Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan mustaqil ish



Yüklə 10,23 Mb.
səhifə3/4
tarix14.09.2023
ölçüsü10,23 Mb.
#143506
1   2   3   4
NODIRA KENEYI

Uilyam Stenli Jevons (1835-1882) London universitetida matematika va ximiya fanlaridan tahsil olish bilan birga siyosiy iqtisodni ham qiziqib o'rgangan. 1863 yilda Manchester shahridagi kollejga siyosiy iqtisod o'qituvchisi bo'lib ishga kirdi. Oradan ko'p vaqt o'tmasdan iqtisodiy mavzudagi uning asosiy asarlari e'lon qilindi: «Siyosiy iqtisod nazariyasi» (1871) va «Fan tamoyillari» (1874) va boshqalar.
X1X asrning oxirigacha U.Jevons va uning asarlari o'zining kuchli matematik ifodasi tufayli o'quvchilar tomonidan to'liq e'tibor bilan qabul qilinmadi. Lekin uning g'oyalaridagi sub'ektivizm asosiy ilmiy asarlarida aniq o'z o'rnini topgan edi. Masalan, iste'mol, talab, foydalilik haqida o'z holicha tushunchalar berish bilan birga U.Jevons tovarlar narxi uning me'yoriy foydaliligi bilan funksional bog'liqdir deb ko'rsatadi. Shuningdek olim klassiklarning raqobat haqidagi fikrlarini qo'llab, sotuvchi va oluvchi o'zaro muloqatda bo'lib kerakli ma'lumotni bir-biridan olishi mumkin deb ko'rsatadi.
Uilyam Stenli Jevons (1835-1882)
Leon Valras (1834-1910) marjinalizmning Lozanna (Shveysariya) deb ataluvchi maktabi asoschisi hisoblanadi. Unga keyinchalik Pareto, Italiyadan Borone, shvesiyalik Kassel, amerikalik Leontev va boshqalar qo'shildi. L.Valrasning «Sof iqtisodiy fan elementlari» (1874) asari iqtisodiyot bilimlari olamida matematikaning shaxdam qadamlariga asos soldi.
Shu sababli u matematik maktabning davomchisi hamdir. Har qanday iqtisodiy tahlilni matematik izohlashga intilish bu maktab va uning izdoshlarining xarakterli xususiyati hisoblanadi. Valrasning fikricha, har qanday iqtisodiy nazariyani faqat matematika asosida qisqa, aniq va ochiq isbotlash mumkin. Uning o'zi matematika ni yaxshi bilgan va Kurnoni o'zining ustozi deb hisoblagan holda undan ilhomlangan. Keyinchalik «eng yuqori foydalilik» (naf) deb atalgan tushunchani L.Valras «noyoblik» (rarete) deb izohlaydi. Buni u miqdor iste'molning kamayuvchi funksiyasidir deb ifodalaydi (ya'ni biror noz-ne'matning iste'mol soni oshishi bilan uning noyoblik miqdorining ko'rsatkichi tobora pasayadi).

Yüklə 10,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin