Disneylend - multfilmlar asosida qurilgan madaniy dam olish maskani, u bog’da siz sevimli qahramonlarning karikaturalarini, mashhur voqealarni ko’rishingiz, umda o’zingiz ham ishtirok etishingiz mumkin.
Akvaparklardagi basseynlar, suvli attraksionlar yordamida siz sun'iy to'lqinlarda suzishingiz, energiya olishingiz, tezlikni va hayajonni his qilishingiz hamda yaxshi kayfiyatga erishishingiz tayin.
Miniatura bog’larda siz dunyoning eng buyuk mo'jizalarini 25 barobar maydalashtirilgan kichik nusxalarini ko'rishingiz va bahra olishingiz mumkin.
Lego Parklar esa sizga o'z qo'llaringiz bilan siz hohlagan ob’ektlarni yaratish imkonini beradi va bu sizga quvonch keltiradi. Buyuk Ustyugda siz haqiqiy “Santa Klaus”ni, uzoq Laplandiyada esa unbing “rasmiy uy”ini ko’rish mumkin.
Etnik bog’larda turistlar xalqlarning milliy madaniyati hamda madaniyati tarixi bilan tanishishlari mumkin bo’ladi.
Safari bog’larda esa yovvoyi tabiatni kuzatish mumkin.
Mavzuli bog’lar tarixi umumiy dam olish joylari bilan boshlandi va ular bilan bevosita bog’liq.
Disneylend va ularda animatsion dasturlar.
Animatsiya dasturlarini tayyorlash bosqichlari.
Animatsion dasturning tayyorgarlik, dastlabki, asosiy, yakuniy bosqichlari.
Animatsion dastur marketingi va reklamasi. Animatsiya tarkibi sxemasi.
Klub tuzilmalari turlari.
Sanatoriy-kurort joylarida tashkil etiladigan animatsion faoliyat.
Pansionatlarda animatorlik xizmatini tashkil qilish
Dam olish maskanlaridagi animatsion dasturlarning tarkibiy elementlari.
Dam olish maskanidagi animatsiya tashkilotining xususiyatlari.
Ko‘ngilochar jarayonlarning asosiy xususiyatlari.
Madaniy dam olish - hayot sifatini yaxshilash vositasi sifatida.
Umumovqatlanish korxonalari hakida tushuncha
Gastronomik turizm
Gastronomik turizm, yoki oshxona turizmi, turizmning asosiy turlaridan biri boʻlib, asosiy maqsadi, sayyohlarning ma’lum bir mamlakatga, sayohat qilishi asnosida, oʻsha davlatning milliy oshxonasi va ovqatlanish madaniyati bilan ham, yaqindan tanishishidir. Gastronomik sayyoh, birinchi navbatda, madaniyatning ajralmas qismi hisoblangan, milliy va anʼanaviy taomlarni, tayyorlash jarayoni, dasturxonga tortish usullari, ovqatlanish tartibi va pozitsiyalarini, koʻrish va bilish barobarida, sayohat qilayotgan davlatining, tarixini, iqtisodiyotini, davlat siyosati hamda mahalliy aholining eʼtiqodlarini oʻrganadi.
O’zbekistonda gastronomiya turizmini rivojlanishi
Gastronomik animatsiya.
Musiqali dasturlar turlari: var’yete, musiqa kechalari, konsert, ko‘rgazma, tematik kechalar, musiqali dastur, shou-namoyish.
Rekreatsiya va animatsiya tadbirlarining ijtimoiy samarasi.
XIX asr oxirida Amerikada dastlabki 8 soatlik ish kuni, bayramlar munosabati bilan dam olish kunlari va “Rekreatsiya” tushunchasi joriy etildi. Bu aholining ommaviy dam masalalarini hal qilishda muhim qadam bo’ldi.
“Rekreatsiya” so’zi Lotinchadan olingan bo’lib, yangilash va qayta tiklash ma’nolarini anglatadi.
Rekratsion turizm (dam olish va davolanish) bir qator davlatlarda ko‘proq ommaviy shakllardan hisoblanadi. Sayyohlar Ispaniya, Italiya, Fransiya, Avstraliyaga safar qilishar ekan, avvalo dam olish va davolanishni ko‘zda tutadilar. Turizmning bu turiga xos harakter sayyohatning davomiyligidir. Yo‘nalishga kiruvchi shaharlar sonining kamligi turistning bir joyda uzoq muddatda bo‘lishga imkon yaratadi. Ommaviy safarning boshqa xususiyati esa dam olish safariga borganda, sayyohning joylashishida xonaga bo‘lgan talabidadir.