Angren universiteti mustaqil ish



Yüklə 193,81 Kb.
səhifə1/3
tarix08.04.2023
ölçüsü193,81 Kb.
#95132
  1   2   3
Baholashning turlari, tamoyillari va mezonlari




ANGREN UNIVERSITETI

MUSTAQIL ISH


Mavzu: “Baholashning turlari, tamoyillari va mezonlari”
Bajardi: Irisboyeva M.


Guruh: 108 BT


Tekshirdi: Qurbonova M.


Angren 2023


MAVZU. Baholashning turlari, tamoyillari va mezonlari
Reja
1. O’quvchilarni baholashning turlari va tamoyillari.
2. O’quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash mezonlari.
3. Testning qisqacha tarixi va uning mamlakatimizga kirib kelishi


1. O’quvchilarni baholashning turlari va tamoyillari.
Pedagogika-psixologiya fani bilimlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta vazifasi borligini alohida uqtiradi:
1. O’zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga harab davlat ta’lim standartlari qanday bajarilayotganligi nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.
2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o‘quvchilarda bilimlar yanada kengayadi. Bu bilan ta’lim muassasalari oldida turgan ta’limiy maqsad bajariladi.
3. Ta’lim sohasida yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ta’sir ko‘rsatadi, ularda ko‘tarinki ruh, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va qiziqish paydo bo‘ladi. SHuning uchun ham ta’lim natijalarini nazorat qilish va baholash ta’lim tizimining ajralmas qismidir.

Ana shu vazifalardan kelib chiqib o‘quvchilar o‘quv faoliyatini hisobga olishning bir qator shakl va metodlari asoslangan.


Har bir fan bo‘yicha o‘quvchining o‘quv faoliyatini nazorat qilish va baholash chorak yoki yarim yillik davomida muntazam ravishda olib boriladi va quyidagi nazorat turlari orqali baholanadi:
 joriy nazorat;
 oraliq nazorat;
 yakuniy nazorat.

Joriy nazorat – bu ta’lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli. Bu nazorat o‘qituvchi tomonidan o‘tkazilib, o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash fanning har bir mavzusi bo‘yicha kundalik ballar qo‘yib borishni nazarda tutadi.


Oraliq nazorat o‘quvchilar tomonidan o‘quv materialining muayyan bob yoki bo‘limlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.25

Yakuniy nazorat – ta’lim oluvchilarning chorak yoki yarim yillik uchun belgilangan o‘quv materiallari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli bo‘lib, o‘rganilgan mavzular bo‘yicha yozma, og‘zaki, test shaklida o‘tkaziladi.


O’quvchilarning faoliyatini hisobga olish metodlari og‘zaki, yozma, test hamda amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan bo‘lishi mumkin.
Og‘zaki tekshirish. Bu metod bilimlarni nazorat qilish va baholashning ancha keng tarqalgan an’anaviy usullaridan biridir.
Og‘zaki tekshirishning mohiyati shunda ko‘rinadiki, o‘qituvchi o‘quvchilarga o‘rganilgan mavzuning mazmunidan kelib chiqib, ularning o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi. Og‘zaki tekshirish o‘quvchilarning bilimlarini tekshirishni savol-javob usuli asosida amalga oshiriladi. Ushbu usul ayrim hollarda suhbat usuli deb ham atashadi. Og‘zaki tekshirishda o‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuni alohida qismlarga ajratadi va ularni har biridan o‘quvchilarga savollar beradi. Biroq, o‘quvchilarning nutqini o‘stirish hamda ularning chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lishlari uchun ulardan shu yoki oldingi mavzuni butunlay esga tushirishni talab qilish mumkin. Ko‘pgina fanlarda og‘zaki tekshirish o‘quvchilarning javoblarini yozma mashqlarni tashkil etish asosida to‘ldirib boriladi. Masalan, o‘quvchilarning «Qo‘shma gaplar» mavzusini qanday o‘zlashtirganliklarini tekshirishda ana shunday yo‘l tutish mumkin. Ular o‘z javoblarini isbotlash uchun misol keltiradilar. Bu misollarni doskaga yozib, sintaktik va grammatik jihatdan tahlil qiladilar. Matematika, fizika va ximiyadan og‘zaki tekshirish qoidaga muvofiq misol va toptiriqlarni amaliy ko‘nikma va malakalar baholash maqsadidan kelib chiqib hal etiladi. Keng tarqalganligi va samarali ekanligiga haramay o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashda og‘zaki tekshirish ayrim kamchiliklarga ham ega. CHunonchi, uni qo‘llash jarayonida:
 nisbatan ko‘p mehnat sarflanadi;
 dars mobaynida 3-4 nafar o‘quvchinigina bilimini tekshirish mumkin.

SHu bois o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashning muvaffaqiyatini ta’minlash uchun turli shakllardan foydalaniladi. Og‘zaki ommaviy tekshirish o‘quvchilardan og‘zaki so‘rash bo‘lib, ular guruhga haratilgan savollarga javob beradilar. Bunday tekshirishda javoblar qisqa bo‘ladi. Mazkur so‘rash ko‘pchilik o‘quvchilarni nazorat qilishni ta’minlaydi va butun guruhni faollashtiradi, ammo o‘quvchilarning nutqini o‘stirmaydi. Bunday nuqsonlar individual so‘rashda ko‘zga tashlanmaydi. Ammo so‘rashning bu shaklida guruhdagi boshqa o‘quvchilarning to‘laqonli ishlashlariga erishish juda qiyin. 26


Kombinatsiyalangan (tezlashtirilgan) tekshirishda o‘qituvchi bir necha o‘quvchini bir vaqtda doskaga chaqiradi, biri og‘zaki javob beradi, 3-4 nafar o‘quvchi esa kartochkalar bo‘yicha yozma ishni bajarishadi va hokazolar. Bu tekshirishning murakkab usuli bo‘lib, o‘qituvchidan yetarlicha tajriba va diqqatlarini guruhdagi hamma o‘quvchilarga taqsimlay bilishni talab qiladi.
YOzma tekshirish – o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholashning eng samarali usullaridan biri bo‘lib, ularning ijodiy qobiliyatlarini baholash imkonini beradi. Mazkur usulning mohiyati shundaki, o‘qituvchi alohida mavzu yoki o‘quv dasturining ma’lum bo‘limini o‘tib bo‘lganidan so‘ng o‘quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashni tashkil etadi. YOzma tekshirish topshiriq, ya’ni, insho yozish hamda turli nazorat va mustaqil ishlarni bajarishni uyda ham amalga oshirishga imkon beradi. Ushbu jarayonda o‘qituvchining bajarilgan ish bilan tanishib chiqishi, uning sifatini tekshirishi uchun ko‘p mehnat va vaqt sarflanadi.
Amaliy topshiriqlarni bajarishga asoslangan tekshirish. Bajarilayotgan amaliy harakatlar (sport, mehnat harakatlari)ning to‘g‘riligini kuzatish yoki olingan natijalarga tayanishdan iborat bo‘lishi mumkin.
O’quvchining butun dars davomidagi barcha faoliyatlarini nazorat qilish tekshirishning maxsus turi bo‘lib, u o‘quvchining darsdagi ishtiroki uchun ball qo‘yish bilan yakunlanadi. Bu o‘quvchini doimo harakat qilishga va faollikka undaydi.
Ma’lumki, bugun ta’lim tizimida reyting nazoratidan keng foydalanilmoqda. Reyting deganda baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, bironta hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash tushuniladi.
SHkalalash – aniq jarayonlarni raqamlar tizimi yordamida modellashtirish. Uning turli uslublari sifat tavsiflarini miqdoriy o‘zgarishlarga aylantirishga yordam beradi.
Reyting nazorati asosida o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini hisobga olishning yuqorida keltirilgan metodlari bilan birga test usulidan ham samarali foydalanilmoqda. Test so‘rovidan nafaqat o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, balki 1993 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasida abituriyentlarni oliy o‘quv yurtlariga tanlov asosida qabul qilish jarayonida ham samarali foydalanib kelinmoqda.
Test – aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi.
Pedagogik amaliyotda testning bir qator afzalliklari ko‘zga tashlanadi. Ular quyidagilardir:
1) nazorat uchun vaqtning kam sarflanishi;
27

