Inklyuziv ta’lim modellari mavzusida savol javob



Yüklə 26,51 Kb.
tarix06.02.2023
ölçüsü26,51 Kb.
#83071
-Savol javob


Inklyuziv ta’lim modellari mavzusida savol javob



Savollar

Javoblar


Inklyuziv ta’lim bu

(Inklyuziv taʻlim" atamasi fransuzcha „inclusif“ soʻzidan kelib chiqqan boʻlib, „oʻz ichiga oladi“ deb tarjima qilinadi va maxsus ehtiyojlari boʻlgan va shartli ravishda sogʻlom, yaʼni sogʻligi cheklanmagan odamlarning birgalikdagi taʼlimini anglatadi. Inklyuziv taʼlimning mazmun mohiyati toʻgʻrisidagi bilim va maʼlumotlar hali jamiyatda yetarli emas.


Inklyuziv taʼlim yurtimizda

davlat siyosati boʻlib, nogiron va sogʻlom bolalar oʻrtasidagi toʻsiqlarni bartaraf etish, maxsus taʼlimga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga koʻra nogiron boʻlgan) oʻsmirlar rivojlanishda uchraydigan nuqsonlar yoki iqtisodiy qiyinchiliklardan qatʼiy nazar ijtimoiy hayotga moslashtirishga yoʻnaltirilgan umumtaʼlim jarayoniga qoʻshishni ifodalovchi taʼlim tizimidir.


Inklyuziv ta’lim siyosati bu

turli xil ehtiyojli bolalaming ta’lim olishini qo‘llab-quwatlaydi, va yutoqga erishishiga yordam beradi hamda yaxshi hayot qurishiga imkon yaratadi. Inklyuziv ta’lim umumta’lim jarayonini rivojlantiradi va barcha bolalarga mos bo‘lgan ta’limni joriy qiladi. Imkoniyati cheklangan bolalaming ta’lim olishiga oid qo‘shimcha inoslamalami tashkil qilib, qulay sharoit yaratadi. Inklyuziv ta’lim turli xil ehtiyojli bolalaming ta’lim olishiga qaratilgan metodologiyani rivojlantirishga harakat qiladi.


Imkoniyati cheklanganlar qayerda ta’lim oladilar

Imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim-tarbiyasi masalasi bugungi kunda eng dolzarb masalalar sirasiga aylanib bormoqda.Maxsus ta’lim imkoniyati cheklangan bolalar uchun ta’lim tizimi sifatida rivojlangan. Ushbu ta’lim imkoniyati cheklangan bolalaming ehtiyojlarini umumta’lim muasasalarida qondirib bo'lmaydi degan taxminlar asosida qurilgan. Maxsus ta’lim butun dunyoda maktab yoki intemat shaklida, shuningdek umumta’lim maktablarining uncha katta bo‘lmagan qismi sifatida faoliyat yuritadi.Imkoniyati cheklangan bolalaming maxsus ta’lim tizimida o‘qitilishi ulaming maktabni tugatgach ijtimoiy jamiyatga moslashib ketishlarini qiyinlashtiradi.


Inklyuziv ta’lim madaniyati.

≪Salamanka deklaratsiyasi≫ga muvofiq, har bir o‘quvchining tafovut, xususiyatlarini qo‘llabquwatlovchi va ma’qullovchi islohot sifatida qarashadi. Uning maqsadi, jinsi, irqi, madaniyati, ijtimoiy millati, dini, individual imkoniyat va qobiliyatidagi tafovutlar oqibatida yuzaga keladigan ijtimoiy segregatssiyaga yo‘l qo‘ymaslikdir.


Nogiron bola ta’limi atamalari

Imkoniyati heklangan bolalaming umumta’iim muassasalari tarkibiga qamrab olinishi jahon miqyosida ≪inklyuziv≫ yoki ≪integratsion≫ ta’lim atamalari bilan ataladi.


Jismoniy integratsiya.

Integratsiyaning bu shakli nogiron va nogiron bolmagan bolalar o’rtasidagi jismoniy farqni kamaytirishga qaratilgan. Oddiy maktab bilan yomna-yon joyda nogiron bolalar uchun maxsus bo‘lim yoki sinf tashkil qilish mumkin


Nogiron bolalarni sog’lom bolalardan ajratmaslik yo’llari

Oddiy maktab bilan yomna-yon joyda nogiron bolalar uchun maxsus bo‘lim yoki sinf tashkil qilish mumkin


Funksional integratsiya.

Bu shakl nogiron va nogiron bo‘lmagan bolalar o'rtasidagi funksional muammolami kamaytirishga qaratilgan.


Ijtimoiy integratsiya.

Integratsiyaning bu shakli ijtimoiy muammolami kamaytirishga qaratilgan va u nogiron hamda nogiron bo‘lmagan bolalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani qo‘llab-quvvatlaydi.


Inkyuziv ta’limning maqsad va vazifalari

Inklyuziv ta’lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalami hal etish talab etiladi: talim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarning bilim olishlari uchun zaruriy psixologikpedagogik,korrektsion sharoitlami yaratish, ulaming imkoniyatiga yo‘naltirilgan umumta’iim dasturlari va korrektsion ishlami amalga oshirish orqali ruhiy va ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish; o'quvchilaming ta’limdagi teng huquqliligini kafolatlash;jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va soglom bolalaming ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish; imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarni oilalardan ajramagan holda yashash huquqini ro‘yobga chiqarish; jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o‘smirlarga nisbatan do‘storm va mehr-muhabbat munosabatini shakllantirish


Inklyuziv ta’Iimda resurs pedagog va uning vazifalari.

Maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim sharoitida o'qitish maktablararo qatnab yuruvchi o‘qituvchi, ya’ni, resurs o‘qituvchi faoliyatini talab etadi.


Inklyuziv ta’lim amaliyotida..

maktablararo qatnab yuruvchi o‘qituvchi va oddiy sinf o‘qituvchisining hamjihatlikdagi harakatlari orqali amalga oshirilishi mumkin. Ba’zi sinflarda bolani ma’lum bir vaqtga sinfdan ajratib olish kerak bo‘li.shi mumkin. Hamma vaqt resurs o‘qituvchi sinf o‘qituvchisi bilan birgalikda faoliyat ko‘rsatishi va maxsus ta’lim sohasida mutaxassislikka ega bo‘lishi talab qilinadi


Maktablararo qatnab yuruvchi resurs

pedagog nogiron bolalarni ular uchun zarur bo‘lgan qo‘llanmalar, jihozlar bilan ta’minlaydi,homiylar topadi, imkoniyati cheklangan bolalar, sog‘lom bolalar hamda sinf o‘qituvchisi o‘rtasidagi mustahkam aloqani o‘matadi,ota-onalar, bolalar, oddiy sinf o‘qituvchilari va maktabma’muriyatiga rnaslahatlar beradi


Resurs o‘qituvchi faoliyatidan ko‘zlangan asosiy maqsad:

umumta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan maxsus ta’limga muhtoj 0‘quvchilar va ularning o‘qituvchilariga yordam ko‘rsatishdan iborat


Taʼlim toʻgʻrisidagi qonundagi maʼlumot



19-may kuni Oliy Majlis ilk bor inklyuziv (uygʻunlashgan) taʼlim tushunchasi kiritilgan yangi tahrirdagi „Taʼlim toʻgʻrisida“ gi qonunn qabul qildi. Oʻzbekiston nogironlar assotsiatsiyasi mutaxassislar bilan birga qonun loyihasining inklyuziv taʼlim tamoyillariga muvofiqligi boʻyicha tahlil oʻtkazdi. Qonunning 20-moddasi olish imkoniyatini yaratadi.


Oʻzbekistondagi inklyuziv taʼlim tadqiqotchisi

 yangi Zelandiyadagi Vaykato universiteti doktoranti Galina Nam, nogironligi boʻlgan bolalar uchun maxsus maktab-internatlarda yoki uyda emas, umumiy taʼlim muassasalarida taʼlim olish ustuvor boʻlishi kerakligini aytgan „Bu barcha davlat ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalarining bir vaqtda yopilishini anglatmaydi, lekin bolalarning bu kabi maskanlarda va uyda oʻqishiga faqatgina alohida holatlarda rozilik berishimiz zarur.


Ta’lim muassasalari tanlash huquqi kimda qolishi kerak deb takidlagan

Taʼlim muassasasini tanlash huquqi bolalarning oʻzida va ularning ota-onasida qonuniy vakillarida qolishi kerak“, deya taʼkidlaydi Galina Nam


O’zbekiston tajribasi

Oʻzbekistonning ijtimoiy va madaniy yoʻnalishdagi tajribasi shuni koʻrsatadiki, institutsional vakolatga ega boʻlgan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalarning tavsiyalari institutsional kuchga ega boʻlib, maslahat emas, imperativ xususiyat bildiradi. 


Bolalarni himoya qilish xalqaro tashkiloti Konvensiyada

Konvensiya tizimiga o’zining asosiy maqsadi etib bola huquqlarini asos etib oladi. Bola huquqlari xalqaro Konvensiya hamma bolalarning ehtiyojini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan ta’lim tizimini yaratish g’oyasini ilgari surdi. Chunki har bir bolada – u sog’lommi yoki nogironmi – takrorlanmaydigan xarakter, qiziqish, imkoniyat va bilimga ehtiyoj bor.


Inklyuziv ta’lim qanday modelga asoslanadi

Inklyuziv ta’lim ijtimoiy modelga asoslanadi va u muammoni bolada emas, balki dastur va metodologiyada deb hisoblaydi.


Bola huquqlari xalqaro Konvensiyadan kelib chiqib, yaxshi maktab ta’limini uch xil ibora bilan ta’riflash mumkin, ya’ni:

- mos keluvchi;
- rivojlantiruvchi;
- inklyuziv;


Maktab darajasida integratsiyani muvaffaqiyatli kiritishga qanday omil ta’sir korsatadi

Markaziy omil o’quv dasturiga kiritish imkoniyatidir. Shuningdek, binolarning jismoniy joylashuvi, o’qish uchun imkoniyat va moliyalashgan imkon ham asosiy omilllardandir.


Maktabdagi sharoit

Inklyuziv ta’limda maktabdagi jismoniy sharoit ham katta o’rin tutadi. Oddiy qilib aytadigan bo’lsak, barcha maktablar eshigiga o’quvchilar zinapoyalar orqali kirib boradilar. Lekin bu zinapoyalardan maxsus aravachalarda yuradigan nogiron bolalar ko’tarila olmaydilar, hatto qo’ltiqtayoqda yuradigan bolalar ham, qiynalishlari mumkin. Demak, zinapoyalardan ham , eshiklardan ham sog’lom bolalar bilan birga nogiron bolalar ham bemalol o’tishlari uchun qulay sharoit - yaratilishi shart. Bundan tashqari, sinf xonalari va laboratoriyalardagi maxsus o’rindiq hamda moslamalar ham nogiron bolalarga mos bo’lishi kerak.


Aqliy nuqsoni bor bolalar bilan ishlash

Aqliy nuqsoni bor bolalar soddalashtirilgan yozma yoki og’zaki informatsiyani olishlari kerak. O’quv rejasini bunday differensiyalash o’qituvchilarda o’z ishlariga ijodiy yondashishni taqozo etadi. Maktab ma’muriyati buning uchun o’qituvchilarga imkon yaratib berishi kerak. Bunday ijodiy yondashuv o’quv rejasiga qattiq talab qo’yilgan joylarda birmuncha qiyinchilik tug’dirishi mumkin

Yüklə 26,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin