Espero” jamoasi savollaridan iborat to’plam. 1-savol. Savol matnida iks bilan uchta so’z almashgan



Yüklə 2,45 Mb.
səhifə1/39
tarix01.12.2023
ölçüsü2,45 Mb.
#170288
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
ESPERO JAMOASI TOMONIDAN TAYYORLANGAN 115 SAVOL


ESPERO” JAMOASI SAVOLLARIDAN IBORAT TO’PLAM.


1-savol. Savol matnida IKS bilan uchta so’z almashgan.
Buxoro shahrida sayohat qilayotgan savol muallifi, milliy mahsulotlar va buyumlar sotilayotgan rastani tomosha qilarkan, turistlarga qulay bo’lishi uchun har bir buyum ostiga inglizcha ta’rif va izohlar yozilganligini ko’radi. Xususan, sumak yonida yozilgan ta’rifni IKS deb tarjima qilish mumkin edi.
Diqqat savol: Kimning asarida IKS yozuvini ko’rish mumkin?


Javob. [Rene] Magritt. Qabul: Aniq javob.
Izoh: Sumak yonida “Bu trubka emas” (This is not a pipe) so’zlari yozilgan edi. Ko’p hollarda turistlar uni trubka deb o’ylashlarini bilasiz. Rene Magrittning “Aldamchi timsollar” (Вероломство образов ) kartinasida “Ceci n’est pas une pipe” ya’ni “Bu trubka emas deb yozilgan”.
Muallif: Suhrob Sharipov


2-savol. Rixard Meller-Nilsen uchun, turli kurortlarga tarqalib ketgan shogirdlarini chaqirib olish bir muncha qiyin kechgan, chunki ko’pchilik uning gaplarini hazil deb o’ylab, telefon go’shagini qo’yib qo’yar edi.
Diqqat savol: Bu voqea nechanchi yilda sodir bo’lgan?


Javob: 1992-yilda
Izoh: Yugaslaviya terma jamoasining chetlatilishi munosabati bilan kutilmaganda futbol bo’yicha Evropa chempionatiga taklif qilingan Daniya terma jamoasi vakillari allaqachon turli dam olish joylariga tarqab ulgurishgan edi. Shu sababli murabbiyning so’zlarini ko’pchilik hazil deb o’ylagan. Meller-Nilsen – daniyaliklarga xos familiya.
Muallif: Sardor Ahmedov


3-savol. Qadimdan yaponlar sushi yoki sashimi kabi taomlarni solish uchun bambuk bargidan foydalanishgan ekan. Buning 2 ta asosiy sababi bo’lgan. Birinchisi, bambuk bargi keng va uzun bo’lganligi uchun unga taomni o’rab, olib ketish mumkin bo’lgan. Ikkinchi sabab esa, yaponlarni nega aynan shu bargni tanlaganliklariga oydinlik kiritadi.

Yüklə 2,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin