Ta’lim asoslari fanidan 1-mustaqil topshiriq



Yüklə 27,77 Kb.
səhifə1/5
tarix18.05.2023
ölçüsü27,77 Kb.
#116070
  1   2   3   4   5
Dilnoza ta\'lim asoslari


TA’LIM ASOSLARI FANIDAN
1-MUSTAQIL TOPSHIRIQ


Tayyorladi: Komilova Dilnoza


Mavzu: Umumiy oʻrta taʼlim mazmuni tanlab olish tamoyillari va mezonlari


Reja:
1.Ta’lim mazmuni tushunchasining umumiy xususiyatlari.
2.Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari.
3.Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar.
Ta’lim mazmunini tanlab olishga umumiy yondashuvlar:

Umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim mazmunini tanlab olish tamoyil va me`zonlari. Maktab ta’limi mazmunini shakllantirish quyidagi umumiy tamoyillarga muvofiq amalga oshiriladi:


1. Ta’lim mazmunining barcha elementlari barcha bosqichlarda jamiyat, fan, madaniyat va shaxs rivojlanishi talablariga mos bo’lishi tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmuniga an’anaviy bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar bilan birga jamiyatning rivojlanganligi, ilmiy bilim, madaniy hayot darajasi va shaxsning rivojlanish imkoniyatlarini aks ettiruvchi fanlarni kiritishni talab etadi.
2. Ta’limning yagona mazmunli va protsessual tomoni tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmunini tanlashda bir tomonlama ilmiy yo’nalishni rad etadi. U aniq bir o’quv jarayonini amalga oshirish bilan bog`liq pedagogik haqiqatni hisobga olishni ko’zda tutadi. Bu umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim mazmunini loyihalashtirishda uni berish va o’zlashtirish tamoyillari hamda texnologiyasi, o’zlashtirish darajasi va u bilan bog`liq harakatlarni hisobga olish kerakligini anglatadi.
3. Ta’lim mazmunining yaxlit tuzilishi tamoyili. Bu tamoyil ta’lim tizimining turli bosqichlarida nazariy bilimlarning berilishi, o’quv fani, o’quv materiali, pedagogik faoliyat, o’quvchi shaxsi kabi tashkil etuvchilarining o’zaro mosligini ko’zda tutadi.
Oxirgi yillarda ta’lim mazmunini tanlash gumanitarlashtirish va fundamentallashtirish kabi tamoyillar yetakchi o’rin egallamoqda. Bu umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim shaxsning insonparvarlik madaniyatini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishini anglatadi. Insonparvarlik madaniyati birinchi navbatda bilim, hissiyotlar madaniyati, muomala va ijodiy harakatlar uyg`unligidir.
4. Ta’lim mazmunini insonparvarlashtirish tamoyili. Bu tamoyil birinchi navbatda o’quvchilarning umuminsoniy va milliy madaniyatni faol ijodiy va amaliy o’zlashtirishlari uchun sharoitlar yaratish bilan bog`liqdir. Buning uchun gumanitar g`oyalar umumiy ta’lim mazmuniga
singdirilishi kerak. Bu esa o’z navbatida gumanitar va tabiiy-ilmiy fanlarning o’zaro bog`liqligi va o’zaro munosabatlari tamoyilining o’zgartirilishini talab etadi, uning asosini shaxsga e’tibor qaratish tashkil etishi zarur.
5. Ta’lim mazmunini fundamentallashtirish tamoyili ta’limni gumanitarlashtirishdagi to’siqlarni yo’qotishga imkon beradi (an’anaviy pedagogikada uni ilmiylik, tushunarlilik va tarixiylik tamoyili sifatida qaraladi). U gumanitar va tabiiy-ilmiy bilimlarni birlashtirish, ketma- ketlikni o’rnatish va fanlararo aloqalarni o’quvchilarning idrok etish va amaliy faoliyat metodologiyasi mohiyatini anglab yetishlariga tayanishni talab etadi.
6. Ta’lim mazmunining ketma-ketligi tamoyili, bu tamoyil ta’lim mazmunini o’sib boruvchi yo’nalishda rejalashtirishdan iborat bo’lishini anglatadi, bunda birinchi navbatda har bir yangi bilim avvalgisiga tayanadi va undan kelib chiqadi.
7. Ta’limning mazmuni muntazamligi tamoyili. Ushbu tamoyil o’rganilayotgan bilimlar va shakllantirilayotgan malakalarni yagona tizimdagi o’rni, umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim, barcha o’quv kurslari va yaxlit mazmunning bir-biriga hamda umuminsoniy, milliy madaniyat tizimiga kiruvchi tizim sifatida ko’rishni ko’zda tutadi.
8. Ta’lim mazmunining o’quvchilar yoshlari imkoniyatlariga mosligi tamoyili o’quvchilarning yosh darajasi va tayyorgarligini ko’zda tutadi. Ularga o’zlashtirish uchun u yoki bu bilimlar va malakalar tizimi o’zlashtirish uchun taklif etiladi.
Umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’limning mazmunini shakllantirish ko’rib chiqilgan tamoyillarini zamonaviy o’rta maktablar va akademik litseylari uchun tanlab olish quyidagi mezonlar bo’yicha amalga oshiriladi:

erkin fikrlovchi shaxsning rivojlanishi va uning madaniyatini shakllantirish masalalari mazmunini yaxlit aks ettirish;


ilmiy va amaliy ahamiyati;


ta’lim mazmunining murakkabligi, o’quvchilar imkoniyatlarining mavjud o’quv dasturlariga mosligi;


ta’lim hajmining uni o’rganishga ajratiladigan vaqtga mosligi;


maktab hamda litseylar bazasining zamonaviy talablarga javob berishi;


umumiy o’rta ta’lim mazmunini qurishda xalqaro tajribalarni hisobga olish.


1.Ta’lim mazmuni tushunchasining umumiy xususiyatlari. Ta’lim mazmuni tushunchasi. Ta’lim mazmuni deganda o‘quvchilarning egallashi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetentsiyalarning aniq belgilangan hajmi va ko‘lami tushiniladi.


Ta’lim mazmuni tarkibida quyidagilar aks etadi:
1.olam va inson haqidagi bilimlar;
2.faoliyatni amalga oshirish usullari; ijodiy faoliyat tajribasi;
3.atrof-muhitga emotsional-faoliyat tajribasi.
Ta’lim mazmuni takomillashib borish tavsifiga ega bo‘lib, uni aniqlovchi asosiy omillarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1.jamiyatda fan, texnika va madaniyatning rivojlanganlik darajasi;
2.jamiyat tomonidan qo‘yiladigan ijtimoiy buyurtma;
3.ta’limninq maqsad va vazifalari;
4.innovatsion rivojlanish darajasi;
5.axborotlarning hajmi va ko‘lami;
6.o‘quvchilarning yosh xususiyatlari.
Zamonaviy sharoitda fan va texnika rivoji ta’lim va uning natijalariga qo‘yiladigan talablarni tubdan o‘zgartirishni talab etmoqda va ana shu asosdan kelib chiqqan holda ta’lim mazmunini modernizatsiyalashni davrning o‘zi pedagoglarning oldiga muhim vazifa qilib qo‘ymoqda. Hozirgi vaqtgacha ta’lim mazmunini loyihalash tizimli-faoliyatli yondashuvga asoslangan bo‘lsa, umumiy o‘rta ta’lim maktablarining maqsadini o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirish tarzidan o‘z-o‘zini rivojlantirishga qaratilgan kompetensiyalarni kompetentli-faoliyatli yondashuvga asoslanishdan kelib chiqqan holda belgilash talab etilmoqda. Chunki umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etilayotgan o‘quv-tarbiya jarayonining mohiyati o‘quvchilarning ehtiyojlari va qobiliyatlarini rivojlantirish emas, balki o‘quv fanlari bo‘yicha asosan bilimlarni axborot-verbal tarzda yetkazish, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat bo‘lib qolmoqda. Bunday reproduktiv tarzda o‘zlashtirilgan ma’lumotlar o‘quvchining amaliy faoliyat tajribasini rivojlantirishga yetarlicha imkon bermaydi. Oqibatda o‘quvchilarda juda ko‘p axborotlarning behuda jamg‘arilayotganligi, ta’limning samarasi past bo‘lishi va uning real voqelikka mos kelmasligi kabi tafovutlar ko‘zga tashlanmoqda. Aniqrog‘i, o‘quvchi real hayotdan uzoqlashib qolgandek, uning oldiga faqat ilgaridan to‘plangan axborotlarnigina o‘zlashtirish maqsadi qo‘yilgandek tuyuladi. Ta’limning maqsadini bunday tarzda belgilash o‘quvchining faolligini cheklab qo‘yadi, oqibatda uning ham shaxsiy, ham ijtimoiy jihatdan anglangan ma’nosi yo‘qoladi.
Bunday muammoli vaziyatdan chiqishning yagona yo‘li umumiy o‘rta ta’limda yangicha, ya’ni kompetent yondashuvni joriy etishdir. Albatta, umumiy o‘rta ta’lim tizimiga kompetent yondashuvni joriy etish, eng avvalo, uni ilmiy jihatdan har tomonlama chuqur o‘rganishni taqozo etadi. Garchi umumiy o‘rta ta’lim uchun kompetent yondashuvni fenomen sifatida talqin etish mumkin bo‘lsada, u pedagogika fanida chuqur anglab yetilganligi va o‘z o‘rniga ega ekanligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda ta’limga doir muammolarni tahlil etishda «kompetensiya», «kompetentlik», «tayanch kompetensiyalar» kabi atamalardan keng foydanilmoqda. Pedagogik hamjamiyatda kompetensiya va kompetentlik, ulardan qaysi biri tanyach (universal) hisoblanishi, ularni shakllantirish va baholash usullarini aniqlash jarayoni jadallik bilan bormoqda, mazkur tushunchalarni aniqlashtirish bo‘yicha qizg‘in munozaralar davom etmoqda.
Kompetent yondashuv o‘quvchidan alohida-alohida bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni emas, balki ularni yaxlitlikda egallashni talab etadi. Mazkur talab bilan bog‘liqlikda o‘z navbatida o‘qitish metodlarini tanlash tizimi ham o‘zgarishga uchraydi. O‘qitish metodlarini tanlash va amaliyotda qo‘llash o‘z navbatida ta’lim jarayonida qo‘yiladigan talablarga muvofiq keladigan kompetensiya va funktsiyalarni takomillashtirishni talab etadi.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, kompetent yondashuv umumiy o‘rta ta’limni modernizatsiyalash nuqtai nazaridan yangi pedagogik voqelik hisoblanadi. Mazkur yondashuv doirasida amaliy faoliyat tajribasi, kompetensiya va kompetentlikni didaktik birliklar sifatida ko‘rib chiqish hamda ta’limning an’anaviy uch elementi (triada) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka»ni oltita birlik (sikstet) - «Bilim - Ko‘nikma - Malaka - Amaliy faoliyat tajribasidir.
Ta’lim mazmunining rivojlanishida ko’zga tashlanayotgan zamonaviy tendensiyalaridan biri uni standartlashtirish (davlat miqyosida yagona qoidalar va talablar o’rnatilishi) hisoblanadi. Standartlashtirishda quyidagi ikki omil muhim ahamiyatga ega:

  1. turli ta`lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning umumiy o’rta, o’rta maxsus, kasb-hunar bilimlar hajmining bir xillik darajasinita`minlovchi mamlakatda yagona pedagogik muhitni yaratish zarurligi;

  2. O’zbekistonning jahon hamjamiyati tizimiga kirishi natijasida xalqaro ta’lim amaliyotida umumiy o’rta va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi mazmunini rivojlanishi tendensiyalarining hisobga olinishi.

Davlat ta’lim standarti:

  1. ta’lim olish shaklidan qat`iy nazar bitiruvchilar erishishlari kerak bo’lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat;

  2. o’quv fani bo’yicha yakuniy ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat;

  3. ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o’quvchilar tomonidan bajariladigan o’quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo’yiluvchi talablarni belgilaydi.

O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g`risida»gi Qonuni bilan bir qatorda ta’lim standarti asosiy me`yoriy hujjat hisoblanadi. «Standart» ingliz tilidan tarjima qilinganda «me`yor», «namuna», «andoza», «model» ma`nolarini anglatadi. Standart yordamida, respublika miqyosidagi turli ta`lim muassasalarida ta’limning barqarorlik darajasini ta`minlashga erishiladi, o’quv ishlari normativlari moslashtiriladi, o’quvchilarning bilimlarini baholash mezonlari ishlab chiqiladi. O’quvchi davlat tomonidan belgilangan ta’lim standarti bilan cheklanishi mumkin, yoki bilimlarni yanada chuqurroq egallab olish maqsadida mustaqil shug`ullanish imkoniyatiga ega. Uning uchun qiyin bo’lgan yoki qiziqarli bo’lmagan fanni o’rganishda o’quvchiga standartga kiritilgan normativ minimum bilan cheklanish imkoniyati beriladi.
Ushbu holatda, o’quvchi o’ziga mos keladigan ta’lim yo’lini anglagan holda va mustaqil tanlab, o’z qiziqishlari, istagi, qobiliyatlari va intilishlarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo’ladi. Shakli va mazmuni bo’yicha tushunarli ifoda etilgan standart talablari oldindan o’quvchilarga va ularning ota-onalariga yetkaziladi.
Ta’limni standartlashtirish dunyoning rivojlangan mamlakatlarida, mukammal ravishda o’quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish, ta’limning ma`lum darajasini belgilash bilan amalga oshiriladi. Ammo «standart» termini o’zi ta’limga nisbatan yaqin davrlardan qo’llanila boshlangan. Davlat ta’lim standartlari ta’lim sifatini oshirishga imkon beradi. Ular ta’lim mazmuni minimal hajmini qayd etish va ta’lim darajasining quyi chegarasini belgilab beradi.
Ta’lim standartini kiritishdan avval bunday majburiy qoidalar mavjud emas edi. O’zlashtirishning aniq belgilangan chegaralari yo’qligi XX asrning 80-yillarida ko’pchilik bitiruvchilarning haqiqiy bilim darajalari juda past bo’lishiga olib keldi.
Davlat ta’lim standartlarini yaratish bo’yicha ishlar O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g`risida»gi Qonuni (1992-yil) qabul qilingandan keyin boshlandi. Mazkur hujjatning 6-bandida jahon ta’limi amaliyoti me`yorlariga mos keluvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish zarurligi ta`kidlab o’tiladi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida (1997-yil) O’zbekiston Respublikasining yangi tahriridagi «Ta’lim to’g`risida»gi Qonuni qabul qilingandan so’ng ta’lim dasturlari yangi avlodi yaratildi. Jahon amaliyoti tajribasi asosida yaratilgan ta’lim standartlari har bir fan bo’yicha o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilimlarning minimal darajasini belgilashga imkon berdi.
Davlat ta’lim standartlari tarkibiy tuzilishiga ko’ra quyidagilardan iboratdir:
1. Ta’limning yangi yoki aniqlashtirilgan maqsadlari, fanning o’rganish obyektlari va asosiy mazmunli yo’nalishlari ko’zda tutiladigan o’quv fanining umumiy ta`rifi.
2. O’quv fanining mazmuni, tayanch (invariant) darajasini tasvirlash.
3. Ta’limning majburiy natijalarini ifodalash, ya`ni o’quvchilarning o’quv tayyorgarliklari zarur bo’lgan minimal darajasiga talablar.
4. Bilim, ko’nikma va malakalarga qo’yiluvchi talablar, bu ularning majburiy tayyorgarliklari darajasining «o’lchamidir», ya`ni, tekshirish ishlari, testlar va alohida topshiriqlarni bajarishlariga qarab o’quvchilar tomonidan talablarning majburiy darajasiga erishilganligi haqida fikr yuritish mumkin bo’ladi.
O’quv dasturi— muayyan o’quv fani bo’yicha bilim, ko’nikma va
malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni o’rganilishi bo’yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o’rganilish darajasini yorituvchi me`yoriy hujjat.
Dasturda o’quv materialining ta’limning har bir yili va har bir sinf, kurs bo’yicha taqsimlanishi tuzilishi asoslab berilgan. Dasturda ko’rsatilgan bilim, malaka va ko’nikmalarni o’quvchilar tomonidan to’la o’zlashtirilishi o’qitish jarayoni muvaffaqiyatliligi va samaraliligi mezonlaridan biri hisoblanadi.
O’quv dasturlari namunaviy. ishchi va mualliflik bo’lishi mumkin.
Namunaviv o’quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’lim standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. O’quv dasturlari quyidagilardan iborat bo’ladi:

  • ushbu fanni o’rganish maqsadlari, o’quvchilarning bilim va malakalariga asosiy talablar, o’qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati;

  • o’rganilayotgan materialning tematik mazmuni;

  • kursning alohida savollarini o’rganishga o’qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi;

  • dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari ro’yxati;

  • fanlararo va kurslararo bog`liqlikni amalga oshirish bo’yicha ко’rsatmalar;

  • o’quv uskunalari va ko’rgazmali qo’llanmalar ro’yxati;

  • tavsiya etiladigan adabiyotlar.

Namunaviy o’quv dasturlari Xalq ta’limi hamda Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari tomonidan tasdiqlanadi, tavsiyanoma xususiyatiga ega bo’ladi. Namunaviy dastur asosida maktab, akademik litsey pedagogik kengashi tomonidan ishchi o’quv dasturlari ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Namunaviy dasturdan farqli ravishda ishchi dasturda regional komponenti ta`riflanadi, o’quv jarayonini metodik, informatsion, texnik ta`minlash imkoniyati, o’quvchilarning tayyorgarligi darajasi hisobga olinadi.
Mualliflik o’quv dasturlari davlat standart talablarini hisobga olgan holda o’quv fanini qurilishi boshqacha mantiqidan iborat bo’lishi, u yoki bu nazariyalarni o’rganishga mualliflik yondashuvi, o’rganilayotgan hodisa va jarayonlarga nisbatan mualliflik nuqtayi nazarini aks ettirishi lozim. Bunday dasturlar ushbu fan sohasida pedagog, psixolog, metodistlarning tashqi retsenziyalariga ega bo’lishi kerak va ular mavjud bo’lganida maktab, akademik litsey hamda kasb-hunar kollejlarining Pedagogik Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Mualliflik o’quv dasturlari o’quvchilarning erkin tanlovi bo’yicha (majburiy va fakultativ) kurslar tashkil etishda keng foydalaniladi.
Наr bir metod ma`lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo’lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuisidan foydalanish mumkin.
Ta’lim metodlarini tanlash quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:

  • didaktik maqsad asosida;

  • ta’lim mazmuni asosida;

  • o’quvchilarning o’quv ko’nikmalarini egallash va rivojlanish darajasi asosida;

O’qituvchi tomonidan qo’llanilayotgan ta’lim metodlari majmuasi boshlang`ich sinflardan yuqori sinflariga o’tish asosida o’zgarib hamda murakkab xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlari qo’llash chastotasi oshsa, ayrim metodlarini qo’llashga bo’lgan ehtiyoj kamayadi. Ta’lim metodlaridan foydalanish ko’lami, holati o’qituvchining kasbiy tayyorgarligi va mahorati darajasini bog`liq holda o’zgaradi.
Didaktikada munozaralariga sabab bo’layotgan yana bir muhim obyekt ta’lim metodlarining tasnifidir. «Ta’lim metodlari tasnifi ularning ma’lum belgilari bo’yicha tartibini ifodalovchi tizimdir. Hozirgi vaqtda o’nlab ta’lim metodlari ma`lum», — ekanligini ta`kidlagan holda I.P.Podlasiy fikrini quyidagicha davom ettiradi, — «Biroq bugungi kunda yetakchi sanaluvchi didaktik g`oya yagona va o’zgarmas metodlar majmuini yaratishga intilish samarasiz ekanligini tushunishga yordam beradi. O’qitish — favqulodda harakatchan, dialektik jarayon. Metodlar tizimi ham bu harakatlanishni aks ettiradigan darajada jo’shqin bo’lishi, metodlarni qo’llash amaliyotidagi doimiy o’zgarishlarni hisobga olishi kerak»1.
Ta’lim metodlarini tanlash muammosi uzoq davrdan buyon tadqiq qilib kelinmoqda. Biroq tadqiqotlar soni ko’p bo’lsada, bu borada yagona to’xtamga kelinmagan. Ushbu o’rinda, ta’lim amaliyotida qo’llanilib kelayotgan metodlar tizimi (tasnifi)ga to’xtalib o’tamiz.
Ta’lim metodlarining tasnifi asosiy didaktik maqsadlar bo’yicha tizimlashtiriladi.

Yüklə 27,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin