Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə6/14
tarix09.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#110060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Djurakulova Sarvinoz

Fe 3+ birikmalari. Temir (III) oksidi –Fe2O3 (qora qizil rangdan qizilgacha o’zgaradi). Temirli surik, mumiyo, oxra bo’yoq sifatida ishlatilishi ma’lum. Termitli aralashma bu alyuminiy va temir (II,III) oksidining aralashmasi, bu aralashma relslarni payvand qilishda, aviabombalar tayyorlashda ishlatiladi. Bu aralashma portlashidan ko’p energiya chiqadi:
8Al +3Fe3O4 = 9Fe + 4Al2O3
Fe(OH)3 –qizil-jigar rangli, amfoter xossaga ega, lekin ishqorlarda kam eriydi:
Fe(OH)3+NaOH=NaFeO2+H2O
Temir(III) oksidi ishqorlarda suyuqlantirilsa ferritlar hosil bo’ladi:
Fe2O3+2NaOH=2NaFeO2+H2O
Temir (III) ga tegishli bo’lgan H3FeO3 (ortoferrit) va HFeO2(metaferrit) kislotalarining tuzlari (K3FeO3, KFeO2) olingan.
Temir (III) ko’p tuzlar hosil qiladi.
K2SO4·Fe2(SO4)3·24H2O achchiq tosh deyiladi.
FeCl3 tuzlari oson gidrolizga uchraydi. Soda ishtirokida to’la gidroliz sodir bo’ladi:
2FeCl3 + 3Na2CO3 + 3H2O = 2Fe(OH)3 ¯+ 6NaCl + 3CO2­
Fe3+ birikmalari oksidlovchi xossasini namoyon etadi:
FeCl3 + 6KI = 2FeI2 + I2 +6KCl
Mg + Fe2(SO4)3 = MgSO4 + 2FeSO4
2FeCl3 + 3Na2S = 2FeS¯ + S ¯+ 6NaCl
Tibbiyotda FeCl3 qon to’xtatuvchi modda sifatida ishlatilishi ma’lum. Bu tuz ishqoriy metallar xloridlari bilan qo’sh tuzlar hosil qiladi. Na[FeCl4], Na3[FeCl6]. [Fe(NH3)6]Cl3 Fe(II)ning ammiakatlaridan ko’ra beqaror.
Yangi olingan Fe(OH)3 konsentrlangan ishqorlarda eriydi va qizil rangli gidroksi komplekslar hosil qiladi:
Fe(OH)3+3KOH=K3[Fe(OH)6]
Muhim birikmalardan FeS2 pirit hisoblanadi. Pirit ham oksidlovchi va ham qaytaruvchi.
FeS2 + FeS2 = 2FeS + 2S
Bu reaksiya oltingugurt olishda ishlatiladi. Pirit disproporsialanish reaksiyasiga kirishadi:
6FeS2 + 12KOH = 6FeS + 2K2SO4 + 4K2S + 6 H2O
9060C da temir karbidlar hosil qiladi ( Fe3C).

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin