Eng pastki qatlamga yetib bizning filmimizning qatlamini qilib olamiz. Uning uchun rasmni o’zingiz tanlashingiz mumkin.
Bundan so’ng film uzunligini aniqlash kerak va odamchaning boshqa harakat holatlarini aniqlovchi kadrlarini ko’rsatish zarur. Buning uchun quyidagi kadrlarni tanlaymiz: 5-, 9-, 13-ci va 17-chi. Bu degani film uzunligi 17 kadrdan iborat bo’lishini belgilaydi,nomlangan kadrlarni esa kalitli qilish kerak (F6 funksional tugmani bosamiz, barcha qatlamlarda, fon qatlamidan tashqari.
Endi Kalitli kadrlar qanday ko’rinishga ega bo’lishini ko’ramiz.Birinchi kadrda Rasm, 4-rasmdagikabi bo'lishi kerak, 5-chida —9a Rasmdagi kabi, 9-chida —9b Rasmdagi kabi, 13-chi Rasmda — 9v Rasmdagi kabi va 17-chi Rasmda — 9g.rasmdagi kabi.
a) b) v) g)
Rasm. 9
5-chi, 13-chi kadrlarda “Tana” va “bosh”ni realistic harakatni amalga oshirish maqsadida ko'tarish zarur.Qandaydir kadrlarni tug’irlashga tug’ri keladi. .
Undan keyin kalitli kadrlarda harakat animatsiyasini yaratmiz. Bu maqsadda kalitli kadr ustidan sichqonchaning o’ng tugmasini chertamiz, kontekst menyuda Create— Motion Tween buyrug’ini amalga oshiramiz (Sozdat — Animatsiyu dvijeniya; Yaratish-Harakat animatsiyasi). Natijada vaqt shkalasi, Rasm 10da ko’rsatilgan korinishga ega bo’ladi.
Rasm. 10
Film tayyor bo’ldi, uni testlashtirish mumkin.
XULOSA Xulosa qilib aytganda, hozirgi zamon har bir insonni axborot texnologiyalaridan mustaqil foydalanishni talab qiladi. Chunki insonning faoliyati borgan sari uning axborotlashganidan, qolaversa, axborotni samarali ishlatishidan bog`liq bo`lib qolmoqda. Istalgan soha mutaxassisi ma’lumotlar to`plamida to`g`ri yo‘nalish olishi uchun, u kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari orqali axborotlarni to`plash, saqlash, qayta ishlash hamda qo`llashni bilishi shart.
Shu boisdan oliy o‘quv yurti talabalari, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, umumiy o‘rta maktab o‘quvchilarini kompyuter grafikasi faniga qiziqtirish orqali zamonaviy dasturlash tillarini o‘rgatish oson kechadi. Bu orqali o‘quvchi yoshlar dasturlash muhitida ishlash va mustaqil dastur tuzish, mamlakatimizning turli sohalari uchun ilovalar yaratish, zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga va ularning amaliy ishlarida yangi qirralarning ochilishiga zamin hozirlaydi.