Anguage and literature


Agar men odam o‘lsam, ushbu basdur



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/65
tarix25.12.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#195155
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
uzb-2019 3-son

Agar men odam o‘lsam, ushbu basdur.
 Alisher NAVOIY
HUR DIYORNING HULKARI
Hulkar Sherzodova Toshkent temiryo‘l transpor-
ti kasb-hunar kollejining 3-bosqichida ta’lim ola-
di. U bolaligidan adabiyotga mehr qo‘yib ulg‘aydi. 
Qal bidagi havasni mitti ertaklar, to‘rtliklar tarzida 
oq qog‘ozga tushirishga harakat qildi. Ilk mashqla-
rida qushlar va gullar, tabiat manzaralarini tasvir-
lashga intilgan Hulkar balog‘at ostonasiga qadam 
qo‘ygach mavzular ko‘lamini kengaytirdi. Bunda, 
albatta, o‘zbek va jahon adabiyotidan sevib muto-
laa qilgan badiiy kitoblarining o‘rni beqiyos.
Yosh ijodkor “Dildagi bahor”, “Sho‘x kapalak”, 
“Atirgul va bulbul” singari o‘nga yaqin to‘plamlari-
da beg‘ubor tuyg‘ularini she’rga soladi, fikr-o‘ylarini 
sodda va samimiy tarzda ifodalashga intiladi. Ona- 
Vatan mavzusidagi “Serquyosh yurtim”, “Vatan 
tayanchi”, “Munavvar tong” kabi mo‘jaz kitoblari 
bilan tanishgan kishi uning o‘zi tug‘ilib o‘sgan za-
minga bo‘lgan cheksiz mehr-muhabbati nafa-
sini his qiladi. Uning mashqlari tuman gazetalari
“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”, “Vaziyat”, “Tea tr”,
“Muhofaza” singari respublika nashrlarida ham chop 
etilgan.
Hulkar Sherzodova o‘zi ta’lim olayotgan kollejning
faol o‘quvchilaridan. Fanlarni a’lo baholarga o‘zlashti rish 
bilan birga kollej o‘quvchi-qizlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Ze-
bolar bahsi”, “Balli, qizlar” tanlovlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 
2018-yilda yosh ijodkorlarning Zomin seminarida taniqli shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar 
bilan bo‘lgan ijodiy muloqotlari Hulkar uchun mahorat maktabi bo‘ldi. Adabiy davralardagi gurunglar 
orqali adabiyot va so‘z oldidagi mas’uliyat yuki katta ekanini angladi. 
– Zomin seminarida respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan tengdoshlarim bilan do‘stlash-
dim, – deydi u. – Mashqlarimizni xalq e’tiboriga tushgan shoir va yozuvchilar nazaridan o‘tkazdik. 
Ustozlar qoralamalarimiz bilan tanishib, xato-kamchiliklarimizni ko‘rsatishdi, yo‘l-yo‘riqlar berishdi. Ada-
biy muhit hukmron davralarda qatnashib, o‘z ustimda ishlashim, ko‘proq o‘qib-o‘rganishim kerakligini 
tushundim.
Hulkar uchun bu yilgi bahor xushxabar bilan boshlandi. 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosa-
bati bilan namunali xulqi, a’lo o‘qishi, tashabbuskorligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib 
kelayotgan bir guruh iqtidorli qizlar Prezident qaroriga binoan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan 
taqdirlandi. Ular orasida Hulkar Sherzodovaning ham borligi ota-onasi, ustozlarini behad quvontirdi.
– Mukofot men uchun ishonch belgisi. U oldimga qo‘ygan maqsadlarim tomon dadil qadam tashlab, 
ko‘zlagan cho‘qqimga yetishish uchun qanot beradi. Kelajakda orzularim osmonida yanada balandroq 
parvoz qilishim uchun bu qanotlar hamisha kuch bag‘ishlab turadi, – deydi yosh shoira.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin