Aniq-tabiiy va jismoniy madaniyat fakulteti



Yüklə 1,15 Mb.
səhifə4/14
tarix09.05.2023
ölçüsü1,15 Mb.
#110060
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Djurakulova Sarvinoz

Kimyoviy xossalari. Namlangan havoda temir tez qorayib qoladi. Suvda quyidagi reaksiya sodir bo’ladi:
2Fe + 3/2O2 + nH2O = Fe2O3*nH2O
3Fe + 2O2 + nH2O = Fe3O4*nH2O
Kislotalardan vodorodni siqib chiqaradi:
Fe + 2HCl = FeCl2 + H2
Fe + H2SO4 = FeSO4 + H2
Temir suyultirilgan nitrat kislota bilan NO, NO2, N2 N2O yoki juda syultirilgan bilan NH4NO3 (34-rasm) hosil qiladi:

rasm. Temir bilan qaytarilishda nitrat kislota konsentratsiyasining qaytarilish mahsulotlariga ta’siri.
Fe + 4HNO3 = Fe(NO3)3 + NO + 2H2O
Konsentrlangan sulfat kislota bilan qaynatilganda SO2 hosil qilishi kuzatiladi:
2Fe + 6H2SO4 = Fe2(SO4)3 + 3SO2 + 6H2O
100 %li konsenrlangan sulfat kislota temirni passivlashtiradi. Yuqori konsentratsiyali nitrat kislota ham temirni passivlashtiradi.
Xlor ishtirokida temirning (III) birikmalari olinadi:
2Fe + 3Cl2 = 2FeCl3
Oltingugurt bilan sulfidlar hosil bo’ladi:
Fe + S = FeS
Azot va fosfor temir bilan fosidlar, nitridlar hosil qilib, ular metallarga xos birikmalardir: Fe2N, Fe4N, Fe3Si , Fe3P, Fe2P.
Temir vodorod bilan gidridlar hosil qiladi. Bular quyidagilar FeH, FeH2, FeH3 va FeH6 gidridlar hosil bo’ladi.
Fe0 birikmalari. Agar temir kukuni ustidan 150-200 haroratda 1*104-2*104 kPa bosimda CO o’tkazilsa pentakarboniltemir hosil bo’lishi aniqlangan:
Fe+5CO=[Fe(CO)5]
Bu birikma uchuvchan sariq rangli suyuqlik (suyuqlanish. -20oS, qayn. harorati 103 oS), organik erituvchilarda yaxshi eriydigan, lekin suvda erimaydigan modda. Temirning yana ham murakkab tarkibli karbonillari olingan: [Fe2(CO)9], suyuql. 100oS. Bu birikma ikki yadroli kompleks hisoblanadi. Temirning nitrozillari [Fe(NO)5] ham olingan. Shunga o’xshash birikmalar Ru, Os, Ni uchun ham xos hisoblanadi.

Yüklə 1,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin