Animatsion lavhalar yaratish


Web-server (Web- сервер, Web-server)



Yüklə 56,41 Kb.
səhifə17/18
tarix25.04.2023
ölçüsü56,41 Kb.
#102289
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Animatsion lavhalar yaratish Oxunov Farxod

Web-server (Web- сервер, Web-server) - www doirasida faoliyat ko’rsatuvchi server. Web-sahifalarni saqlaydi hamda tashqi serverlardan kelayotgan so’rovlarga javob beradi.
Web-usta (web – мастер, webmaster) - 1. Web-sahifalarni loyihalashtirish, yaratish va bezash bilan shug’ullanuvchi shaxs. Web - usta Internet texnologiyalari bo’yicha bilimlar majmuasi va rassom-bezaklovchi tajribasiga (kompozitsiya, dizayn) ega bo’lishi lozim. 2. Saytning tashqi ko’rinishi va ishi uchun javobgar kompaniya xodimi. Web - usta deganda turli-tuman majburiyatlar doirasi tushuniladi – kichik oddiy sayt uchun sahifalashtiruvchidan tortib dizayner va tizim ma’murigacha. Internet foydalanuvchilari uchun web - usta bu sayt va kompaniya domeniga bog’liq barcha masalalar bo’yicha aloqada bo’ladigan shaxsdir.
WWW (Всемирная Паутина, World Wide Web) - Internetning xizmat turi bo’lib, dunyo bo’ylab joylashgan Web-serverlardagi ma’lumotlardan foydalanish imkoniyatini beradi; Internetda mavjud bo’lgan elektron hujjatlar orasida gipermurojatlarni tashkillashtiruvchi xizmat.
Xavfsizlik (Безопасность, Safety) - Kompyuter va tarmoqdagi ma’lumotlarni buzilish va yo’qolishdan saqlash hamda foydalanuvchilar uchun chegaralangan foydalanish huquqini belgilash.
Xavfsizlik (безопасность, security) - 1. Tizim yoki tarmoq axboroti muhofazasini, saqlanishi, ishonchliligini va puxtaligini ta’minlash qobiliyati. 2. Obektning tasodifiy va ataylab qilingan tahdidlarga qarshi tura olish qobiliyati.
Xavfsizlik ma’muri (администратор безопасности, security administrator) - ma’sul mansabdor shaxs. U o’rnatilgan ish maromi doirasida ikki davrda o’z vakolatlariga muvofiq belgilangan tartibda axborot bo’yicha ish olib boradi. Ya’ni, u ham axborot muhofazasi bilan muntazam shug’ullanadi, ham axborotlashtirish obekti (ma’lumotlarni uzatish tarmog’i) ni sanoat miqyosida ishga solish va uni ishlatish bosqichlari davrida zarur muhofaza darajasini ta’minlash bo’yicha ish olib boradi.
Xavfsizlik obekti (объект безопасности, security object) - tizimning passiv tizimlashgan tashkil qiluvchisi. Unga xavfsizlik uslubiyati qo’llaniladi.

Yüklə 56,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin