Ijtimoiy hodisalar kartalari: -aholi; -iqtisodiy (xalq xo‘jaligi); -sotsial-infrastruktura; -siyosiy-ma’muriy; -tarixiy va boshqa shu kabi ijtimoiy-iqtisodiy ob’ekt yoki hodisalar tasvirlangan kartalar. So‘ngra yuqoridagi turlar xillarga bo‘linadi, masalan, geologik kartalar quyidagi xillarga bo‘linadi: -stratigrafik; -tektonik; -litologik; -to‘rtlamchi davr yotqiziqlari; -gidrogeologik; -geoximik; -foydali qazilmalar; -seysmik; -vulkanizm va boshqalar. Sotsial-infrastruktura kartalari quyidagi xillarga bo‘linadi: -ta’lim; -fan; -madaniyat; -sog‘liqni saqlash; -fizkultura va sport; -turizm; -maishiy va kommunal xizmat ko‘rsatish va boshqalar. 8 4. Kartalarni ulardan foydalanish maqsadlarga ko‘ra tasniflash Kartalarni maqsadi ularni masshtabiga, mazmuniga va rasmiylashtirish (jihozlash) usuliga katta ta’sir ko‘rsatadi. Buni bitta hududni bir xil masshtabli va mazmunli, lekin har xil maqsadli umumgeografik yoki siyosiy-ma’muriy kartalarni bir-biriga taqqoslasak yaqqol ko‘ramiz. Kartalarni ulardan foydalanish maqsadlariga ko‘ra: o‘quv kartalari, ilmiyma’lumotnoma kartalar, targ‘ibot va tashviqot, operativ xo‘jalik, navigatsiya, kadastr, yo‘l, loyiha, turistik va boshqa kartalarga bo‘lish mumkin. Kartalarni ulardan foydalanish maqsadlariga ko‘ra tasnifiga maxsus kartalarni ham kiritishadi. Maxsus kartalar ma’lum doiradagi foydalanuvchilarga va ma’lum vazifalarni echimiga mo‘ljallangan bo‘ladi. Masalan, dengiz va daryo navigatsiya kartalari, aeronavigatsiya kartalari, loyiha kartalari va boshqalar.