasvir, yordamchi jihozlar va boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar. Mavzuli karta - asosiy mazmuni tasvirlanadigan muayyan mavzu bilan belgilanadigan karta. Relef kartasida asosiy element relef bo‘lib, u aholi punktlari, yo‘llar va boshqalarga qaraganda ancha aniq va mukammal tasvirlanadi. Kartani geografik asosi- sohaviy, mavzuli va maxsus kartalar mazmunini umumgeografik qismi bo‘lib, ularni maxsus mazmunini tashkil etadigan elementlarini kartaga to‘g‘ri tushurish, fazoviy bog‘lash va kartadan foydalanish vaqtida orientirlashga xizmat qiladi. Legenda - karta mazmunini ochib beradigan barcha shartli belgilar va izohlar tizimi.