2) nazariy va amaliy bilim darajasini ob’ektiv sharoitda aniqlash imkonining mavjudligi;


3) bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli o‘quvchilar bilan nazoratni tashkil etish mumkinligi;
4) bilim natijalarining o‘qituvchi tomonidan qisqa muddatda tekshirilishi;
5) barcha o‘quvchilarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib, ular uchun bir xil sharoitning yaratilishi.
Ta’lim tizimi uzluksiz ravishda islohotlarni amalga oshirishni talab etadigan sohadir.
Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish jarayonida o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish va baholash ham yangicha mazmun kasb etdi. Davlat ta’lim standartlarining ishlab chiqilganligi, yangi o‘quv dasturining amaliyotga joriy etilganligi, erkin va mustaqil fikrlovchi shaxsni tarbiyalashga nisbatan yuqori talabning qo‘yilayotganligi, ta’lim amaliyotiga pedagogik texnologiyalar olib kirilayotganligi, o‘quvchilarni kasbga muvaffaqiyatli yo‘llash maqsadida psixologik va pedagogik diagnostika barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng ko‘lamda amalga oshirilayotganligi kabi holatlar ko‘zga tashlanayotgan bir vaqtda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini eng samarali shakl, metod va vositalar yordamida nazorat qilish hamda baholash muhim ahamiyatga ega.
O’quvchilar bilimini baholashning besh balli tizimining eskirganligi, zamon talablariga javob bera olmagani uni reyting tizimi asosida baholash uslubi bilan almashtirishni taqozo etdi. SHu o‘rinda «Qanday sabablarga ko‘ra besh balli baholash mezoni o‘zini oqlamadiq» degan savolga javob berish o‘rinlidir:
Birinchidan, O’zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ta’limni dekmokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlantirishni nazarda tutadi. Besh balli baholash tizimi qattiqqo‘llik, o‘qituvchining mustabidligi hamda uning ta’lim jarayonida yakka hukmronligini ta’minlashga xizmat qilib kelgan.
Demak, ushbu jarayonda talab va amaldagi holat bir-biriga muvofiq kelmaydi.
Ikkinchidan, baholash mezoni o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida ixtiloflarni keltirib chiharishga emas, aksincha, o‘zaro faol hamkorlik, bir-birini tushuna olishlari uchun xizmat qilishi lozim.
Uchinchidan, baholash mezoni faqatgina o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malakalarning o‘zlashtirilish darajasini nazorat qilish uchungina emas, balki ta’limni tashhis etishning faol ko‘makchisiga aylanishi zarur. 28

Baholashning besh balli tizimi birdan beshgacha farqlanuvchi dastlabki baholar qo‘yish tartibini bildirib, mohiyatan baholar o‘rtasida yig‘indisining o‘rtacha arifmetik qiymati asosida choraklik (yillik) bahoni belgilashdan iborat.


Masalan, o‘quvchi biror o‘quv fanidan uchta nazorat ishini 3, 4 va 5 ga bajargan, joriy nazorat bo‘yicha ham shunday natijalarni qayd etgan bo‘lsa, unga chorak uchun «4» baho qo‘yiladi. Bu esa o‘quvchi joriy, oraliq va yakuniy nazorat paytida yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, ijobiy baholanishiga, chorak oxirida muayyan mavzudan olgan «5» bahoga berilgan javoblarining mutlaqo inobatga olmasligiga sharoit yaratadi.
«Reyting» (inglizcha baholash, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash) muayyan hodisani oldindan belgilangan shkala bo‘yicha baholash. Reyting tizimi o‘quvchilarning bilim sifatini nazorat qilish turi, metodi va shakli sifatida e’tirof etilib, uning yordamida o‘quvchilarning o‘quv fanlari bo‘yicha ta’lim standartida belgilangan barcha talablar bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlari sifati baholanadi.
Reyting tizimida o‘zlashtirish natijasi nazoratning ko‘rsatilgan barcha shakllardan o‘tish jarayonida to‘plangan ballarni qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi. Har bir nazorat turi uchun 10 balldan taqsimlanganda (o‘quv fani uchun 100 ball hisobida) unga 7, 5, 8, 7 ball qo‘yilsa, o‘quvchining chorak yoki yarim yillik uchun to‘plagan bali 27 ballni tashkil etadi, bu esa 55 foizdan kam, shuning uchun u yetarlicha reyting ballini to‘plamaguncha va barcha nazorat shaklidan o‘tmagancha attestatsiya qilinmaydi. Demak, reyting tizimi olingan baho bilan egallangan bilim o‘rtasida tafovut kelib chiqishining oldini oladi.
Reyting tizimi yana bir qator afzalliklarga ega, chunonchi:
 ta’lim jarayonida baholash tizimi imkoniyatlarini kengaytirish;
 o‘quvchi bilimini eng adolatli mezonlar yordamida aniqlash;
 ta’limni standartlashtirish jarayoni uchun zarur imkoniyatlarni ochib berish;
 ta’lim standartlarida ko‘zda tutilgan o‘quv dasturiga kirgan majburiy ixtiyoriy mavzularning to‘laligicha o‘zlashtirilishi;
 o‘quvchilarda o‘z ustida mustaqil ishlash intilish, erkin fikr yuritish, bilimlarni egallashga nisbatan izchil yondashuv yuzaga keladi;
 o‘quvchilarda yomon baho olishga bo‘lgan qo‘rquv yo‘qolib, uning o‘rniga bilimlarni ixtiyoriy o‘zlashtirish, mavjud kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish yo‘lida mustaqil ishlash imkoniyati yaratiladi. Boshqacha aytganda, qo‘rquv o‘rniga intilish, rejalashtirish, harakat qilishga ehtiyoj tug‘iladi, o‘rganishga nisbatan qiziqish ortadi.

Biroq, bugungi kunda ham maktab amaliyotida besh balli baholash tizimidan foydalanilayotganligi bois pedagoglar mazkur tizimning rag‘batlantiruvchi rolini 29


oshirish yo‘llarini izlamoqdalar. Bu borada bir necha usullardan foydalanishmoqda. Xususan:


-baholarni qo‘shish va ayrish alomatlari bilan ifodalash. Sinf jurnallarini yuritishning amaldagi qoidalari ifodaviy belgili baholarni qo‘llashga imkon bermaydi. SHu bois pedagog murosa qilib, sinf jurnaliga aniq baholarni qo‘yadi, plyus-minuslarni esa shaxsiy yon daftarchasida qayd etib boradi;
- raqamni balli baho (qo‘shimcha baho) bilan to‘ldirishi. Bu usul instruktiv ta’qiqlarga ega emas, biroq pedagoglar tomonidan kam qo‘llaniladi, zero, bu usul dars davomida shusiz ham tanqisligi seziladigan vaqtni ko‘proq sarflashni talab etadi;
- o‘qituvchining kundalik daftarga baho qo‘yish bilan birga ota-onalar uchun qaydlarni yozishi. Bu usul o‘quvchining oila oldidagi mas’uliyatini kuchaytirishga asoslanadi. Quyidagi holat inobatga olinmasa, bunda biror g‘ayri oddiylik yo‘q. Kundalikda qayd etilgan yozuvlar mazmuni bilan tanishish ularning asosan salbiy mazmunda ekanligini ko‘rsatadi. Ma’lumki, salbiy fikrlar o‘quvchilarda ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batni barbod qiladi. Tadqiqot natijalarining ko‘rsatishicha, 5-6-sinf o‘quvchilarida ta’lim olishga bo‘lgan rag‘batning pasayishini ta’minlovchi omil – aynan kundalikdagi salbiy mazmundagi qaydlardir.



Yüklə 193,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin