Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi



Yüklə 4,05 Mb.
səhifə128/137
tarix22.12.2023
ölçüsü4,05 Mb.
#189828
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   137
1.05.majmua kimyo-2023

16-rasm. Efirni haydash

E s l a t m a: efirlarni oxirigacha haydash mumkin emas, chunki ular taribida peroksidlar bo’ladi. Peroksidlar esa portlovchan moddalardir.



Nazorat savollarI



  1. Oddiy efirlarning tuzilishi haqida nimalar bilasiz?

  2. Oddiy efirlarning kimyoviy xossalarini bilasizmi?

  3. Oddiy efirlar qanday olinadi?

  4. Oddiy efirlar qanday nomlanadi?

  5. Oddiy efirlar qayerlarda ishlatiladi?

Mavzu: Yog’lar


Ishning maqsadi: Oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi yog’lar miqdorini gravimetrik usulda aniqlashni o’zlashtirish.
Kerakli reaktivlar va asbob uskunalar: Sut, dietil efiri, magniy sulfat tuzi – MgSO4, natriy karbonat tuzi – Na2СO3, Pipetkalar, o’lchov tslindrlari, ajratish voronkalar, tubi tekis kolbalar, analitik torozi, rotorli bug’latgich.
Lipidlar tabiatda keng tarqalgan bo’lib, oziq-ovqat sanoati asosiy ratsioni hisoblanadi. Lipidlar yog’simon moddalar bo’lib, tarkibi, tuzilishi va funktsiyalari qanchalik murakkab bo’lmasin, bu guruh moddalari turli xil kimyoviy strukturaga ega bo’lishiga qaramay, gidrofobligi va suvda erimasligi, faqat organik erituvchilarda (atseton, benzol, tetraxlor metoan, efir, benzin va boshqalar) erish xususiyatlariga ko’ra bir guruhga umumlashtirilganlar. Lipidlar ham xuddi uglevod va oqsillar singari, tirik hujayra tarkibining asosiy qismini tashkil qiladi. Lekin ular uglevod va oqsillardan ba‘zi bir xususiyatlari bilan farq qiladi.
Gravimetrik usul – arbitraj usul hisoblanib, yog’larni dietil efir bilan ekstraktsiyalashga asoslangandir. Karbonat natriy eritmasi qo’shilishi natijasida sut plazmasidan yog’lar ajraladi.
Ishning bajarilishi: Ajratish varonkasiga pipetka yordamida 10 ml xom sut o’lchab solinadi, unga 2 ml 10 % karbonat natriy Nа2COeritmasi qo’shiladi. Aralashma yaxshilab chayqatilib, unga 20 ml dietil efiri qo’shiladi. So’ngra voronka probka bilan berkitilib 10 minut davomida ehtiyotlab chayqatiladi. Havo voronka krani orqali vaqti-vaqti bilan chiqarib turiladi.
SHundan so’ng eritmamiz ikki qatlamga ajraladi, yuqori qatlamni (lipidlarning efirli qismi) tubi tekis kolbaga quyamiz. Ekstraktsiyani ikki marotaba takrorlab, efirli qismni birlashtiramiz va quritgich tagida qoldiramiz (suvsiz magniy sulfat bilan). Bir soatdan keyin efirli ekstraktni avvaldan tayyorlangan og’irligi tortilgan tubi tekis kolbaga filtrlaymiz. Ekstraktdan dietil efirni rotorli bug’latgich orqali chiqarib yuboramiz.
Efir bug’latgichdan so’ng kolbani ajratgan sut moyi bilan eksikatorda quritamiz, qopqoqni yopamiz va tarozida tortamiz. Sutdagi yog’ni massali ulushini (J, %) quyidagi formula orqali hisoblaymiz.

Bu yerda: m– kolbani yog’ bilan og’irligi, g;



m2 – bo’sh kolbani og’irligi, g;
 – sutni zichligi, g/ml;
V – namuna uchun olingan sutning hajmi, ml.


Yüklə 4,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin