Muammoli ta’lim konsepsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat», «muammo», «muammoni to’lish» kabilar hisoblanadi. Chizmadan anglanadiki muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko’rinishi hisoblanib, o’zida subyektning aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi, uni bartaraf etish yangi bilimlar, usullar va harakat ko’nikmalarlni o’zlashtirishni taqozo etadi. Agar o’quvchida qiyinchiliklarni yo’qotish yo’llarini izlab topish uchun boshlang`ich ma`lumotlar bo’lmasa, shubhasiz, muammoli vaziyat yechimini u qabul qilmaydi, ya`ni, muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muammo mohiyatini tushunib yetilishi, ifodalanishi, mavjud bilim va ko’nikmalar majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo muammoli vaziyatni o’zida namoyon etadi, biroq, barcha muammoli vaziyat muammoga aylanavermaydi.
Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo yechimini topishga yordam beruvchi yo’nalishlar ko’rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir. Muammoda yechimning qandaydir parametrlari ko’rsatilsa, u muammoli masala hisoblanadi. Har qanday muammoli topshiriq ma`lum muammoni, demak, muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq, yuqorida ta`kidlanganidek, barcha muammoli vaziyat muammo bo’la olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal yetadi. Agar uning oldida muammo paydo bo’lsa, uni muammoli masalaga aylantiradi, ya`ni, uning yechimi uchun o’zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma`lum ko’rsatkichlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda
u boshqa ko’rsatkichlarni qidiradi va shu muammo bo’yicha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi.
O’quv fani ta’lim muassasalarida o’quvchilarning yosh, idrok etish imkoniyatlariga muvofiq ularga muayyan fan sohasi bo`yicha umumiy yoki mutaxassislik bilimlarini berish, ko’nikma va malakalani shakllantirishni ta`minlovchi manbadir.
O’quv fanining mazmuni har bir pedagog tomonidan ixtiyoriy belgilanmaydi, balki ijtimoiy hodisa sifatida ta`limning tarixiy rivojlanishi davomida ishlab chiqiladi. O’rta maktab, akademik litsey va kasb- hunar kolleji o`quv fanlarini ilmiy bilimning umumiy tuzilishiga mos ravishda shakllantirish kerak deb hisoblovchi nuqtayi nazar eng keng tarqalgan va tan olingan hisoblanadi.
O’quv rejasi— me`yoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:
o’quv yili, chorak (semestr)lar va ta`tillarning davomiyligi;
ushbu ta’lim muassasasida o’rganiladigan o’quv fanlari tartibi;
o’qish yillari bo’yicha fanlarni taqsimlash;
har bir fan bo’yicha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni o’rganishga ajratilgan soatlar hajmi;
har bir fanni o’rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;,
praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi.
O’quv rejasida, yana shuningdek, aniq bir o’quv muassasasi xususiyatlarini aks ettiruvchi, o’quvchilarning erkin tanlovi bo’yicha fakultativ va majburiy mashg`ulotlar aks ettiriladi.