Angren universiteti


O`ZBEK LUG`ATLARINING TIPLARI



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə2/2
tarix08.04.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#95121
1   2
Soha lug’atlari haqida ma\'lumot

O`ZBEK LUG`ATLARINING TIPLARI
Lug`atlar 3 nuqtai nazardan tasnif qilinadi.

  1. Hajm nuqtai-nazaridan.

  2. So`zlikning berilish usuli nuqtainazaridan.

  3. Maqsad nuqtainazaridan.

Lingvistik lug`atlar hajm nuqtai nazaridan ikki tipga bo`linadi: 1) Umumiy lug`atlar; 2) Maxsus lug`atlar.
Bu tip lug`at so`zligi jihatidan farq qiladi. Umumiy lug`at so`zligi til leksikasini barcha turkumlar doirasida, barcha qatlamlar bo`yicha aks ettiradi. Maxsuslug`at so`zligidagi til leksikasi ma’lum maqsadga ko`ra chegaralab aks ettiriladi.
Umumiy lug`atlar hajmiga ko`ra 3 tipga bo`linadi:

  • Katta lug`at;

  • o`rtacha lug`at; 3) kichik lug`at.

Terminlar, dialectal so`zlar, barcha so`z turkumidagi so`zlarni o`ziniga olgan mukammal lugatga katta hajmdagi lugat yoki akademik lug`at deyiladi.Bunday lug`atlar ko`proq izohli, tarixiy, imlo bo`yicha tuziladi. O`zbekgilida bunday lug`atlar hali yaratilmagan. U jahonda «Katta «Oksford lug`ati», «Xazinalug`at», «Trench lug`at» nomlari bilan tilga olinadi.Unituzish masalasi 1928 yildaR.Trench tomonidam ko`tarilgan. Bu lug`atning 1933-yilda 12 tomda qayta nashri chop etildi,
Yana shunday lug`atlar qatoriga 17 tomdan iborat rus tilining akadem lug`atini ko`rsatish mumkin.
O`RTACHA LUG`ATLAR tipiga normative lug`atlar ham kiritiladi. O`rtacha tip lug`atlariga 1950-1955 yillarda nashr etilgan «Ruscha-o`zbekcha lug`at» 1959-yilda nashr qilingan «O`zbekcha-ruscha lug`at», «O`zbek tilii zohli lug`ati» vabarchaimlo, ters, tematikdialektologik lug`atlarni ko`rsatish mumkin.
MAXSUS LUG`ATLAR tipiga yon lug`atlar va maktab lug`atlari kiritiladi. Maktablugatlari so`zligida ko`proq darsliklarda qo`llangan so`zlar beriladi.
KICHIK LUG`ATLAR so`zligining qanday maqsadga ko`ra chegaralanganligiga ko`ra 3 tipga bo`linadi:
1) Leksikqatlamlar lug`ati; 2) Leksiktanlangan lug`at; 3) Terminologik lug`at.
Leksik qatlamlar lug`atiga so`zligi sinonimlar, omonimlar, frazeologik birliklar va h.k. dan tashkil topgan lug`atlar kiradi: A.Hojiyevning «Sinonimlarning qisqacha lug`ati», Sh.Rahmatullayevning «O`zbek tili qisqacha frazeologik lug`ati» kabilar misol bo`ladi. Leksiktanlangan lug`atlarga so`zligiga biror muallif, biror yodgorlik, biror asar (Gorkiy lug`ati) kiradi. Masalan: Borovkovning «O`rtaOsiyotafsirileksikasi». E.Fozilovning «Староузбекскийязык» va boshqalar. Terminologik lug`atlarda biror fan yoki biror kasbga oid terminlar beriladi: S.Ibrohimovning «Paxtachilik terminlari lug`ati» (1934) N.Mamatovning «Paxtachilik terminlarining qisqacha izohli lug`ati» (1964), N.Hotamovning «Adabiyot shunoslikdan qisqacha ruscha-o`zbekcha terminologik lug`at» (1960) va boshqalar.
So`zlik lug`atning mazmunini tashkil etadi. So`zlik lug`at uchun tanlangan so`zlar ro`yxati bo`lib, bu ro`yxat ma’lum tartibda beriladi. Mana shu so`zlikning berilish usuli nuqtainazaridan lingvistik lug`atlar 3 tipga bo`linadi:
1) alfavit tartibli lug`atlar; 2) tematik lug`atlar; 3) uyali lug`atlar.
Alfavit tartibli lug`atlarda so`zlikni tarkib toptirgan so`zlar ro`yxati alfavit tarzida beriladi.Alfavit «sirtqi» va «ichki» tartib bo`yicha beriladi.
Tematik lug`atlarda so`zlikni tarkib toptirgan so`zlar ro`yxati ma’lum mavzularga bo`libberiladi, bunda so`zlar avval so`z turkumlari bo`yicha ajratilib (ot, sifat, fe’l) so`ngra ular ichki tematik bo`linishlar bilan beriladi. Tematik lug`at 1975-yil Toshkentda nashr etildi.Tuzuvchilar N.Tixonov, N.Hotamov, S.Emelyanova, M.Tixonovalardir. Lug`at so`zligidagi so`zlar 16 tematik qismga bo`lingan bo`lib, yer, osmon, qazilmaboyliklar, o`simliklar, odamkabinomlangan. Lug`at ruscha-o`zbekcha tarjima lug`atidir.


Xulosa

O’zbek lug’ati tiplarining lug`at so`zligi jihatidan farq qiladi. Umumiy lug`at so`zligi til leksikasini barcha turkumlar doirasida, barcha qatlamlar bo`yicha aks ettiradi. Maxsuslug`at so`zligidagi til leksikasi ma’lum maqsadga ko`ra chegaralab aks ettirishini tushundik.
Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin