36-Mavzu: PhotoShop interfeysini sozlash, tasvirni ochish, nusxalash va saqlash. Amaliy mashg'ulot



Yüklə 0,96 Mb.
tarix16.12.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#181873
36-mavzu


36-Mavzu: PhotoShop interfeysini sozlash, tasvirni ochish, nusxalash va saqlash. Amaliy mashg'ulot.
Reja;

PhotoShopda ishni boshlash uchun unga birorta tasvirni yuklab olish yoki yangi tasvirni yaratish kerak bo‘ladi. Bu amallarni qanday amalga oshirish bilan tanishib chiqamiz.
Odatda, PhotoShopda mavjud tasvirlar qayta ishlanadi. Lekin ba’zan unda yangi tasvir yaratishga ham to‘g‘ri keladi. Yangi tasvirni yaratish uchun Ctrl+N (New - yangi so‘zidan olingan) qo‘shtugmasini bosish yoki asosiy menyuning Файл (Fayl) bo‘limining birinchi bandi Создать... (... ni yara­tish) bandini tanlash kerak. Natijada ekranda quyidagi Новый (Yangi) muloqot oynasi paydo bo‘ladi.
Oynaning o‘ng tomonidagi OK (Ha) tugmasini bosib, taklif qilinayotgan parametrlar bo‘yicha yangi tasvirni yaratish; Отмена (Bekor qilish) tugmasi­ni bosib, yangi tasvir yaratishdan voz kechish mumkin.
Bu tugmalar ostidagi Сохранить набор параметров (Parametrlar to‘plamini saqlash) tugmasini bosib, o‘rnatilgan parametrlardan keyingi tasvirlarni yaratishda foydalanish uchun saqlab qo‘yish mumkin. Удалить набор ... (Parametrlar to‘plamini o‘chirish) tugmasi kerak bo‘lmay qolgan parametrlar to‘plamini o‘chirib tashlash uchun xizmat qiladi. Bu tugmalar ostida yaratiladigan tasvirning hajmi kо‘rinib turadi:
Oynaning chap tomonidagi Имя (Nom) maydonchaga yangi tasvir fayli uchun nom kiritiladi. Uning ostidagi Набор (To‘plam) maydonchasida parametrlar to‘plamini tanlash mumkin. Odatda, bu parametrlar oxirgi yuklab olingan tasvir parametrlari bilan bir xil bo‘ladi. Bu ro‘yxatdan keraklisini tanlab parametrlami birdaniga o‘zgartirish mumkin.
Paramertiami bevosita muloqot oynasidagi maydoncbalarda o‘zgartirish ham mumkin. Ulardan asosiylari Ширина (Eni) va Высота (Balandligi) lardir.
Mavjud tasvirlarni ochish uchun Ctrl+O (Open - ochish so‘zidan olin­gan) qo‘shtugmasini bosish yoki asosiy menyuning Файл (Fayl) bo‘limining birinchi bandi Открыть ... (Ochish) bandini tanlash kerak. Natijada ekranda quyidagi Открыть (Ochish) muloqot oynasi paydo bo‘ladi.
Bu muloqot oynasi bilan ishlash boshqa ilovalar, masalan, Word yoki Excel ning shu nomli muloqot oynalari bilan ishlashdan deyarli farq qilmaydi.
PhotoShop oxirgi ochilgan fayllar ro‘yxatini saqlab qo‘yadi. Bu ro’yxatdagi tasvirlarni ochish uchun asosiy menyuning Файл (Fayl) bo‘limidagi Последние документы (Oxirgi hujjatlar) bandidan foydalaniladi.
PhotoShopda qilingan ishlarni saqlash uchun bir nechta buyruqlar mavjud. Ulardan birinchisi Ctrl+S qo’shtugmasi yordamida chaqiriladi. Bu buyruq joriy tasvirni joyi va nomini o‘zgartirmasdan saqlab qo‘yadi.
Ctrl+Shift+S qo‘shtugmalari yordamida chaqiriladigan saqlash buyrug‘i ekranga saqlash muloqot oynasini chiqaradi. Bu oyna yordamida tasvirni yangi nom bilan yangi joyga yangi formatda saqlab qo‘yish mumkin.
PhotoShopda fayllar bilan ishlash boshqa ilovalardagidan ko‘p farq qilmaydi.
Kompyuter grafikasi ommaviy tarzda qo‘llaniladi va tasvirlarni kompyuter xotirasida saqlash uchun ko‘plab formatlar ishlab chiqilgan. Ulardan ba’zilari keng tarqalgan, ba’zilari faqat tor sohada ishlatiladi.
Bmp (ingliz tilidagi Bitmap Picture) - rastrli tasvir jumlasidan olingan. Birinchi grafik formatlardan biri, Microsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va qo‘llab-quvvatlanadi. Keng tarqalgan. Lekin oxirgi paytda bosh­qa formatlarga o‘z o’zini bo'shatib bermoqda.
Gif (Graphics Interchange Format) - tasvirlar almashish formati jum­lasidan olingan. Bir faylda bir necha tasvirlarni saqlay oladi va sodda animatsiyalar uchun juda qulay. Kam joy egallaydi. Kamchiligi shuki, ko‘pi bilan 256 ta rangni saqlay oladi. Fotusuratlarni saqlaganda katta yo‘qotishlarga yo‘l qo‘yadi. Internetda va Web dizaynda keng qo‘llaniladi.
Tiff (ingliz tilidagi Tagged Image File Format) - belgilab chiqilgan tasvir fayli formati jumlasidan olingan. Birinchi tasvir formatlaridan biri. Unda bir qator o‘zgartirishlar kiritilgan. Microsoft, Adobe, Apple kabi yirik kompaniyalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi sababli hozirgi paytda ham ommaviyligicha qolmoqda. Skanerlar, fotoapparatlar ishlab chiqaruvchilar ham undan keng foydalanadilar.
Jpeg (Joint Photographic Experts Group) - fotografiya ekspertlarining birlashgan guruhi (Yevropa ittifoqi) tomonidan ishlab chiqilgan. Eng keng tarqalgan format. Barcha ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Kam joy egallaydi, tasvir sifatini to‘liq saqlashi mumkin. Lekin tasvir hajmi ko‘p kamaytirilganda sifati yomonlashadi.
Pcx (PC eXchange) - shaxsiy kompyuterda ma’lumot almashish jumla­sidan olingan. Birinchi grafik formatlardan biri. Bu formatda juda ko‘p tasvirlar saqlangan. Oxirgi paytda uning o‘rniga png, jpeg formatlaridan foy- dalanilmoqda.
Raw (ingliz tilida raw) - xom, hali tayyor emas, degan ma’noni bildiradi. Sifatli fotoapparatlarda olingan suratlarni saqlash uchun ishlatiladi. Odatda, fotoapparatlar olingan suratni darhol qayta ishlab, uning hajmini kamaytiradi. Bunda fotosuratlarning sifati ba’zan biroz, ba’zan ko‘proq pasayadi. Bu formatda saqlangan fotosuratning kamchiliklarini va ularni bartaraf qilishni foydalanuvchining o‘zi tanlaydi. Bu esa yaxshi chiqmagan fotosuratlarni ham qayta tikiash imkonini beradi. Kamchiligi fotosuratlar katta hajmda bo‘lishi (25 MB gacha). Faqat qayta ishlanmagan fotosuratlarni saqlash uchun ishla­tiladi. Oxirgi paytda ommaviylashib bormoqda.
Png (Portable Network Graphics) - tarmoq uchun portativ (ixcham) grafika jumlasidan olingan. Internetda keng qo‘llaniladi. U gif formati o‘rnini egallab bormoqda.
Pdf (ingliz tilida Portable Document Format) - elektron hujjatlar formati degan jumladan olingan. Dastlab poligrafiya mahsulotlarini elektron ko‘rinishda saqlash uchun mo‘ljallangan. Kompyuter texnikasining rivojlanishi bilan hajmi nisbatan kattaligi, tasvirlash ko‘proq vaqt talab qilishi kabi kamchiliklari dolzarb bo‘lmay qoldi. Hozirgi paytda keng tarqalgan. Unda matn bilan birga rastr va vektor turidagi tasvirlar ham saqlanadi. Undan tasvirlarni ajratib olsa bo‘ladi. Adobe kompaniyasi mahsuloti.
Bu formatlar yordamida tasvirlarni nafaqat PhotoShopda, balki boshqa ilovalarda ham ochish va ular bilan ishlash mumkin. PhotoShop bu formatlardan tashqari o‘zining bir nechta maxsus formatiga ham ega. Bu formatlar orasida ko‘p ishlatiladigani .psd kengaytmalisidir. Bu formatda saqlangan tasvirda PhotoShopning barcha imkoniyatlari saqlab qo‘yiladi. Shu sababli, qayta ishlash tugallanmagan tasvirlarni shu formatda saqlash va kerak bo‘lganda ularni qayta ishlashni davom ettirish mumkin.
YODDA SAQLANG!
Fay liar bilan ishlash amallari asosiy menyuning Файл bo‘limida joylashgan.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR
  • PhotoShopda mavjud tasvirni ochish qanday amalga oshiriladi?
  • PhotoShopda joriy tasvirni saqlab qo‘yish qanday bajariladi?
  • PhotoShop qayta ishlaydigan asosiy formatlarni sanab chiqing.
  • Jpeg, Raw formatlarining afzallik va kamchiliklarini aytib bering.
  • PhotoShopni ishga tushiring. Unga biror tasvir yuklang va tasvirni turli formatlarda, turli joylarga saqlashni mashq qiling.

  • UYGA VAZIFA
    PhotoShopda yangi tasvir yaratish jarayonini mashq qiling.

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin