Aniq nutq yaratish so‘zlovchidan quyidagilarni talab etadi: tilning sinonimik imkoniyatlarini bilish va sinonimik qatorlardan kerakligini ajratib, nutqda qo‘llash;
Topshiriq: Odam, yaxshi, yuz so‘zlarining sinonimik qatorini hosil qiling.
nutqda ishlatiladigan so‘zning anglatgan ma’nolarini har tomonlama bilish;
Topshiriq: Bilaman, uzoqning ishi qiyin. Lekin bir og‘iz mujda yuborish shunchalar mushkul edimi? 2. Boshqa shaxsning kechirmalarini tushunish, o‘zingni uning o‘rnida his qilish masalasiga kelganda esa fan buni inkor etmaydi. 3. Keyin, Qo‘chqor aka, bu robotlar juda arzonga tushadi, yoqilg‘i kerak emas – batareyalardan oziqlanadi4. Juman bobo hamisha bitta gapni takrorlaydi: – Meni shoshirmanglar, nevara-chevaralarimni narigi ming yillikka o‘tqazib qo‘yay, ana undan keyin haydamasanglar ham o‘zim ketaman. 5. Sovuq terga botgan ona tun bo‘yi ingrab, behalovat bo‘lib chiqdi. Nihoyat, u horg‘in ko‘z qobiqlarini ochdi.
v) so‘zning ko‘p ma’noligiga jiddiy e’tibor berish, ko‘p ma’noli so‘z nutqda qo‘llanganda uning qaysi ma’no qirrasi ko‘zda tutilayotganini aniq tasavvur qilish; fikrning yuzaga chiqishida bu so‘zning boshqa ma’no qirralari monelik qilish-qilmasligini ko‘z oldiga keltirish;
Topshiriq: ko‘z, bosh, og‘iz so‘zlarini turli o‘rinlarda qo‘llang.
g) omonimlarning xususiyatlarini bilish, chunki ularni bilmaslik aniqlikning buzilishiga olib keladi;
Topshiriq: o‘t, qo‘y, to‘y,
paronimlarni bilish, ulardagi tovush yaqinliklariga e’tibor berish;
Topshiriq: Surat – sur’at, toblanmoq – tovlanmoq, azm – azim, asr – asir juftliklaridagi so‘zlarning ma’nolariga izoh bering.
ye) tor muhitda ishlatiladigan, chetdan kirgan, kasb-hunarga oid, arxaik, eskirgan, dialektizm so‘zlarning ma’nolarini yaxshi anglagan holda nutqqa kiritish.1 Topshiriq: Kasb-hunarga doir so`zlar: ag`darma chok, bigiz, sakmanchi (qo`zilarga qarovchi)