Ma’lumotlarni sxema bo‘yicha pastdan - yuqoriga qayta ishlash. Sensor retseptorlaridan boshlanadigan analiz, miyaga o‘suvchi yo‘nalishda xarakat qiladi va sensor ma’luotlarni izoxlaydi.
Ma’lumotlarni sxema bo‘yicha yuqoridan – pastga qayta ishlash. Qachonki bizni tasavvurlarimiz kutilayotgan narsalar va tajribamiz vujudga kelganda, aqliy jarayonlarimiz ma’lumotlarini judayam yuqori darajada qayta ishlanadi.
Psixofizika - Intensivlik va psixoldogik qobiliyat va uni idrok qilish bilan qo‘zg‘atuvchining fizik xususiyatini o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish.
Absolyut chegara - Biron bir qo‘zg‘atuvchini namoyon qilish muhim bo‘lgan, quyi qo‘zg‘atuvchi.
Signalni bilish nazariyasi - Biz qachon kuchsiz qo‘zg‘atuvchini namoyon qilishimizni aytadi (signal).
Shundan kelib chiqib aytamizki yagona absolyut ostona yo‘q va aniqlik insonni tajribasidan, motivatsiyasidan va charchash darajasidan kelib chiqadi.
Ong osti - ongli idrok qilib bo‘lmaydi, absolyut chegaradan past.
TEST
2. Qaysi olim psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotir murakkab ijtimoiy taraqqiyot mahsuli emas deb hisoblagan +X.Volf -A.N.Leontyev -E.B.Ebbingauz -I.P.Pavlov
3. Yo’q narsalarni idrok qilish bu +Gallyusinasiya -Idrok -Xayol -Illyuziya
4. Diqqatning yuzaga kelishida qaysi jarayon muhim rol o’ynaydi +Idrok -Sezgi -Xotira -Nutq
5. Gallyusinasiya – bu + Yo’q narsalarni idrok qilish -Bor narsani noto’g’ri idrok qilish -Shaxsning idrok qilish qobiliyati -Idrokning shaxs va uning tajribasiga bog’liqligi
6. Attraksiya bu + Insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasi -Idrokning harakatchan va boshqaruvchanlik xususiyati -Idrok xususiyatlarining turli vaziyatlarda, sharoitlarda namoyon bo’lishi -Faol ravishda bevosita aks ettirish imkoniyatining mavjudligi
7. O‘z-o‘zi bilan muloqot bu – … ? + o‘zini konkret tarbiya ob’yekti sifatida idrok etish va o‘zi bilan muloqotni tashkil etish - o‘z imkoniyatlari, kuchi va irodasiga ishonish orqali ijobiy xulq normalariga bo‘ysundirish - tig‘iz va ekstremal holatlarda o‘zini qo‘lga olish va maqbul yo‘lga o‘zini chorlay olish sifati - sotsial normalardan kelib chiqqan holda o‘zida ma’qul ustanovkalarni shakllantirish
8. Bir-birini idrok qilishda muhim bo`lgan mexanizmlar sirasiga kirmaydiganini aniqlang. + Differensiatsiya - Refleksiya - Identifikatsiya - Stereotipizatsiya
9. Kuzgatgichlarning sezgi a’zolarimizga bevosita ta’siri tufayli tartibga solinib aloxida sezgilarning yaxlit bir obraz sifatida birlashtirilib aks ettirilishi bu kaysi psixik jarayonni bildiradi? + Idrokni - Xotirani - Tafakkurni - Sezgini 10. Illyuziya nima? + Xayol hodisalaridan hisoblanib, tashqi olamni noto’g’ri idrok qilishdir - Sezgi a’zolarining ta’sirga moslashishidir - Appersepsiya - Predmetlar obrazining nisbatan turg’unligi.
Xulosa
Ta’lim olish jarayonida maktabdagi bola idroki faol ravishda rivojlanadi, bu jarayonlar bir necha bosqichlarda amalga oshadi. Birinchi bosqich jismdan foydalanish jarayonida obrazining mutanosib holda tarkib topishi bilan bog‘liq. Keyingi bosqichda bolalar qo‘l va ko‘z harakatlari yordamida jismlarning fazoviy xususiyatlari bilan tanishadilar. Navbatdagi, psixik rivojlanishning yuqori darajalarida bolalar oz fursatda va ortiqcha harakatlarsiz idrok ob’ektlarining ma’lum xossalarini tanib olish, shu xossalar asosida ularni bir-biridan farqlash layoqatiga ega bo‘ladilar.
Idrok rivojlanishining muhim sharti mehnatdir, u bolalarda ijtimoiy foydali mehnat shaklida, masalan, uydagi vazifalarini bajarish bo‘yicha, shuningdek, chizish, yasash, musiqa, o‘qish va boshqalar bilan shug‘ullanishda namoyon bo‘ladi. Bola uchun o‘yinda qatnashish ham ahamiyatlidir.
Katta odam bilan solishtirganda, yosh bola idrokining xususiyatlari qanday va ular nimada namoyon bo‘ladi? Avvalambor, bola jismlarning fazoviy xossalarini baholashda juda ko‘p xatoliklarga yo‘l qo‘yadi. Bolalarda, hatto, ko‘z bilan chiziqli chamalsh kattalarnikiga qaraganda yaxshi rivojlanmagan. Masalan, chiziq uzunligini idrok qilishda bolaning xatolari, katta odamnikiga qaraganda, taxminan besh marta ko‘p bo‘lishi mumkin. Vaqt idroki yana ham ko‘proq qiyinchilik tug‘diradi. Bola «ertaga», «kecha», «oldin» va «kechroq» kabi tushunchalarni juda qiyinchilik bilan egallaydi. Bolalar jismlar tasvirini idrok qilishda ham qiyinchiliklarga duch keladi. SHunday qilib, bola idrokining o‘ziga xos xususiyatlari bola bilimining etishmasligi va unchalik katta bo‘lmagan amaliy tajriba bilan belgilanadi. Vaqt o‘tishi bilan bu muammolar bartaraf etiladi va katta maktab yoshiga kelib, bolalar idroki katta odam idrokidan sira farq qilmay qoladi.
Adabiyotlar: 1.G‘oziev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2. A.X.Югай, Н.А.Мираширова “Общая психология” – Tашкент 2014.
3. Дружинина В.. “Психология “. Учебник. “Питер”, 2003.
4. Болотова А.К., Макарова И.В. Прикладная психология: учебник для вузов. –М., Аспект Пресс, 2002. – 383с.
5. Psychology David G. Myers Hope College Holland, Michigan