Aniq va ijtimoiy fanlar universiteti iqtisodiyot fakulteti “iqtisodiy ta’limotlar tarixi” fanidan mustaqil ish



Yüklə 10,23 Mb.
səhifə4/4
tarix14.09.2023
ölçüsü10,23 Mb.
#143506
1   2   3   4
NODIRA KENEYI

Leon Valras (1834-1910)
L.Valras shuni aniqladiki, eng yuqori foydalilik - bu iste'molchi tomonidan (mazkur daromad doirasida) sarflanayotgan mablag'larning so'nggi porsiyalari (ulushi) uning uchun iste'mol qilinayotgan barcha noz-ne'matlardan bir xil qoniqish hosil qilishidir. Shu bilan birga iste'molchi A ne'mat B ne'matdan qimmatliroq ekanligini o'zi belgilaydi. Masalan, unga paypoq galstukdan, go'sht paypoqdan qimmatliroqdir va hokazo. Boshqacha qilib aytganda, iste'molchi o'zining belgilangan daromadini galstukka nisbatan paypoqqa tezroq, paypoqqa nisbatan go'shtga tezroq sarflaydi. Mana shunday turli-tuman ehtiyoj bo'lganligi tufayli, iste'molchi har bir ne'matdan shunday miqdorda xarid qiladiki, so'nggi juft paypoq, oxirgi galstuk va so'nggi nimta go'shtdan bir xil qoniqish hosil bo'ladi. Faqat shundagina barcha sotib olingan narsalar unga maksimal umumiy qoniqishni paydo qiladi.
L.Valras hamma iste'molchilar o'z ehtiyojlarini koniqtirishda maksimumga ega bo'lsalar (yuqorida aytilganlarning hammasini, shuningdek har birining cheklangan daromadini hisobga olgan holda) iqtisodiy muvozanat yuzaga keladi. deb hisoblaydi. U bundan umumiy bozor muvozanati nima ekanligi to'g'risidagi masalani hal etishga muhim qadam qo'yadi. Gap shundaki, har bir iste'molchi va har bir ishlab chiqaruvchi (har bir xaridor va sotuvchi) o'z sheriklaridan va iqtisodiyotda ro'y berayotgan barcha jarayonlardan to'la ajralgan holda harakat qila olmaydi. Boshqacha qilib aytganda, iqtisodiyotda hamma narsalar, barcha jarayonlar o'zaro bog'liq. Har bir baholash boshqa baholarga bog'liq, ammo u ham boshqalarga ta'sir etadi. Bunga hayotda misollar bisyor. Masalan, mamlakatning biror hududida qishloq xo'jaligining ortda qolishi shu mamlakat paytaxtida zargarlik buyumlariga talabning oshuviga olib kelishi mumkin.
XULOSA
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, ushbu mustaqil ish mavzusi orqali marjinalizm ta’limotining qanday ta’limot ekani, nimalarga xizmat qilganini va rivojlanish bosqichlarini ko’rib chiqdik. Marjinalizm ta’limotining rivojlanishi va keng yoyilishida o’z davrining iqtisodchi arboblarining sayi-harakatlarini alohida ta’riflab o’tish lozimdir. Shu bilan birga o’sha davrning iqtisod maktablaridan Avstriya maktabining hissasi marjinalizm rivojlanishida ahamiyati katta bo’lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar va veb-saytlar:
1. hozir.org
2. fayllar.org
3. Wikipedia
4. ziyonet.uz
5. goodreads.com
6. arxiv.uz
7. lms.uz
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT 😉
Yüklə 10,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin