Ta’lim asoslari fanidan 1-mustaqil topshiriq



Yüklə 27,77 Kb.
səhifə2/5
tarix18.05.2023
ölçüsü27,77 Kb.
#116070
1   2   3   4   5
Dilnoza ta\'lim asoslari

O’qitish metodlarining ko’plab imkoniyatlari mavjud bo’lganligi uchun, ularni bir nechta asoslarga ko’ra guruhlash mumkin:
O’qitish metodlarini ularning uzatish manbalari va
axborotlarni qabul qilish xarakteriga ko’ra guruhlash (so’z
vositasida o’qitish, ko’rgazmali va amaliy o’qitish metodlari) mumkin ( S.I.Petrovskiy, Ye.Ya.Golant).
O’qituvchi hikoyasini reproduktiv tarzda qo’yganda faktlar, dalillar, tushunchalarni aniq tayyor holda shakllantiradi, asosiylariga e’tibor beradi va ularning puxta o’zlashtirilishini ta’minlaydi.
Ma`ruza vaqtida o’qituvchi eng muhim tushuncha, ilmiy ma`lumotlarga alohida e’tibor beradi, doskada alohida yozuvlar tashkil qiladi.
Reproduktiv tarzda tashkil etilgan suhbat jarayonida o’qituvchi o’quvchi ilgari egallagan faktlar, bilimlarga tayanadi, lekin qandaydir taxmin, g`oyani muhokama qilishni tashkil etmaydi.
Ko’rgazmali reproduktiv metod axborotlarning o’quvchi tomonidan faol va puxta o’zlashtirilishini tashkil etish maqsadida qo’llaniladi. Bunga V.F.Shatalov tomonidan foydalanilgan tayanch konspektlari misol bo’la oladi. Undan o’quvchi izchillik bilan eslab qolishi kerak bo’lgan yorqin faollashtiruvchi raqam, so’z va chizmalar o’rin egallagan.
Reproduktiv xarakterdagi amaliyot ishlari shu tomoni bilan ajralib turadiki, bunda o’quvchilar oldingi bilimlarni mustaqil amaliyotga tatbiq etish bilan shug`ullanmay, oldingi egallangan ko’nikma va malakalarni bir necha bor takrorlashni mashq qiladi.
Umuman olganda, o’qituvchining reproduktiv metodi o’quvchilarda tafakkur, mustaqillik, ixcham fikrlash, izlanuvchanlik ko’nikmalari shakllanishiga yordam bermaydi. Ushbu metodni ortiqcha qo’llash bilimlarni egallashda formalizmga olib keladi.
O’zlashtirilgan bilimlarning mustahkam bo’lishiga ularni ko’p marta takrorlash evaziga erishiladi. Mazkur metod ta’limning barcha bosqichlari, asosan, boshlang`ich sinflarda o’qish va yozish, arifmetik harakatlarni amalga oshirish ko’nikmalarini o’zlashtirishda muhim o’rin tutadi.

Yüklə 27,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin