Birinchidan-umumiy tushunchadan xususiy tushunchaga o‘tishda (keng tushunchani ancha tor tushunchalarga bo‘lib yuborishda darajama-daraja borish) ketma-ketlik bo‘lishi shart. Ikkinchidan-tasnifni har bir pog‘onasida bo‘lishni ma’lum aniq belgisini qo‘llash zarur. Uchinchidan-keng tushunchani ancha tor tushunchalarga bo‘lgan paytda, ularni umumiy yig‘indisi keng tushunchani hajmiga mos kelishi kerak. Tasnifni har bir pog‘onasida ajratilgan guruhlar, o‘zaro bir-biridan aniq farqlanishi kerak. Lekin, tasnif qancha maydalansa amalda bu talabni amalga oshirish shuncha qiyinlashib boradi. Hamma turdagi kartografik asarlarni to‘plovchi va ularni saqlovchi muassasalar, dastlab ularni shakliga (formatiga, bichimiga) ko‘ra guruhlarga ajratadi, bunda geografik kartalar, atlaslar, relef kartalari, va globuslar alohida tasniflanadi. Turgan gap, kartografiyani rivojlanishi bilan geografik kartalarni tasnif qilish ham o‘zgarib takomillashib boradi. 2. Kartalarni masshtabi va ularda tasvirlangan hudud maydoniga ko‘ra tasniflash. Geografik (umumgeografik) kartalar masshtabining yirik-maydaligiga qarab qo‘yidagi uchta guruh kartalarga bo‘linadi. -yirik masshtabli (masshtabi 1:100 000 va undan yirik). -o‘rta masshtabli (masshtabi 1:200 000 dan 1:1 000 000 gacha). -mayda masshtabli (masshtabi 1:1 000 000 dan mayda). Masshtabi 1:100 000 va undan yirik bo‘lgan umumgeografik kartalar
topografik kartalar deyiladi. Bu kartalarda hudud topografik jihatdan aniq va mukammal tasvirlanadi. SHuning uchun ham topografik kartalar hududni aniq va mukammal o‘rganish hamda tekshirish, turli inshootlar qurish, shuningdek, aniq o‘lchash va hisoblash ishlarida, joyda orientirlashda keng qo‘llaniladi. Masshtabi 1:200 000 dan 1:1 000 000 gacha bo‘lgan umumgeografik
kartalar obzor topografik kartalar deb ataladi. Bu kartalarda hudud topografik kartalarga qaraganda birmuncha umumlashtirib tasvirlanadi. Ulardan iqtisodiyotni rivojlantirish rejalarini va loyihalarini tuzishda, yirik qurilish inshootlarini joylarini belgilashda, hududni dastlabki o‘rganishda keng foydalaniladi. Obzor topografik kartalar hududni geografik jihatdan o‘rganish, geografik rayonlashtirish, shu karta masshtabida turli xil mavzuli va maxsus kartalar hamda mayda masshtabli obzor kartalar va atlaslar tuzishda asos sifatida, harbiy ishlarda, chunonchi turli operativtaktik masalalarni hal qilishda qo‘llaniladi. Masshtabi 1:1 000 000 dan mayda bo‘lgan umumgeografik kartalar obzor kartalar deyiladi. Bu kartalarda hudud topografik jihatdan ancha umumlashtirib 5 tasvirlanadi. SHuning uchun ham ular hudud to‘g‘risidagi umumiy ma’lumotlarnigina bera oladi. Kartalar ularda tasvirlangan hudud maydoniga ko‘ra dunyo, yarim sharlar. materiklar (qit’alar), okeanlar, dengizlar, alohida davlatlar kartalari va boshqa kartalarga bo‘linadi. Tabiiy geografik, iqtisodiy geografik va ma’muriy-hududiy tamoyillarga (bo‘linishga) ko‘ra har bir davlat yoki materik kartalarini yana guruhlarga ajratish mumkin. Masalan, materiklarning tabiiy geografik rayonlari kartasi, alohida davlatlarning tabiiy-geografik rayonlari kartasi bunga misol bo‘la oladi. Farg‘ona, CHirchiq-Ohangaron, Mirzacho‘l, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Qizilqum, Ustyurt va Qo‘yi Amudaryoning kartalarini O‘zbekistonning tabiiy-geografik rayonlari kartalariga misol qilib ko‘rsatish mumkin. Toshkent, Mirzacho‘l, Samarqand. Farg‘ona, Buxoro-Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va quyi Amudaryoning kartalarini O‘zbekistonning iqtisodiy-geografik rayonlari kartalariga misol qilib ko‘rsatish mumkin. Dunyo okeani kartalari ham dastlab okeanlar yoki ularni havzalari va so‘ngra alohidadengizlar, qo‘ltiqlar va bo‘g‘ozlar kartalariga bo‘linadi. Alohida davlatning ma’muriy-hududiy bo‘linishi kartalariga misol qilib O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ma’muriy viloyatlar va rayonlar (tumanlar) kartalarini ko‘rsatsa bo‘ladi.