Yakuniy nazorat – professor-o‘qituvchi tomonidan talabaning kurs bo‘yicha olgan bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini baholashning umumlashtiruvchi bosqichi hisoblanadi. Yakuniy nazorat yozma ish shaklida o‘tkaziladi. Yakuniy nazoratda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball umumiy baholashning 30 foizini tashkil etadi.
Baholash, oraliq va yakuniy nazorat topshiriqlari (vazifalari) kurs professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi, oldindan moderatsiyadan o‘tkaziladi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Nazorat turlarini o‘tkazish bo‘yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o‘zlashtirishini xolis, shaffof va aniq baholashga imkon berishi kerak.
Talabaning akademik huquqbuzarlikka (qoidabuzarlik) olib keladigan har qanday harakatlariga yo‘l qo‘yilmasligi kerak. Masalan, talabalarga plagiat, o‘zaro kelishib olish, natijalarni qalbakilashtirish, imtihon jarayonida qoidabuzarlik, ya’ni konspekt va shpargakalardan, telefon va boshqa aloqa vositalaridan foydalanish, imtihon olinadigan xonaning ichida yoki tashqarisida boshqalar bilan muloqot qilish taqiqlanadi. Bunda aybdor talabalar nazorat yoki imtihon jarayonidan chetlashtiriladi to‘plagan bali yoki bahosi nolga aylantiriladi.
Fan (kurs) xususiyatlaridan kelib chiqib baholash va nazorat qilish mezonlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.