Animatsion lavhalar yaratish


Masofadan o’qitishning pedagogik texnologiyalari (Педагогические технологии дистационного обучения, Pedagogical technologies of distance learning)



Yüklə 56,41 Kb.
səhifə13/18
tarix25.04.2023
ölçüsü56,41 Kb.
#102289
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Animatsion lavhalar yaratish Oxunov Farxod

Masofadan o’qitishning pedagogik texnologiyalari (Педагогические технологии дистационного обучения, Pedagogical technologies of distance learning) - o’qitishning usul va uslublari majmuasi bo’lib, o’quv-tarbiyaviy jarayonni amalga oshirish masofadan tashkil etiladi.
Masofadan o’qitishning tashkiliy ta’minoti (Организационное обеспечение дистанционного обучения, Organizational maintenance of istance learning) - o’qitish davrida o’quvchi va o’qituvchi orasida tashkil qilinadigan bevosita munosabat.
Media (Медиа, Media) - elektron texnologiyalar vositasida axborotni tashuvchi yoki saqlovchilar. Masalan, matnni - kitob, qo’llanma, CD orqali, tovushni –audiokasseta, radio va teleko’rsatuvlar orqali, tasvirni videokasseta, teleko’rsatuvlar orqali uzatish va tarqatish mumkin.
Metama’lumotlar (Метаданные, Metadata) - biror ma’lumotning (faylning) sarlavhasi, mavzusi, avtori, hajmi, kalit so’zlari kabilardan iborat axborot.
Metaqidiruv tizimi (Метапоисковая система, Metacrawler) - foydalanuvchining so’rovini bir necha qidiruv serverlariga jo’natib, natijani gipermurojaatdan iborat ro’yxat shaklida ifoda etuvchi tizim yoki server. Bu tizim o’zining indekslangan ma’lumotlar bazasiga ega bo’lmaydi.
Moderator (Moderator, Moderator) - elektron konferentsiyalarni hamda tarqatmalar ro’yxatini boshqaruvchi inson. Uning funktsiyalariga konferentsiyada ishtirok etishga ruxsat berish, materiallarni chop etish, ishtirokchilarni mavzudan chetlashishlarini nazorat qilish kabilar kiradi.
Moderator (Модератор, Moderator) - 1. Forum, teleanjuman va chatlarda qoidalarga rioya qilishni nazorat qiluvchi etakchi. Odatda teleanjuman qoidalari juda oddiy: spam, fleym va anjumanga tegishli bo’lmagan mulohazalar man etiladi. Moderator, zarur bo’lganda ishtirokchilarga nisbatan ma’muriy choralar ko’rishi mumkin – tartibbuzarlarni ogohlantirishdan tortib ma’lum xabarlarni o’chirish yoki hatto ba’zi foydalanuvchilar uchun erkin foydalanishni man etishgacha. 2. Kataloglarda moderator – u yoki bu mavzu bo’limiga javobgar shaxs. U sayt mavzusi va katalog bo’limining mosligini tekshirib turadi. Ba’zan (agarda bu katalogda axborotni joylashtirish shartlari bilan belgilangan bo’lsa) moderator saytlar mazmuni bilan tanishib chiqadi.

Yüklə 56,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin