Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan mustaqil ish



Yüklə 10,23 Mb.
səhifə2/4
tarix14.09.2023
ölçüsü10,23 Mb.
#143506
1   2   3   4
NODIRA KENEYI

Karl Menger (1840-1921)
Marjinalizm va uning rivojlanish davrini ikki bosqichga bo'lib o'rganish maqsadga muofiqdir.
Birinchi bosqich. XIX asrning 70-80-yillarini o'z ichiga olib iqtisodiy tahlilning dastlabki marjinalistik g'oyalarini mujassam qilgan dastlabki ilmiy asarlar yaratildi.(K.Menger, U.Jevons va L.Valras asarlari). Bu davrda asosiy kechib uni bu ko'rinishi inson psixalogik xususiyati, ya'ni uning hissiyoti va qabul qilishi asosida o'rganiladi. Shuning uchun marjinalizmning bu bosqichini iqtisodiy ta'limotlardagi «sub'ektiv yo'nalish» deb ataldi.
Ikkinchi bosqich. XIX asrning 90-yillariga to'g'ri kelib, bu davrdan boshlab marjinalizm ko'pgina mamlakatlardamahur va asosiy ta'limotga aylandi. Marjinalistlarning bu davrda erishgan asosiy yutug'lari sub'ektiv-psixologik yo'nalishdan vos kechib iqtisodiyotning asosiy maqsadi bu iqtisodiy hayotning doimiy borishini mavjud shart-sharoitlar asosida tushuntira bilish demakdir, dedilar. Natijada yangicha iqtisodiy g'oyalar namoyondalari klassik iqtisodiy maktabning davomchilari sifatida baholanib, ularga neoklassiklar deb nom berildi.
XIX asrning 70-yillarida iqtisodiy ta'limotlarning nufuzli maktablaridan biri bo'lgan Avstriya maktabi vujudga keldi. Avstriya maktabini sub'ektiv yoki sub'ektiv-psixologik maktab deb ham ataydilar. Uning mafkurachilari qo'llagan usul munosabati bilan unga mana shunday nom berilgan. 70-yillarda Avstriya maktabining asoschisi K.Menger (1840-1921) bu g'oyani rivojlantirib, uni sub'ektiv-psixologik maktabning asosiy nazariyasiga aylantirdi. Evgeniy Byom-Baverk (1851-1914), Fridrix Vizer (1851-1926) va boshqalar ham shu nazariyani ishlab chiqdilar. Avstriya maktabining konsepsiyalari K.Mengerning «Siyosiy iqtisod asoslari» (1871), F.Vizerning «Xo'jalik boyligining kelib chiqishi va asosiy qonunlari to'g'risida» (1884), E.Byom-Baverkning «Kapital va foyda» (1884-89), «Xo'jalik ne'matlari boyligi nazariyasining asoslari» (1886), «K.Marks nazariyasi va uning tanqidi» (1896) va boshqa asarlarida bayon etilgan, Avstriya maktabining ta'limoti Angliya, Germaniya, AQSh va Rossiyada hamda boshqa mamlakatlarda yoyildi. Bu ta'limot iqtisodiyot fanining shundan keyingi rivojiga katta ta'sir o'tkazdi.
Avstriya maktabi iqtisodchilarining asarlarida avvalo siyosiy iqtisod predmeti, uning uslubiy negizlari va tadqiqot usuli to'g'risidagi ta'limot yanada kengaytirildi. Menger va uning tarafdorlari ishlab chiqarish munosabatlarini, ishlab chiqarishning rivojini tartibga soluvchi iqtisodiy qonunlarni siyosiy iqtisod predmetiga kiritmas edilar.
Sub'ektivizm va individualizm mehnatning va ijtimoiy ishlab chiqarishning ishlab chiqarish munosabatlarining rolini hamda ijtimoiy ziddiyatlar va sinfiy kurashni inkor etishga hamda soxtalashtirishga asoslangan. Bu qoidalarning tigi marksizmning ilmiy metodologiyasiga iqtisodiy ta'limotiga qarshi qaratilgan edi.
Avstriya maktabining namoyandalari va avvalo Byom-Baverk qiymatning mehnat nazariyasini K.Marks ta'limotining ilk negizi deb bilib, shu nazariyadagi qo'shimcha qiymat ta'limotiga xuruj qilib, «Kapital»ning birinchi va uchinchi tomlari o'rtasida ziddiyat borligini isbotlashga urindilar.
Avstriya maktabining uslubiyati ham, iqtisodiy nazariyalari ham tarixdan tashqari yondashuv asosida yaratilgandir. Bu metodologiya va nazariyalar kapitalistik tovar xo'jaligi sharoitlarida jamiyatning sinfiy strukturasini e'tibordan chetda qoldirib, ishlab chiqarishdan iste'molni ustun qo'yadi. Marjinalizm asoschilari qo'llagan sabab-oqibat asosidagi iqtisodiy tahlil (analiz) oddiy mantiqiy qisqacha xulosalarlarning yuzaga kelishiga sabab bo'ldi, bu esa ularni real kapitalizmdan uzoqlashishga olib keldi. Biroq, yuqorida qayd etilgan xususiyatlarni aytish bilan birga biz bu maktab namoyandalarining shu uslublari natijasiz va ularning konsepsiyalari to'g'ri ilmiy qisqacha xulosalarlar bermadi, demoqchi emasmiz. Aksincha, kapitalistik bozor muammolarini anglashda va ayniqsa iqtisodiy fanga e'tiborni iste'mol va talabni to'laroq qondirishga qaratishda bu maktabning xizmatlari kattadir.

Yüklə 10,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin