5-tajriba. Oksidga suv tasir ettirib oksid olish. Probirkaga 1-2 gramm magniy oksidi soling va ustiga distillangan suv quying. Probirka og‘zini yopib, yaxshilab chayqating. Eritmaga lakmus eritmasidan 1-2 tomchi tomizing.
Topshiriq:Nima o‘zgarish tajribada kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini yozing va tushuntiring.
6 - tajriba. Neytrallanish reaksiyasi. Probirkaga 2 ml Cа(0Н)2 yoki Ва(0Н)2 ning 10% li eritmasidan oling va uning ustiga sulfat kislotaning 2n li eritmasidan 2 ml qo‘shing.
Topshiriq:Tajribada nima kuzatiladi? Rеaksiya tеnglamasini yozing.
3.3. Kislotalarning olinishi va xossalari
Kеrakli jihоzlar: asbestlangan to‘r, chinni kosacha, varonka, probirkalar, shtativ, qisqich.
Kеrakli rеaktivlar: qizil fosfor, lakmus qog‘ozi, konsentrllangan va suyultirilgan HNO3, rux va mis metali, 1n li natriy gidroksid, bariy xlorid va temir-(II) xlorid eritmalari, distillangan suv.
7-tajriba. Fosfat kislota olish va xossasini o‘rganish. (Mo‘rili shkafda bajariladi!) Asbestlangan to‘r ustiga qo‘yilgan chinni kosacha (yoki tigel qopqog‘iga) 0,4–0,5 gramm qizil fosfor soling. Kosacha tepasiga to‘rdan taxminan 0,5 sm masofada quruq varonka o‘rnating. Fosforni qizdirilgan shisha tayoqcha bilan o‘t oldiring. Voronka devorida fosforning yonishidan hosil bo‘ladigan qorsimon oq kristall moddani kuzating. Voronka devorida hosil bo‘lgan fosfat angidridni probirkaga distirlangan suv bilan yuvib tushiring. Eritma tingandan so‘ng, boshqa probirkaga ozgina quyib olib, lakmus qog‘ozi rangini o‘zgartirishini sinab ko‘ring.
Topshiriq: Fosfat angidrid sovuq yoki issiq suvda eritilganda qanday birikmalar hosil bo‘ladi? Reaksya tenglamalarini yozing.
8-tajriba. Konsentrllangan va suyultirilgan HNO3 ning metallarga ta’siri. A) bir probirkaga bir bo‘lak rux, ikkinchisiga bir bo‘lak mis solib, ularni ustiga konsentrllangan HNO3 quying. Qanday gaz ajrab chiqadi? Reaksiyaning tenglamalarini yozing.
b) probirkaga bir bo‘lak rux solib, unga suyultirilgan nitrat kislota eritmasidan quying. Suyuqlikni bir necha minut chayqating va reaksiyaga kirishmagan etal ustidagi eritmani boshqa probirkaga quyib oling. Eritmada ioni borligini isbotlang. Reaksiyaning tenglamsini yozing.
Topshiriq: Aktiv va passiv metallarga konsentrlangan nitrat kislota tasir ettirilsa, qanday gazlar ajraladi?
9-tajriba. Kislotalarning tuzlar bilan tasirlashishi. Ikkita probirka olib, ulardan biriga 1n li bariy xlorid, ikkinchisiga esa 1n li temir-(III) xlorid eritmalaridan 1-2 ml quying. Har birini ustiga natriy gidroksid eritmasidan shuncha miqdor qo‘shing. Nima kuzatildi?
Topshiriq: Tajribalardagi eritmalar rangi o‘zgarishiga etibor bering. Reaksiya tenglamalarini yozing va tajriba natijalarini tushuntiring.